6.4. Ilk yosh davrida psixik taraqqiyot.
Ilk yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi
Bola yoshidan oshgach, uning go‘daklik davri tugaydi. Bir
yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr odatda ilk yosh davri
(ilk yosh davri) deb yuritiladi. Bu davrda ham bola jismoniy
va psixik jihatdan tez rivojlanishda davom etaveradi. Lekin,
uning rivojlanishi chaqaloqlik davridagiga nisbatan ancha sekin-
lashadi. Bola yoshidan oshgach, uning tashqi qiyofasi ancha
o‘zgaradi. Bu o‘zgarish turli a’zolarning nisbati boshqacha bo‘lib
qolganida ko‘rinadi. Bir yoshdan oshgan bolaning bosh suyak-
lari ilgarigidek tez o‘smaydi. Boshining o‘sishi biroz sekinla shib,
uning o‘rniga qo‘l va oyoqlari tez o‘sa boshlaydi. Bola ning bo‘yi
25 sm o‘ssa, bir yoshdan ikki yoshga to‘lguncha bo‘lgan davr-
da 10 sm ga o‘sadi. Ikki yoshdan uch yoshgacha esa bola ning
bo‘yi faqat 6– 7 sm ga o‘sadi. Ilk yosh davrida bola ning vaz-
ni ham ana shu ta riqa rivojlanadi. Agar tug‘ilgandan bir yosh-
ga to‘lguncha bo‘lgan bolaning vazni uch barobarga ortsa, bir
yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolaning vazni 3,5 kg ortadi.
Ikki yosh dan uch yoshgacha esa faqat 1,5 kg ga ortadi. Shu-
ni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolaning bo‘yi va
vaznining o‘sishiga nisbatan bo‘lgan bu ma’lumotlar hamma
bolalar uchun umumiy hamda o‘zgarmas emas. Bu ma’lumotlar
o‘rtacha hisobga to‘g‘ri keladi. Kun tartibi, bola yeydigan ovqat-
ning turlari, ayniqsa ovqatning miqdori, sifati va irsiy xususiyat-
lar bola bo‘yi hamda vaznining o‘zgarishiga katta ta’sir qiladi.
Ilk yosh davridagi bolalar suyaklari ning rivoj lanishida ham jid-
diy o‘zgarishlar yuz beradi. Bu yoshdagi bolalarda tog‘aysimon
suyaklarning o‘sishi va qotishi tezroq da vom etadi. Umurtqa
suyaklari borgan sari mustahkamlanib, suyaklanish (qotish) ja-
rayoni tezlashadi. Umurtqa suyaklari ning bunday o‘zgarishi bo-
la yurganda, yugurganda va murakkab sakrash ha
rakatlarini
271
bajarganda gavda og‘irligini ko‘tarish imkonini beradi. Biroq
ilk yoshdagi bolalar umurtqa suyaklari hali juda ojiz va elastik
bo‘ladi. To‘g‘ri o‘tirmaslik, tekis qilib solinmagan o‘rinda yotish
natija sida bolaning umurtqa suyaklari qiyshayib o‘sishi mumkin.
Bosh suyagining tutashmagan joyi, ya’ni kalla liqildoqlari bitib
ketib, ensa va tepa qismlari o‘sadi. Bolaning dastlabki sut tish-
lari chiqib, jag‘i avvalgiga nisbatan aktiv ishlay boshlaydi.
Bir yoshga to‘lgan bolaning harakatchanligi ortib borgan sa-
ri uning ichki organlari faoliyatida ham muhim o‘zgarishlar yu-
zaga keladi. Ma’lumki, har qanday harakat qon aylanishi bi-
lan nafas olishning aktiv ishlashini taqozo qiladi. Bola bir
yoshga to‘lgach, bemalol yurib, har xil harakatlarni qiladigan
bo‘lgach uning yurak vazni hamda o‘pkasining hajmi anchagi-
na kattalashadi, yurak muskullari ham birmuncha mustahkam-
lanib qon bosimi bir qadar oshadi. Bu esa qon tomirlari urishi-
ning sekinlashi shiga olib keladi. Masalan, chaqaloq bolaning
qon tomiri daqiqaga 120–130 marta ursa, bog‘chagacha tarbiya
yoshida bolaning yu ragi 110–120 marta uradigan bo‘lib qoladi.
Ilk yosh davridagi bola organizmi juda ko‘p ozuqa moddalar-
ni talab qiladi. Yoshidan oshgan bola turli xil ozuqa moddalarni
asosan ovqatdan oladi. Bola yoshidan oshgach, ko‘krakdan ajra-
tiladi. Ana shu davrdan boshlab uni kattalar iste’mol qiladigan
ovqatlarga sekin-asta o‘rgatila boshlanadi. Bolaning faqat ona
sutini iste’mol qi lishdan boshqa ovqatlarni ham iste’mol qilish-
ga o‘tishi uning ovqat hazm qilish organla rida o‘zgarish yasaydi.
Bolalarning jismoniy jihatdan normal va sog‘lom o‘sishlari
uchun oilada ham MTMda ham ularning qat’iy rejim bilan
sifatli ovqatlantirishga jiddiy e’tibor bilan qarash kerak. Ilk
yosh dagi bola ovqatlanishida yuzaga keladigan bu o‘zgarishlar
bolaning qon tarkibini ham o‘zgartiradi. Ovqatning turi ort-
gan sari qondagi eng muhim elementlar bo‘lmish gemoglo bin
va erit rotsitlar miqdori ortadi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu
yoshdagi bolada organizmni yuqumli kasalliklardan muho-
faza qilib turadigan oq qon tanachalari (leykotsitlar) yetar-
li miqdorda bo‘lmaydi va ular turli yuqumli kasalliklarga tez
chalinadigan bo‘ladi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bola jis-
moniy jihatdan tez o‘sishda davom etsa ham, u hali tash-
272
qi muhit o‘zgarishlariga yaxshi moslasha olmagan bo‘ladi.
Shuning uchun muhitning salgina o‘zgarishi bolaga darhol
ta’sir qiladi. Bola yangi muhit sharoitida tez toliqadi.
Bolaning psixik jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun uning orga-
nizmini mustahkamlaydigan tadbirlarga, ya’ni qat’iy kun tarti-
bi, gigiyena qoidalari va organizmni sistemali tarzda jismoniy
jihatdan chiniqtirishga rioya qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |