Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1.  Iroda deb nimaga aytiladi?

2. Irodaviy harakat vaqtida qanday to‘siqlarni yengishga 

to‘g‘ri keladi? Ularning farqi nimada?

3.  Irodaning fiziologik asoslari tog‘risida nimalarni bilasiz?

4.  Kishi hayotida iroda qanday ahamiyatga ega?




196

V bob. SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK  

XUSUSIYATLARI

5.1. Temperament.  

Temperament haqida tushuncha

Shaxsning individual xususiyatlari haqida gapirilgan-

da  uning tug‘ma biologik xususiyatlariga alohida e’tibor be-

riladi. Atrofdagi kishilarni kuzatganda ular his-tuyg‘ularni 

namoyon qilishida, harakat tezligida farq borligi seziladi. 

Birovlar tajang, ha rakatchan va quvnoq bo‘lsalar ham ular-

ning tuyg‘ulari beqaror bo‘ladi. Boshqalari yuvosh, zararsiz 

bo‘ladilar. Uchinchilari biror narsadan tez ta’sirlanadilar, le-

kin o‘z tuyg‘ularini yashiradilar, passiv bo‘ladilar. Oliy o‘quv 

yurtiga qabul qilinganini eshitgan bolaning o‘zini tutishi yo-

ki hayotning og‘ir sinovlari paytida odam beixtiyor namoyon 

qiladigan reaksiyalari uning temperamentini hosil qiladi. Bu 

ikkala vaziyatni biri og‘ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o‘zini 

yo‘qotgudek darajada hayajon bilan boshdan kechiradi.

His-tuyg‘ularning paydo bo‘lish tezligi va kuchida, ham-

da kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo‘ladigan 

individual-psixologik xususiyatlar majmui temperament (lot. 

temperamentum – aralashma, qismlar nisbati) deb ata-

ladi. Qadim zamonlarda kishidagi tuyg‘ular va harakatlar-

ning xususiyatlari uning tanasidagi suyuqliklarning miqdo-

riga, ular ning nisbatiga bog‘liq deb hisoblanar edi. Qadimgi 

grek shifokori va tabiatshunosi Gippokrat (er.av. 460–356-yil-

lar) taxmin qilganki, bir xil odamlarning organizmida saf-

ro (shole) ko‘proq bo‘ladi, bunday kishilarni xoleriklar; 

boshqalarda qon (sanguinis) ko‘p bo‘ladi, ularni sangviniklar; 

uchinchi bir kishilarda shilliq narsa (phlegma) ayniqsa ko‘p, 

ularni flegmatiklar; to‘rtinchi bir kishilarda qora safro ko‘p 

miqdorda bo‘lib, ularni melanxoliklar deb ataganlar.

Keyinchalik temperamentning badandagi «suvlarning» 

miqdoriga bog‘liqligi haqidagi fikr rad qilinadi, biroq Gip-

pokratning kishilarning to‘rt guruhi, temperamentning to‘rt 

tipologiyasi haqidagi fikri ming yillarcha davrni boshidan 




197

kechirdi. Bu nomlar hozirgi kunlarimizga qadar saqlanib 

keldi.

Temperament tiplarining psixologik tasnifi

I.P. Pavlov nerv sistemasining to‘rtta tipi borligini belgi lab 

chiqdi. Avvalo u kuchli va kuchsiz tiplarni farqlagan. Kuch-

li tiplar orasida muvozanatsiz tiplar va muvozanatli tiplar bo‘lishi 

mumkin. Muvozanatli tiplar harakatchan va sust (inert) tiplar-

ga bo‘linadi. Shu tariqa uchta kuchli tip hosil bo‘ladi, to‘rtinchi 

tipga esa olim barcha kuchsiz tiplarni kiritgan. Faoliyat jara-

yonida nerv sistemasining tipi o‘zgarmasdan qolmaydi. Tem-

perament shaxsning psixik xususiyatlaridan biridir, lekin har 

bir tempe ramentdagi kishilar ham juda xilma-xil bo‘ladi. Har 

bir kishi takrorlanmas shaxs hisoblanadi, shuning uchun ham 

uni yuqo rida aytib o‘tilgan temperament tiplaridan biriga kiri-

tish hamisha ham mumkin bo‘lavermaydi. Ko‘pgina kishilar-

ning shaxsi faqat birgina tipga xos belgiga ega bo‘lib qolmasdan, 

balki ikki va undan ham ko‘proq tipning belgilariga ega bo‘ladi. 

Kishida xolerik tipdagi xususiyatlar bilan bir qatorda, masalan, 

sangvinik tip dagi kishining belgilari ham bo‘lishi mumkin; me-

lanxolik tip dagi kishida esa flegmatik tip xususiyatlari uchraydi 

va hokazo. Bu tiplar sof holda hayotda ancha kam uchraydi. Ya-

na ko‘pgina o‘tkinchi oraliq yoki aralash tiplar bor.

Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim 

xususiyatlar yordamida aniqlanishi mumkin:

1. Senzitivlik (lotincha sensus – sezish, his qilish). Insonda 

bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur o‘ta kuchsiz 

sezgilarning paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgi-

na kuchi, ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas dara-

jasi mujassamlashadi.

2.  Reaktivlik. Aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tash-

qi va ichki ta’surotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional 

reaksiya qi lishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning 

yorqin ro‘yob ga chiqishi emotsionallik, ta’sirlanuvchanlikning 

ifodalanishidir.

3.  Faollik. Inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olam-

ga ta’sir ko‘rsatishi va maqsadlarini amalga oshirishda obyektiv 




198

hamda subyektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishi-

ga qarab fikr yuritiladi.

4.  Refaollik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Bunda 

odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga qarab, 

masalan, tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favqulodda 

holatda) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlar-

ga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.

5.  Reaksiya tempi. Psixik reaksiyalar va jarayonlarning ke-

chish tezligiga, binobarin harakat tezligiga, nutq suratiga, faro-

satlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.

6.  Harakatlarning silliqligi va unda qarama-qarshi sifat 

rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o‘zgaruvchan tashqi 

ta’sirotlariga qanchalik yengillik va chaqqon muvofiqlashuvi-

ga, shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va qotib 

qolganligiga baho berishdan iboratdir.

7. Ekstravertlik va intravertlik. Shaxsning faoliyati va reaksi-

yasi ko‘p jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favqulod-

dagi, tashqi ta’sirotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollar-

ga, tasavvurlarga, o‘tmish hamda kelajak bilan uyg‘unlashgan 

mulohazalarga (intravertlik) taalluqlidir.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish