53-bob. O D D IY S H IR K A T S H A R T N O M A S I
1. Oddiy shirkat tushunchasi, huquqiy belgilari, va uning
o'ziga xos xususiyatlari.
Oddiy shirkat mamlakatimiz qonunchiligi uchun yangi emas. Bunday
shartnoma qadimdan mamlakatimiz hududida qo‘lianib kelingan. Bu
shartnoma turi musulmon huquqi qonunchiligida juda yaxshi ishlangan
va muvaffaqiyatli qo‘llanilganligi qadimgi manbalardan ma’lum. Bunday
manbalardan biri — “ Muxtasar”dir. Ushbu kitobda oddiy shirkat
“sheriklik” nomi bilan ataladi. “Shirkati taqabul” ' da bir turli hunami
birga qo‘shilib bajarishga shart qilishib, ishlashda hamda ishni qabul
qilib olishdagi sheriklik oddiy shirkat tushunchasiga to'g'ri keladi. Unda
har bir harakat, foydani taqsimlash va boshqa masalalarni birgalikda
sheriklar kelishuviga asosan amalga oshirilishi aniq misollar orqali ochib
berilgan.
Oddiy shirkat shartnomasi o'tmishda birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi
shartnoma nomi bilan atalib kelingan. Oddiy shirkat shartnomasi ko'p
tomonlama bitimlardan bo'lib, bunga asosan ishtirokchilar deb ataluvchi
ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish maqsadida, qonunga zid bo'lmagan
umumiy xo'jalik yuritish uchun o'z hissalarini qo'shib, yuridik shaxs
tuzmasdan, birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar. Oddiy shirkat,
shartnomasida ishtirok etuvchilar ikki kishidan kam bo'lishi mumkin
emas.
FKning 962-moddasiga asosan oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi
faoliyat to'g'risidagi shartnoma) bo'yicha sheriklar (ishtirokchilar) deb
ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid
bo'lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o'z hissalarini qo'shish va
yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar.
Demak, shartnoma bir necha shaxslarning bir faoliyatni olib borish
uchun tuzadigan birlashmalari hisoblanadi, lekin bu birlashma yuridik
shaxs maqomiga ega bo'lmasdan faoliyat yuritadi. Shu sababli muayyan
harakat qiluvchi ishtirokchilarning har biri yuridik shaxsdan farqli o'laroq
munosabatda ishtirok etish jarayonida o'z subyektliligini saqlab qolish
bilan xarakterlanadi. Ya’ni, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan shaxslar
birlashmalarida munosabatda ishtirok yagona subyekt orqali amalga
oshirilsa (bu yerda yuridik shaxs mavxum tushuncha bo'lib, o'z-o'zidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
undagi ishtirokchilar munosabatda ishtirok etsalar-da, o'z nomlaridan
munosabatga kirishmaydi. Aksincha, ular yagona subyekt boigan yuridik
shaxs nomidan harakat qiladigan va yuzaga kelgan huquq va majburiyat
ham ular uchun emas, yuridik shaxs uchun vujudga keladi) oddiy shirkatda
vujudga kelgan huquq va majburiyat oddiy shirkat taraflari uchun vujudga
keladi.
O d d iy shirkat shartnom asi boshqa fu q a rolik h u qu qiy
shartnomalaridan o'z predmeti, taraflari, maqsadi bilan farqlanadi.
Bunday farqlardan yana biri sivilist olimlar tomonidan shartnoma]arni
turli jihatlariga ko'ra turkumlash jarayonida yanada yaqqolroq ko'rinadi.
X.Rahmonqulovning fikricha, shartnomali majburiyatlar tarkibida
mulkiy munosabatlar o'z xususiyatlariga ko'ra quyidagi guruhlarga
boiinadi:
a) mol-mulkni yoki boshqa ashyoviy huquqqa boigan mulk huquqini
boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan
majburiyatlar;
b) mol-mulkni foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish bilan
bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar;
v) ishni bajarish bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan
majburiyatlar;
g) xizmat ko'rsatish bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan
majburiyatlar;
d) vakillik faoliyati bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan
majburiyatlar;
e) tashkiliy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar1.
M u allif od d iy shirkat shartnom asini ta sh k iliy-h u q u q iy
munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar turkumiga kiritadi.
O.S.Ioffe shartnomalarni yanada maydalashgan holda:
— mol-mulkni haq evaziga o'tkazish bo'yicha shartnomalar;
— mol-mulkni mulk sifatida yoki foydalanishga tekin berish bo'yicha
majburiyatlar;
— ishlar bajarish bo'yicha majburiyatlar;
— xizmatlar ko'rsatish bo'yicha majburiyatlar;
— yuk va passajirlar tashish bo'yicha majburiyatlar;
— kredit va hisob-kitob bo'yicha majburiyatlar;
— birgalikdagi faoliyat bo'yicha majburiyatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |