Iroda to‘g‘risida tushuncha. Tavakkalchilik
Faoliyatni ma’lum yo‘nalishda tashkil qilish, muammolarni
yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayoni-
dagi qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshi-
riladi. Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan
istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki-
si ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Ular impulsiv (lot. impulses – ix-
tiyorsiz qo‘zg‘alish) xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan, re-
jalashtirilmagan bo‘ladi. Masalan, bolalar bir-birini turtib biri
yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqi rib yubordi-yu
keyin o‘zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda bexos-
dan bo‘lgan refleksiv harakatlar de yiladi. Kishining hamma
ta’sirlanishilari reflektor xa rakterga ega bo‘ladi. Lekin yuqori-
da tasvirlangan harakatlarlar ong ning nazoratisiz yoki uning
yetarli ishtirokisiz maxsus niyatni ko‘zlamay amalga oshiril-
gan bo‘ladi va shu sababli ixtiyorsiz ha rakatlar yoki ataylab qi-
linmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p od-
diy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda
maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki
ataylab qilingan harakatlar deyiladi. Ular ning atalishining o‘zi
bu harakatlarda iroda ning ishtirok eti shini ko‘rsatadi.
189
Ongli ra vishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko‘zda
tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb ata-
ladi. Kishi suv ichgisi kelib stakanga qo‘l uzatdi va unga suv
quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo‘lsa ham aniq maqsad-
ga qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishi-
ning qandaydir qiyinchiliklarni, qo‘yilgan maqsad yo‘lida g‘ov
bo‘lib turgan to‘siqlarni yengishi, lozim bo‘ladigan harakat-
larni amalga oshi rishiga to‘g‘ri keladi. Bu harakat chinakam
irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ong
ning ishlashi bilan
bog‘liq shaxsiy faollik namoyon bo‘ladi. Kishi ning o‘z oldiga
qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun ichki va tashqi to‘siqlarni
yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ata-
ladi. Kishi yengadigan tashqi to‘siqlar deganda ishning o‘ziga
xos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, har xil xalal berishlar,
boshqa kishilarning qar shilik ko‘rsatishi, ishning og‘ir sharoit-
lari va shu kabilar tushu niladi.
Ichki to‘siqlar kishi o‘zini ishlashga, charchoqni, bajari-
lishi kerak vazifasiga aloqasi bo‘lmagan boshqa biror narsa bi-
lan shug‘ullanish istagini yengishga majbur qilish, qiyin vaqtda
belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayl-
lardir. Ichki to‘siqlarga zararli odatlar, mayllar, istaklar kira-
di. «Iroda» termini deganda shaxsning qiyinchiliklarni yen-
gib aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish qobiliyati tushuniladi.
Zo‘r iroda bu biror narsani qilishga intilish va unga erisha
olishgina emas balki zarur bo‘lib qolganda o‘zini biror narsadan
voz kechishga majbur qila olish hamdir. Iroda shunchaki istak va
uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni
to‘xtatilishi, ayni vaqtda undan voz kechish hamdir.
Kishi hayotida irodaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Iro-
da oddiy kundalik hayotda, ayniqsa, katta qiyinchiliklarni yen-
gishga to‘g‘ri keladigan qiyin paytlarda zarur bo‘ladi. Irodaning
o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi
xatti-harakatida ko‘rinadi. O‘ziga mahliyo qiluv chi maqsadga
erishish yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsiz-
lik bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyila-
di. Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi,
yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy
190
va ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay,
insonlar tavakkal qilish haraka tidan voz kechmaydilar. Tavak-
kalchilik harakatining ikki sababi farqlanadi:
1) yutuqqa umidvorlik hissi, ya’ni ehtimol tutilgan mag‘lubi-
yat oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch;
2) xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish yoki «ta-
vakkalchining tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni
riskometr degan asbobda o‘lchash mumkin.
Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tur-
sin kundalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham ud-
dasidan chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar,
boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xu-
susiyatlarni yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuch-
sizligining patalogiyasi mavjud bo‘lib u abuliya (yunon. abuli-
ya – qat’iyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan
faoliyatda intilish ning mavjud emasligi, harakat qilish, amal-
ga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan hol-
da shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya
– (yunon. apraxiya – hara katsizlik) miya tuzilishining shikast-
lanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqli-
gining murakkab buzi
lishidir. Abu
liya va apraksiya psixikasi
xasta insonlarga xos no yob fenomenal psixopatologik hodisadir.
Irodaning nerv-fiziologik asoslari
I.M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xatti-
harakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyin-
chalik hayot tajribasi asosida ko‘pgina xatti-harakatlar bevosita
hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarz da amalga oshi-
riladi. Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli
ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqi-
dagi yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqu-
lay oqibatlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi.
Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avval-
gi tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ik-
kinchi signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat payti-
ga kelib qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga
oshirishga imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televi-
191
zordagi ko‘rsatuv qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki
ishlashga majbur qiladi.
Qo‘zgatuvchi vosita – so‘z irodaviy harakatda alohida
o‘rin egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal
bo‘lishi mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ich-
ki talabi, mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda
ular javob tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi
bo‘ladilar. Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan ki-
shi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatla-
rimizni boshqa rib turadigan miya hujayralari katta yarimshar-
lar po‘stlog‘idagi boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan
bo‘ladi. Har qanday boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish ki-
ritmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlari ni va
ishlarini boshqarishga qodir bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara
oladi. Bunga sabab: miya hujayralari bir tomondan gavda mus-
kullariga impulslar yuborib turadi, ikkinchi tomondan harakat
a’zolaridan amalga oshirilgan ish to‘grisida qaytish signalla rini
olib turadi. Miya po‘stlog‘ida shu axborotlar qayta ishlanadi va
u yerdan harakatga kiritilishi lozim tuzatishlar haqida yana sig-
nallar keladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish ja-
rayonlari ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu
jarayonlar haddan tashqari qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holat-
dagi) bostirib turadi va vazminlik, o‘zini tuta bilish, chidam,
harakatlar izchilligi va hokazolar ning paydo bo‘lishiga yordam
beradi. Iroda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘i
osti ishini boshqarib turish qobili yatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq
bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti kishi organizmidagi ko‘pgina
qo‘zgatuvchi jarayonlarning (ins tinktlar, mayllar va h.k.) man-
bai hisoblanadi.
Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini
Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amal-
ga oshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va
hayo ti hamda mehnati uchun juda katta ahamiyatga ega sifat-
larni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi,
bu hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlari ning us-
tunlik qilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqim-
192
siz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularni
to‘xtatib qo lishda, yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.
1. Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik,
sabot-matonat, mustaqillik kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |