Maktabgacha yoshdagi


Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari:

Yoshi


0–1

1–2


2–3

3–4


4–5

5–6


6–7

Bo‘yi 


(sm) 

25

40



8

4

6–7



7–8

10

Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlari-



ning uzayishi tufayli gavdasidagi umumiy mutanosiblik 

o‘zgaradi. Maktabgacha yosh davrida bolaning oyoqlari nis-

batan ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 6–7 yosh-

gacha bo‘lgan bola ning suyaklari hali yaxshi qotmagan, ya’ni 

tog‘aysimon holatda bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar-

ning pay va muskullari hali baquvvat emasligiga qaramay juda 

harakatchan bo‘ladilar.

Bola 7 yoshga yetgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismi-

da oldinga tomon, ko‘krak qismida esa orqaga tomon ma’lum 

darajada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa 

suyagi mana shu shaklda saqlanib qoladi. Bola qaddi-basti-

ning to‘g‘ri bo‘lishida umurtqa suyagining ana shunday hol-

da saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshi-

dagi bolaning bosh suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga 

to‘lgandan so‘ng bosh miya suyagining orqa va tepa tomon-

lari tez o‘sadi.

Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham 

jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, bolaning yura-

gi hajm jihatidan chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4–5 



293

barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetar-

li darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Mana shuning 

uchun bog‘cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarish-

da organizm uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bo-

la yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda nisbatan 

tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunon-

chi, agar 1 yoshdagi bolaning yuragi bir marta qisqarishda  

10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning yuragi bir 

marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta 

yoshdagi odamning yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/

sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha yoshda-

gi davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning 

qon bosimi katta kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nafas olish a’zolarining ishi da 

ham anchagina o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu yoshdagi bolalar 

o‘pkasining normal ishlashi va rivojlanishiga ko‘krak qafasi ning 

o‘sishi ko‘p jihatdan ta’sir etadi. Chunki, o‘pkaning faoliyati 

asosan ko‘krak qafasining shakli va elastikligiga (harakatchan-

ligiga) bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning ko‘krak qafaslari nafas 

 

olish uchun qulay emas. Bolalarda diafragmaning bir qadar tik 



joylashganligi ko‘krak qafasining vertikal uzunligini qisqarti-

rib qo‘ygan. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalar-

da ko‘krak qafasi ning doirasi ham kattalarnikiga qaraganda 

juda tor bo‘ladi. Shu sababli bolalarning nafas olishlari kat-

ta odamlarning nafas olish lariga nisbatan nozikiroq bo‘ladi. 

Bolalar o‘pkasining hajmi yetarli darajada kattalashmagun-

cha chuqur nafas ololmaydilar. Natijada bolalar chuqur na-

fas olishning o‘rniga tez nafas olish bilan qoniqadilar. Bola-

ning bog‘cha yoshidagi davrida boshqa organlari kabi ko‘krak 

qafasi ning o‘sishi ham biroz sekinlashadi. Lekin ko‘krak qafa-

si doirasining kengayishi bu davr da ancha tez davom etavera-

di. Bola ko‘krak qafasining doirasi yiliga 1–2 sm dan kenga yib 

borib, 13–14 yoshga yetganda o‘z shakli va hajmi jihatidan kat-

ta odamlarning ko‘krak qafasiga yaqinlashadi.

Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrida nafas 

olishi ning miqdori deyarli o‘zgarmaydi. Lekin bu davrda bola 

haddan tashqari harakatchan bo‘lgani uchun uning organizmi 



294

juda ko‘p miqdorda kislorod talab qiladi. Shuning uchun bola 

mumkin qadar ko‘proq ochiq havoda bo‘lishi kerak.

Ana shu yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, 

maktabgacha yoshiga kelib organizmining ishchanlik qobiliya-

ti ancha oshadi. Shuning uchun bog‘chada va oilada ta’lim-tar-

biya ishlari hamda bola faoliyati rejimini tuzishda bola ning jis-

moniy taraqqiyoti xususiyatlarini doimo hisobga olish zarurdir.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish