Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Шахов  В.В.  Введение  в  страхование.  -М .:  «Финансы  и  статистика»  1999.  -273



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  Шахов  В.В.  Введение  в  страхование.  -М .:  «Финансы  и  статистика»  1999.  -273 

стр.

www.ziyouz.com kutubxonasi




shaxslarga sug'urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i 

yoki  mol-mulkini  yoxud  o'zining  boshqa  shaxslar  oldidagi  fuqarolik 

javobgarligini o'z hisobidan sug'urta qilish majburiy sug'urta deb yuritiladi 

(FKning  914-modda,  3-  qism).

FKning  922-moddasi,  6-  qismiga  muvofiq,  mol-mulkni  sug'urta 

qilish  majburiyati  qonundan  kelib  chiqmaydigan,  balki  mol-mulkning 

egasi  bilan  tuzilgan  shartnomaga  yoki  m ol-m ulkning  m ulkdori 

hisoblanuvchi  yuridik  shaxsning  ta’sis  hujjatlariga  asoslangan  hollarda, 

bunday  sug'urta  ushbu  m oddaning  m a’ nosi  jihatidan  m ajburiy 

hisoblanmaydi  va  ushbu  kodeksning  924-moddasida  nazarda  tutlgan 

oqibatlarni  keltirib  chiqarmaydi.

Davlatga  tegishli  bo'lgan   m ulklarni  x o'ja lik   yoki  operativ 

boshqaruvdagi  yuridik  shaxslarning  zimmasiga  ushbu  mulklarni 

sug'urtalash  yuklatilishi  mumkin  (FKning  922-modda,  5-  qism).

Majburiy  sug'urta  shartnomasi  boshqa  shartnomalardan  sug'urta 

puli,  badali  maxsus  qonunlarga  asosan  tuzilishi  va  badal  miqdori  ham 

qat’iy belgilangan bo'lib, uni faqat sug'urta qildiruvchi tomonidan to'lanishi 

bilan  farq  qiladi.  Hozirda  bu  turdagi  shartnoma,  asosan  fuqarolarning 

uchinchi  shaxs  oldidagi  javobgarligini  majburiy  sug'urtalash,  kredit 

yuzasidan  garovga  qo'yilayotgan  mulkni  majburiy  sug'urtalash,  garov 

mulkining  kreditni  qoplash  yuzasidan  yetmagan  qismini  sug'urtalash 

qo'llanilmoqda.

Majburiy  sug'urta  shartnomasining  shartlari  qonun  bilan  belgilab 

qo'yilgan  bo'lib,  ularni  ixtiyoriy  ravishda  o'zgartirish  mumkin  emas.

Majburiy sug'urta  bo'lib  ham shaxsiy,  ham  mulkiy  bo'lishi  mumkin. 

FKning  922-moddasining  1-  qismiga  muvofiq:

qonunda  ko'rsatilgan  boshqa  shaxslarning  hayoti,  sog'lig'i  yoki 



mol-mulki  ularning  hayoti,  sog'lig'i  yoki  mol-mulkiga  zarar  yetkazilishi 

ehtimoli;

-  boshqa  shaxslarning  hayoti,  sog'lig'i  yoki  mol-mulkiga  zarar



yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalaming buzilishi

oqibatida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo'lgan  fuqaroviy  javobgarlik  xavfi 



belgilanishi  mumkin.

Sug'urtaning  boshqa  shakllari  majburiy  bo'lishi  mumkin  emas. 

Chunonchi,  tadbirkorlik  xavfi  ham  m ajburiy  sug'urta  qilinmaydi. 

Tadbirkorlik  faoliyati  doimo  o'zining  tavakkalchiligi  va  o'z  hisobidan 

faoliyat  yuritadi.  Mulkiy  va  shaxsiy  sug'urtaning  ayrim  turlari  ham 

majburan  sug'urta  qilinmaydi.  Fuqaroga  o'z  hayoti  yoki  sog'lig'ini 

sug'urtalash  majburiyati  qonun  bilan  yuklatilishi  mumkin  emas  (FKning

www.ziyouz.com kutubxonasi




922-modda,  4-  qism).

Majburiy  sug'urta  sug'urta  qilish  majburiyati  yuklangan  shaxs 

(sug'urta  qildiruvchi)  sug'urtalovchi  bilan  sug'urta  shartnomasini  tuzish 

vositasida  amalga  oshiriladi.

Majburiy sug'urtalanishi lozim bo'lgan obyektlar, ular sug'urtalanishga 

sabab  bo'ladigan  xavflar va  sug'urta  pulining  eng  kam  miqdorlari  qonun 

hujjatlari  bilan  belgilanadi.

Agar qonun bo'yicha foydasiga majburiy sug'urta amalga oshirilishi 

lozim  bo'lgan  shaxs,  agar  sug'urta  amalga  oshirilmagani  unga  ma’lum 

bo'lsa, sug'urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug'urtalash majburiyati 

yuklangan  shaxs  uni  amalga  oshirishini  sud  tartibida  talab  qilishga 

haqli.


Agar sug'urta qildiruvchi sifatida sug'urtalash majburiyati zimmasiga 

yuklangan  shaxs  uni  amalga  oshirm agan  bo'lsa,  yoki  sug'urta 

shartnomasini  naf  oluvchining  ahvolini  qonunda  belgilangan  shartlarga 

nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo'lsa,  u sug'urta hodisasi 

yuz berganida basharti tegishlicha sug'urtalangan taqdirda sug'urta tovoni 

to'lashga  asos  bo'lishi  kerak  bo'lgan  shartlarda  javobgar  bo'ladi  (FKning 

924-modda).

Davlat majburiy sug'urtasi esa fuqarolar va davlatning manfaatlarini 

ta’minlash  maqsadida  davlat  tomonidan  sug'urta  qildiriladi  va  bu 

shartnoma  bo'yicha  sug'urta  badallarini  to'lash  davlat  byudjetidan 

ajratiladigan  mablag'lar  hisobiga  amalga  oshiriladi.

Bunday sug'urta shartnomasi turlariga “Sudlar to'g'risida”gi qonunga 

ko'ra  sudyalarni,  “Prokuratura  to'g'risida”gi  qonunga  ko'ra  prokuratura 

xodimlarini  va  qonun  bilan  belgilangan  boshqa  xodimlarni  sug'urtalash 

davlat  majburiy  sug'urta  qilish  shartnomalari  turiga  kiradi.

Bunday  turdagi  sug'urta  shartnomalari  faqat  davlat  sug'urta 

kompaniyalari  bilan  tuzilishi  belgilangan.

Rivojlangan  davlatlardan  biri  hisoblangan  Germaniya  Federativ 

Respublikasida  harbiy  xizmatchilarning  davlat  majburiy  sug'urtasida 

ularning  bir yo'la  oila  a’zolari  ham sug'urta  himoyasiga  olinadi va  harbiy 

xizmatchining  oila  a’zolari  ham  salomatlik  sug'urtasidan  o'z  sog'liqlarini 

yo'qotganlarida  teng  huquqlilik  tamoyillari  asosida  foydalanishlari 

mumkin.

Qonun  talabiga  ko'ra,  sug'urta  kompaniyalari  hayot  sug'urtasi  va 

umumiy  sug'urta  sohalari  bo'yicha  ixtisoslashtirilgan  tartibda  tashkil 

qilinishi  belgilangan.

Majburiy ehtiyoj tug'ilmaydigan transport haydovchilarining uchinchi

www.ziyouz.com kutubxonasi




shaxs oldidagi javobgarligini majburiy  sug'urtalash  esa  hamma  transport 

haydovchilari  uchun  bir  xilda  joriy  qilinmagan.  Buning  sababi,  bir 

tomondan  sug'urta  qildiruvchilarda  majburiy  ehtiyojning  yo'qligi  boisa, 

ikkinchi  tomondan  bunday  turdagi  sug'urtani  amalga  oshirishning 

majburiy  tartibining  yo'qligidir.

Yo'lovchilarni  majburiy  sug'urta  qilishning  mazmuniga  ko'ra, 

yoiovchining  belgilangan  manzilga  yetib  borguniga  qadar  sogiig'i  yoki 

hayotiga yetkazilgan zarami qoplash nazarda tutiladi. Yo'lovchilarni tashish 

shartnomasiga  ko'ra,  tashish  korxonalari  yo'lovchilarni  belgilangan 

manzilga  xavf-xatarsiz  yetkazish  javobgarligini  o'z  zimmasiga  oladi.

H ozirgi  b ozor  iqtisod iyoti  sh aroitida,  tra n sp ort  vositalari 

haydovchilarining uchinchi shaxs oldidagi javobgarligi sug'urtasi majburiy 

tartibda  amalga  oshirilmoqda.  Respublikamizda,  majburiy  sug'urta  turi, 

jahon  tajribalariga  asoslangan  holda  joriy  qilingan  boiib,  sug'urtaning 

bu turi, yo'l hodisalari natijasida haydovchi tomonidan yetkazilgan zararni 

zudlik  bilan  qoplash  imkoniyatini  beradi.

Majburiy sug'urta qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan boiib, bunda 

sug'urta  qildiruvchi  sug'urtalovchi  bilan  sug'urta  shartnomasini  tuzish 

shart  hisoblanadi.  (FKning  914-moddasi).

Qonunda  quyidagilarni  sug'urta  qilish  majburiyati  belgilab  qo'yilishi 

mumkin:

qonunda  ko'rsatilgan  boshqa  shaxslaming  hayoti,  sogiig'i  yoki 



mol-mulkiga  zarar  yetkazilishi  ehtimolini  nazarda  tutib  (masalan,  havo 

va  temir  yo'l  transportida  yo'lovchilarning  hayotini  sug'urtalash).

Boshqa  shaxslaming  hayoti,  so  g iig 'i  yoki  mol-mulkiga  zarar 

yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi 

oqibatida  yuzaga  kelishi  mumkin  boigan  o'zining  fuqaroviy  javobgarlik 

xavf-xatari (masalan, Notariat to'g'risidagi qonunning 20-moddasiga asosan 

xususiy  amaliyot  bilan  shug'ullanuvchi  notarius  o'z  faoliyatini  sug'urta 

qilish  haqida  shartnoma  tuzishi  va  bunda  sug'urta  summasi  belgilangan 

eng  kam  oylik  ish  haqining  yuz  baravaridan  kam  bo'lmasligi  kerak).

Sug'urta  qildiruvchi  bo'lish  majburiyati  kimga  yuklatilishi  qonunda 

belgilab  qo'yiladi.

Fuqaroga  o'z  hayoti  yoki  so g iig 'in i  sug'urtalash  m ajburiyati 

yuklanishi  mumkin  emas.

Qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  yoki  unda  belgilangan  tartibda 

xo'jalik  yuritishda  yoki  operativ  boshqarishda  boigan  davlatga  qarashli 

mol-mulk  o'ziga  biriktirib  qo'yilgan  yuridik  shaxslarga  bu  mol-mulkni 

sug'urtalash  yuklanishi  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Majburiy  sug'urta  sug'urta  qildiruvchi  hisobidan  amalga  oshiriladi 

(yo'lovchilarning  majburiy  sug'urtasi  bundan  mustasno).

Qonun  bo'yicha foydasiga majburiy sug'urta amalga oshirilishi lozim 

bo'lgan  shaxs,  agar  sug'urta  amalga  oshirilmagani  unga  ma’lum  bo'lsa, 

sug'urta qildiiuvchi sifatida zimmasiga sug'urtalash majburiyati yuklangan 

shaxsdan  uning  amalga  oshirilishini  sud  tartibida  talab  qilishga  haqli. 

Agar sug'urta qildiruvchi sifatida sug'urtalash zimmasiga yuklangan shaxs 

uni amalga  oshirmagan bo'lsa,  yoki sug'urta shartnomasi naf oluvchining 

ahvolini  yomonlashtiradigan  shartlarda  tuzgan  bo'lsa,  u  sug'urta  hodisasi 

yuz berganida basharti tegishlicha sug'urtalangan taqdirda sug'urta tovoni 

to'lashga  asos  bo'lishi  kerak  bo'lgan  shartlarda  javobgar  bo'ladi.

Fuqarolarning  ijtimoiy  manfaatlarini  va  davlatning  manfaatlarini 

ta’minlash  maqsadida  qonunda  hayot,  sog'liq  va  mol-mulkning  majburiy 

davlat  sug'urtasi  belgilab  qo'yilishi  mumkin.

Majburiy davlat sug'urtasi davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Bunda  sug'urtalovchilar  bo'lib,  davlat  sug'urtasi  tashkilotlari  yoki 

davlatga  qarashli  boshqa  muassasalar  hisoblanadi.

Majburiy  mulkiy  sug'urta  turarjoylarni,  qishloq  xo'jalik  ekinlari, 

chorva  mollari  bilan  yuz  beradigan  va  shu  kabi  baxtsiz  hodisalardan 

sug'urtalashda  qo'llaniladi.

Yo'lovchilami  baxtsiz  hodisalardan  sug'urta  qilish  majburiy  shaxsiy 

sug'urta  hisoblanadi.  Bunda  havo,  temir  yo'l,  dengiz  va  shaharlararo 

avtomobil  transporti  yo'lovchilari  hayoti  va  sog'lig'i  sug'urta  qilinadi. 

Sug'urta  badali  bilet  bahosiga  qo'shiladi.  Ba’zi  hollarda  yo'lovchilarga 

sug'urta  polisi  beriladi.

Harbiy  xizmatchilar,  militsiya  xodimlari,  davlatning  ayrim  toifadagi 

xizmatchilari hayoti va sog'lig'i davlat tomonidan davlat byudjeti hisobidan 

sug'urtalanadi.

Ixtiyoriy shaxsiy sug'urta.  Umrbod sug'urta  shartnomasi 20  yoshdan 

70  yoshgacha  bo'lgan  fuqarolar  bilan  tuziladi.  1-guruh  nogironlari  bilan 

bunday  shartnoma  tuzilmaydi.  (Agar  bunday  shartnoma  tuzilgan  bo'lsa, 

haqiqiy emas deb hisoblanadi va sug'urtalanuvchiga to'lagan badallarining 

92  foizi  qaytariladi.  Agar  bu  holat  shartnoma  tuzilgan  vaqtdan  boshlab, 

bir  yildan  keyin  aniqlansa,  shartnoma  umumiy  asoslarda  o'z  kuchini 

saqlab qoladi).

Sug'urta  xavf-xatari  bo'lib  sug'urta  qildiruvchining  o'limi  ehtimoli 

hisoblanadi. Sug'urta  tovon puli sug'urta qildiruvchining yoshi,  sug'urta 

puli  va  hatto, jinsiga  ham bog'liq  bo'ladi. Sug'urta qildiruvchi  85 yoshga 

yetgunga qadar har oyda sug'urta badali to'lab turadi. Sug'urta qildiruvchi

www.ziyouz.com kutubxonasi




shartnoma  amal  qilgan  davrda  qanday  sabablarga  ko'ra  vafot  etgan 

bo'lmasin,  naf  ko'ruvchiga  sug'urta  ta’ minoti  to'lanadi.  Sug'urta 

shartnomasi  kuchga  kirgandan  so'ng  ikki  yil  ichida  sug'urta  qildiruvchi 

onkologik  kasalliklardan  yoki  yurak-qon  tomiri  kasalliklaridan  vafot 

etsa  yoxud  o'z-o'zini  o'ldirsa,  sug'urta  ta’minoti  to'lanmaydi.

Shartnoma  tuzish  haqidagi  ariza  sug'urta  qildiruvchi  tomonidan 

shaxsan  imzolangan  bo'lishi  va  unga  uning  shaxsini  tasdiqlovchi 

ma’lumotlar  xususida  hujjat  ilova  qilingan  bo'lishi  kerak.

Hayotni  aralash  sug'urta  qildirish  shartnomasi  eng  ko'p  tarqalgan 

shartnomalardan  hisoblanadi.  Bunda  sug'urta  tashkiloti  shartnomada 

belgilangan  muddatgacha  yashash,  mehnat  qobiliyatini  butunlay  yoki 

qisman  yo'qotish,  o'lim  holatlari  ro'y  berganida  zararni  qoplashni  o'z 

ustiga  oladi.  Shartnoma  16  yoshdan  77  yoshgacha  shaxslar  bilan 3,  5,  10, 

15 va 20 yil muddatga tuziladi (ammo shartnoma oxirida shaxs 80 yoshdan 

oshmagan  bo'lishi  lozim).  Ishlamaydigan  1-guruh  nogironlari  bilan 

shartnoma  tuzilmaydi.

Sug'urta  badali  sug'urta  qildiruvchining  yoshi,  sug'urta  muddati  va 

sug'urta  polisiga  bog'liq.  Sug'urta  badallari  birvarakayiga  to'lanishi 

mumkin.  Uch  oy  davomida  a’zolik  badallari  to'lanmasa,  4-oyning  1- 

sanasidan  boshlab  shartnoma  bekor  bo'ladi.  Bunda  shartnoma  6  oy 

davomida  amal  qilgan  bo'lsa,  sug'urtalovchi  sug'urtalanuvchi  to'lamagan 

badallami  qaytarib  olishga  haqli.

Ota-onalar,  farzandlikka  oluvchilar  va  boshqa  qarindoshlar 

tomonidan  bolalarni  sug'urta  qilish  ularning  yoshi  va  sog'lig'idan  qat’iy 

nazar  amalga  oshiriladi  (bola  15  yoshdan  oshmagan  bo'lish  lozim).

Sug'urta  mukofoti  to'lash  uchun  asos:  sug'urta  muddatining  tamom 

bo'lishi,  baxtsiz  hodisadan  shikastlanish  va  shu  kabilar.  Sug'urta 

qildiruvchilar  almashtirilishi  yoki  bir  nechta  bo'lishlari  mumkin. 

Sug'urtalanuvchi  bola  vafot  etsa,  sug'urta  ta’minotining  30  foizi  hajmida 

nafaqa  tayinlanadi  va  ayni  vaqtda  sug'urta  badallari  to'liq  qaytarib 

beriladi.

Nikohni sug'urtalash (to'y sug'urtasi) ota-onalar (boshqa qarindoshlar) 

tomonidan  tuzilib,  bunda  sug'urta  qildiruvchilar  18-72  yoshgacha,  biroq 

sug'urta  muddati  tamom  bo'lganida  75  yoshdan  oshmagan  bo'lishlari 

lozim.

Shartnoma tuzilishida bolaning yoshi  15 dan oshmagan bo'lishi lozim.



Sug'urta  badallari  hajmi  sug'urta  qildiruvchining  (bolaning  emas) 

yoshiga,  sug'urta  qiymatiga  va  sug'urta  muddatiga  bog'liq.

Ixtiyoriy  mulkiy  sug'urta.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Ixtiyoriy  mulkiy sug'urta  turlari  va shakllari  nihoyatda  xilma-xildir. 

Sug'urta  predmetlari  sifatida  xilma-xil  uy  jihozlari  va  anjomlari,  uy- 

hayvonlari,  transport  vositalari,  boshqa  ashyolar,  transport  vositilari 

egalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi, kreditlarni qaytarmaslik xavf- 

xatarini  sug'urtalash  va  hakazolar  hisoblanadi.

Mulkiy sug'urtada sug'urta obyekti boiib quyidagilar hisoblanadilar:

—  Muayyan mol-mulkning yo'qotilishi (nobud boiishi),  kam chiqishi 

yoki  shikastlanishi  xavf-xatari.

—   Fuqarolik-huquqiy javobgarlik  xavf-xatari.  U  ham  o'z  navbatida 

ikki  turga  bo'linadi:  zarar  yetkazganlik  uchun  javobgarlik  va  shartnoma 

bo'yicha  javobgarlik  xavf-xatarini  sug'urta  qilish.

Boshqa shaxslaming hayoti, sogiig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazish 

oqibatida  yuzaga  keladigan  majburiyatlar  yuzasidan  javobgarlik  xavfini 

sug'urta  qilish  shartnomasi  bo'yicha  sug'urta  qildiruvchi  yoki  uchinchi 

shaxsning javobgarlik  xavfi  sug'urtalanadi.

Sug'urta  qildiruvchi  faqat  o'zining  shartnomani  buzganlik  uchun 

javobgarlik  xavfini  sug'urtalashi  mumkin  (uchinchi  shaxs  javobgarligi 

sug'urta  obyekti  bo'la  olmaydi).

Shartnomani  buzganlik  uchun  javobgarlik  xavfi  bu  shartnoma 

shartlariga  ko'ra  sug'urta  qildiruvchi  qaysi  taraf  oldida  tegishli 

javobgarlikni  zimmasiga  olishi  lozim  boisa,  o'sha  taraf  naf  oluvchi 

foydasiga,  hatto,  sug'urta  shartnomasi  boshqa  shaxs  foydasiga  tuzilgan 

yoxud  unda  kimning  foydasiga  tuzilgani  aytilmagan  taqdirda  ham 

sug'urtalangan hisoblanadi.

3.Tadbirkorlik  xavf-xatarini  sug'urta  qilish  (FKning  920-moddasi).

Xorijiy sarmoyadorlarning mol-mulklari (qaytarib olinishidan), urush 

yoki  fuqarolar  g'alayonlaridan  sug'urta  tashkiloti  bilan  sarmoyador 

o'rtasidagi  shartnoma  munosabatlariga  mamlakat  m a’murlarining 

aralashuvidan,  milliy  valyutani  boshqa  valyutalarga  konvertatsiyalash 

va  uni  mamlakatdan  tashqariga  chiqarishga  doir  mamlakat  ma’murlari 

tomonidan  cheklashlar  joriy  etilishidan,  sarmoyadorlar  (investorlar)ning 

ayrim  guruhlari  uchun  huquqni  kamsitadigan  ruhdagi  yangi  qonun- 

qoidalar joriy etilishidan, boshqa turdosh xavf-xatarlar (tavakkalchiliklardan) 

sug'urtalanish  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish