bo‘lmasligi kerak. Bola yurishga o‘rganayotganida goh o‘ng,
goh chap qo‘lidan ushlab unga yordam berish lozim. Ana shu
qolish mumkin.
mida esa ensa liqildog‘i bo‘ladi. Bola bir yoshga to‘lguncha
254
ketadi. Liqildoqlarning biri 2–3 oy mobaynida, ikkinchisi bo-
la 12–14 oylik bo‘lgandagina tutashib, bitib ketadi. Chaqaloq
bolalar kal la suyagining hali yaxshi qotmaganligi va ayrim joy-
larining tu tashmaganligini nazarda tutib, ularni doimo ehtiyot
qilish lozim. Bola yoshiga to‘lib, yurib ketgach u jismoniy ji-
hatdan ancha mustahkamlanib boradi.
Chaqaloqlik va go‘daklik davrida bola nerv sistemasining
rivojlanishi
Bola psixik taraqqiyotining anatomik va fiziologik asosi-
ni tashkil etuvchi nerv sistemasining rivoj lanishi bolaning bir
yoshgacha bo‘lgan davrida juda jadal sur’at bilan boradi. Bola
anchagina takomillashgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Biroq
chaqaloq bolalarning nerv sistemasi o‘zining tuzilishi va vazi-
fasi (funksiyasi) jihatidan katta odamlar nerv sistemasidan kes-
kin farq qiladi.
Go‘dak bolalar nerv sistemasining hamma qismlari barobar
rivojlanmaydi. Ularda eng oldin nerv sistemasining quyi qism-
lari, ya’ni orqa miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chun-
ki nerv sistemasining bu qismlari tug‘ma yo‘l bilan o‘tadigan
shartsiz ref lekslarning markazlari hisoblanadi. Eng keyin nerv
siste masining yuksak qismlari, ya’ni oliy nerv faoliyati bi lan
bog‘liq bo‘lgan katta miya yarimsharlari va uning po‘stloq qis-
mi takomillashadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarning katta miya ya rim-
sharlari o‘zining tuzilishi va tashqi ko‘rinishi jihatidan kat-
ta odam lar miyasidan deyarli farq qilmasada, vazni jihatidan
kes kin farq qiladi. Masalan, yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek,
katta odam lar miyasining o‘rtacha vazni 1400 g bo‘lsa, yan-
gi tug‘ilgan chaqaloq miyasining vazni 350–400 g bo‘ladi.
Bundan tashqari, chaqaloq bolalar bosh miya yarimsharlari
po‘stining burmalari katta odamlarnikiga qaraganda juda kam
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalar bosh miya katta ya-
rimsharlari po‘stidagi nerv hujayralarining soni katta odam-
larnikidan kam bo‘lmaydi, ya’ni 14–15 mlrd bo‘ladi. Bosh
miya katta yarimshar lari po‘stidagi nerv hujayralari (neyron-
lar) odamga tug‘ilishdanoq ma’lum miqdorda berilgan bo‘ladi.
255
Keyinchalik odamning individual hayoti davomida bunday
nerv hujayralari birorta ham qo‘shilmaydi. Farq faqat shunda-
ki, chaqaloq bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari po‘stidagi
nerv hujayralari hali tuzilishi jihatidan juda sodda, hajm jihati-
dan kichik, o‘simtalari (dendrit va neyrit) yaxshi rivoj lanmagan
bo‘ladi. Bolalar nerv sistemasining rivojlanishi davo mida har
bir hujayradan ko‘proq miqdorda dendritlar o‘sib chiqadi. Shu
tariqa bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari po‘stining sathi
orta boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: