Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

27-rasm. Embrion miyasining rivojlanishi.

Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nis-

batan anchagina tez uradi. Masalan, katta odamning yura-



251

gi bir daqiqada o‘rtacha 70–75 marta ursa, chaqaloq bola-

ning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy 

sababi chaqaloq bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib 

chiqargan qon hajmini (miqdorining) ozligi, go‘qak muskul-

larining hali zaifligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, chaqaloq 

bolalar yura gining nisbatan tez urishi ular organizmida mod-

da almashish jarayonining intensivligi (jadalligi) bi lan ham 

bog‘liqdir.

Chaqaloq bolalarda badanning haroratini idora qilish ha-

li yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bo lalarda tanasin-

ing vazniga qaraganda terisining umumiy sathi (yuzasi) ni-

sbatan katta hamda terisi katta odamlar terisiga qaraganda 

ancha yupqa bo‘ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot uchun 

ke rakli haroratni yo‘qotib sovuq qotishi mumkin. Chaqaloq 

bolalarning tana harorati tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bolaning 

ortiqcha harakatlari ham, ovqat yeyishi ham temperaturasiga 

ta’sir qiladi. Shu sababli chaqaloq bolalarni tarbiyalashda kun 

tartibi ning ahamiyati nihoyatda kattadir. Chaqaloq bolalarni 

hamisha o‘z vaqtida ovqatlantirish, uxlatish va o‘z vaqtida u bi-

lan shug‘ullanish (gaplashish, o‘ynatish) kerak.

Chaqaloq bolalarning ovqat hazm qilish a’zolari ham o‘ziga 

xos xususiyatga ega. Ularninig oshqozonlari hali juda kichki-

na, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif 

bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning eng yaxshi 

ovqati ona sutidir. Bola lar katta odamlarga nisbatan tez-tez 

ovqatlantiriladi. Agar katta odamlarga ovqat sarf qilingan quv-

vatni tiklash maqsadida kerak bo‘lsa, bolalar uchun ovqat sarf 

qilingan quvvatni tiklashdan tashqari o‘sishi uchun ham ke rak. 

Bolaning organizmi to‘xtovsiz o‘sadi, buning uchun esa juda 

ko‘p ozuqa moddalar kerak bo‘ladi. Ozuqa moddalarni bola 

ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan nor-

mal o‘sishida o‘z vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda 

katta ahamiyatga ega.

Normal tug‘ilgan bolaning o‘rtacha vazni 2800–3500 kg, 

bo‘yi 45–52 sm bo‘ladi. Bir yil davomida uning vazni va bo‘yi 

ayniqsa sezilarli o‘zgaradi. Normal o‘sib ulg‘ayayotgan bola ya-

rim yoshga yetganida uning vazni ikki barobar, bir yoshga yet-




252

ganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oy-

larda, ayniqsa, 1–3 oyligida ko‘proq ortadi. Keyinroq borib 

vaznining ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga 

to‘lgach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi. Bir yoshga to‘lgunga 

qadar bolaning bo‘yi ham juda tez o‘sadi. Agar bola bir yosh-

ga to‘lguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil ichida 

faqat 18 sm ga o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolaning suyak sistema-

si deyarli yumshoq tog‘aydan iborat bo‘ladi. Keyingi taraqqiyot 

davrida, ya’ni bir yoshga to‘lguncha uning skeleti suyakka ayla-

na boshlaydi. Agar bola chaqaloqlik davrida noto‘g‘ri parva rish 

qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar noto‘g‘ri o‘sib, biror ye-

ri qiyshiq bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bolaning 

noto‘g‘ri o‘tirishi, noto‘g‘ri yotishi natijasida umurtqa suyagi 

qiyshayib qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda elastik 

(egiluvchan) bo‘ladi.

Oylar

0–1 1–2 2–3 3–4 4–5 5–6 6–7 7–8 8–9



9–10

10–


11

11–


12

Bo‘yi 


(sm)

3

3



2,5

2,5


2

2

2



2

1,5


1,5

1,5


1,5

Og‘irligi 

(gr)

600


800

800


750

700


650

600


550

550


450

400


400

Bolalarda paydo bo‘ladigan skolioz, umurtqa suyagining qiy-

shayib qolishi kasalligi ko‘pchilik hollarda bolalar gavdasining 

normal o‘sishiga ota-onalar va tarbiyachilarning befarq muno-

sabatda bo‘lishlari tufayli yuzaga keladi. Skolioz (bukri) kasalligi 

juda og‘ir majruhlikka olib keladi. Skolioz asosan ikki yo‘l bilan 

paydo bo‘ladi. Ulardan birinchisi tug‘ma skolioz bo‘lsa, ikkin-

chisi individual hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan 

ana shu individual hayot davomida bo‘ladigan skoliozning oldi-

ni olishimiz, ya’ni uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz 

ke rak. Skolioz kasalligi dastavval mutlaqo bilinmaydi va juda 

sekinlik bilan rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan u ko‘zga tashlana 

boshlaydi. Skolioz kasalligi juda qiyin davolanadi. Uni davo-

lashda ortoped-shifokorlar juda ko‘p qiyinchiliklarga duch ke-




253

ladilar. Qiz bolalarning muskul va skeletlari o‘g‘il bolalarga nis-

batan zaifroq bo‘lganligi tufayli ular skolioz kasalligiga moyilroq 

bo‘ladilar. Skolioz kasalligi bola o‘sib borgan sari uning psixi-

kasiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlaydi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish