Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Go‘daklik davrida psixik taraqqiyot

Go‘dak bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, ana-

lizatorlarning takomillashuvi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, 

mustaqil harakatlarining o‘sishi bilan bog‘liqdir. Analizatorlar-

ning tez takomillashuvi natijasida bola uch oylik bo‘lganidan 

so‘ng unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. 

Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish 

yo‘liga kiradi. Dastavval bolada harakat analizatorlari bilan 

bog‘liq bo‘lgan, undan so‘ng eshitish va ko‘rish analizatorlari 

bilan bog‘liq bo‘lgan shartli reflekslar yuzaga keladi. Ana shu 

tarzda barcha analizatorlarga nisbatan har xil murakkablikda 

shartli reflekslar tobora ko‘plab yuzaga kela boshlaydi. Shart-

li reflekslarning yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi 

uchun moddiy zamin bo‘ladi.

     

Chaqaloqlik davri.




259

Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizator-

lar fa 

liyatining takomillashuvi natijasida ta’sir qilayotgan 



qo‘zg‘atuvchi 

larni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlay-

di. Dastavval turli ovoz larni, so‘ngra ayrim yorqin ranglarni, 

ta’mlarni, farqlay boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofida-

gi juda ko‘p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nis-

batan qandaydir boshqacha reaksiya qiladi gan bo‘ladi. Uch oy-

lik bola oldiga kelgan odamga tikilib, emotsional munosabatda 

bo‘la boshlaydi. U odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi. Lablarini 

ha rakatlantirib, tilini aylantirib, go‘yo odamning nutqiga taqlid 

qilmoqchi bo‘ladi. Ana shu davr dan boshlab bolalar bilan im-

koni bo‘richa mehribonlik ohangida gaplashib turish ke rak. Ana 

shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir faollik, kat-

talarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda 

kattalar bilan bo‘lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsio-

nal reaksiyalarni jonlanish  komplek si deb ataganlar. Bu komp-

leksda bola o‘zi bilan munosabatda bo‘layotgan odamga mulo-

yim tikilib, jilmayadi, qo‘l va oyoqlari bilan talpinib, qandaydir 

ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yu-

zaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerak-ki, agar bolalar bi-

lan keragidan ortiq darajada munosabatda bo‘lib, ularda jon-

lanish kompleksini yuza ga keltiraverilsa, ular kattalarga o‘rganib 

qoladilar va o‘yinchoqlarga qa ramay qo‘yadilar.

Bola yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlarni o‘zlashtirib 

oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo‘l 

ha rakatlari psixik taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan harakat-

lardir. To‘rt oylik bola narsalarga qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, am-

mo u hali o‘zining qo‘l harakatlarini idora qila olmaydi. Bola 

besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirs-

kilab ko‘radigan bo‘ladi. Bolaning qo‘l harakatlari atrofidagi 

narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni pay-

paslab, timirskilab ko‘rish orqali ularning ayrim xususiyatlari-

ni bilib oladi.

Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni 

egallab borishi juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik bo‘lgach, 

mustaqil o‘tira oladigan bo‘ladi. Bola o‘tira boshlagandan so‘ng 

 uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan yangi taassurotlar 




260

paydo bo‘ladi. Bola ko‘z o‘ngida yangi taassurotlarning paydo 

bo‘lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlarning rivoj-

lanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo‘lgach, ya-

na bir murakkab harakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi. Bo-

la psixikasining rivoj lanishida bu yangi harakatning ahamiyati 

juda kattadir. Emaklay boshlagach bolaning atrofdagi narsa-

lar bilan munosabatda bo‘lish imkoniyati kengayadi. Natijada 

mustaqil harakat qilib, yangidan yangi narsalarni taniy bosh-

laydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib ik-

kinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq 

soladi. Odatda, bu yoshdagi bolalar biron narsaning qopqog‘ini 

ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo‘l 

muskullarini mustahkamlaydi va narsalarning turli xossalarini 

bilib olishlariga yordam beradi. Og‘ir kasallikka uchramay, jis-

moniy jihatdan sog‘lom o‘sgan bola 9–10 oylik bo‘lganida yu-

ra boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi uning 

hayotida g‘oyat katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so‘ng 

uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga 

keladi. Yura boshlagan bolaning aktivligi kun sayin ortib, erkin 

harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola 

tor uy doirasidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Bu esa idrok doirasini kengaytirib, mazmundor bo‘lishiga yor-

dam beradi.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish