1 Юридик энциклопедия. -Т .: Шарк, 2001. - 4 1 3 6.
2 Узбекистан Республикасининг «Сурурта фаолияти туррисида»ги конуни. Халк сузи.
2002. 28.05.
www.ziyouz.com kutubxonasi
sug'urta tovoni miqdorlari, sug'urtalovchi tomonidan aniqlanishi
maqsadida yetkazilgan zarar to'g'risidagi masalalarni hal etish uchun
zarur bo'lgan hujjatlar va xulosalarni taqdim etishlari shaft”,2 - deb
belgilangan. FKning 957-moddasida sug'urta qildiruvchining zarar
qoplanishiga bo'lgan huquqlarining sug'urtalovchiga o'tishi, y a ’ni
subrogasiya huquqi ta’minlangan. Bu moddada, sug'urta qildiruvchining
yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan huquqlari, agar mulkiy
sug'urta shartnomasida boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, sug'urtalovchiga
o'tishi qoidalari mustahkamlangan. Biroq, zarar qasddan yetkazilgan
bo'lsa, sug'urtalovchi sug'urta pulini toiagan d an so'ng, sug'urta
shartnomasida qanday ko'rsatilganidan qat’iy nazar, yuqoridagi huquqni
qo'lga kiritadi.
FKning 935-moddasiga muvofiq: “Sug'urta shartnomasini tuzish
paytida taraflarning kelishuviga ko'ra aniqlanadigan, sug'urta manfaati
bilan bog'lanadigan mol-mulk qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha
tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta qiymati (sug'urta bahosi) deb
hisoblanadi”. Mol-mulkni sug'urta qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad,
sug'urta qilingan mol-mulkning nobud bo'lishi yoki shikastlanishi natijasida
yetgan zararni qoplashdan iborat. Shu bois, sug'urta yuzasidan beriladigan
pulning miqdori (sug'urta puli), sug'urta qilingan m ol-m ulkning
qiymatidan oshmasligi talab etiladi. Shu ma’noda, ayni bir obyektning
sug'urta pulini belgilash uchun, uning qiymatini aniqlash kerak bo'ladi.
FKning 935-moddasiga ko'ra, mulkiy sug'urta shartnomasi amal
qilgan davrda, tomonlarga mol-mulkning shartnomada ko'rsatilgan
qiymati yuzasidan nizolashish huquqi berilmagan, sug'urtalovchi o'zining
sug'urta qildiruvchi tomonidan ataylab chalg'itilganligini isbotlab beruvchi
holatlar bundan mustasno. Agar shartnomada sug'urta puli bilan sug'urta
qiymatining nisbati buzilgan bo'lsa, mazkur shartnoma qisman haqiqiy
emas deb topiladi va shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa,
mulkning shartnoma tuzilgan paytdagi qiymatidan kelib chiqqan holda
sug'urta tovoni to'lanadi.
Mulkning sug'urta qiymati uning haqiqiy qiymati doirasida va uning
tabiiy eskirishini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda mulkning haqiqiy
qiymati uni ko'rikdan o'tkazish, baholash, ekspertiza tayinlash va uning
xulosasi, bozordagi shunga o'xshash mulkning bahosini beligilash bilan
aniqlanadi.
Obyektning (binolar, chorva mollari, biron qishloq xo'jalik ekinining
hosili va boshqalarning) sug'urta qilish maqsadlari uchun belgilangan
qiymati-sug'urta uchun baholash deb ataladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sug'urta qilinuvchi obyektlami baholash juda muhim ahamiyatga
egadir. Chunki, bu baho, sug'urta yo'li bilan ta’minlash summasini
belgilash uchun asos qilib olinadi. Agar, sug'urta qilinayotgan obyektlarga
uning haqiqiy qiymatidan kam baho qo'yilsa, u holda sug'urta yo'li
bilan ta’minlash puli ham kamayadi.
Sug'urta puli sug'urta uchun qo'yilgan baho bilan to'g'ri kelishi
mumkin. Bu holda mulk uning to'la qiymati miqdorida sug'urta qilingan
hisoblanadi. Agar mol-mulk nobud boisa, yoki zarar yetkazilsa, unga
yetgan zarar toiiq hajmda qoplanadi. Sug'urta puli sug'urta qiymatidan
kam boiishi ham mumkin.
FKning 938-moddasida: “Sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan mol-
mulk yoki tadbirkorlik xavfining sug'urta puli sug'urta qiymatidan ortiq
boisa, shartnoma sug'urta pulining sug'urta qiymatidan ortiq boigan
qismida o‘z-o‘zidan haqiqiy boimaydi va sug'urta mukofotining ortiqcha
toiangan qismi qaytarib berilmaydi” .
Sug'urta qiymati - sug'urta obyektining asl, faktik qiymati boiib,
uni belgilash turli mamalakatlardagi joriy qonunchilik va amaliyotda
shakllangan o'ziga xos qoidalarga asoslanib amalga oshiriladi.
A m erika Q o'shm a Shtatlarida esa, sug'urta qiym ati tovar
yuklanayotgan paytdagi bozor narxi qancha boisa, shundan kelib chiqib
hisoblanadi va bu reys boshlanishi oldidan aniqlanadi. Fransuz
qonunchiligida, sug'urta qiymatiga tovaming sotilish narxi va yuklash
paytida sarflangan xarajatlar, uning belgilangan joyga yetkazilishi va
kutilayotgan daromad miqdori ham qo'shib belgilanadi. Germaniyada esa
sug'urta qiymati sifatida, sug'urta hodisasi yuzaga kelishi bilan tovaming
asl sotilish qiymati qabul qilingan.
Sug'urta puli va sug'urta bahosi to'g'risida yuqorida ta’kidlab o'tilgan
qoidalar, shaxsiy sug'urta shartnomasiga qoilanilmaydi. Chunki, kishining
hayoti yoki mehnat qobiliyatini, sug'urta qilish maqsadlarida baholab
boimaydi.
Xullas, sug'urta qiymatini aniqlash, sug'urta hodisasi natijasida
to ia n a d ig a n su g'u rta tovoni, su g'u rta badali m iqdori sug'urta
p u lin i b e lg ila s h d a m u h im a h a m iy a tg a ega b o 'lib , u q a t ’ iy
belgilanishi lozim.
Sug'urta puli - sug'urta qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va u
sug'urta qiymatidan kam yoki teng miqdorda belgilanishi mumkin.
FKning 934-moddasiga muvofiq: “Mulkiy sug'urta shartnomasi
bo'yicha sug'urtalovchi sug'urta tovonini to'lash majburiyatini oladigan
yoki shaxsiy sug'urta shartnomasi bo'yicha to'lash majburiyatini oladigan
www.ziyouz.com kutubxonasi
summa (sug'urta puli) sug'urta qildiruvchining sug'urtalovchi bilan
kelishuviga ko'ra, ushbu modda qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfini sug'urta qilishda, agar sug'urta
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, sug'urta puli
ularning haqiqiy qiymatidan (sug'urta qiymatidan) oshmasligi lozim,
quyidagilar shular jumlasiga kiradi:
— mol-mulk uchun uning sug'urta shartnomasini tuzish kuni turgan
haqiqiy qiymati;
— tadbirkorlik xavfi - sug'urta hodisasi yuz berganida sug'urta
qildiruvchi tadbirkorlik faoliyatidan ko'rishi mumkin bo'lgan zarar.
Shaxsiy sug'urta shartnomalarida va fuqaroviy javobgarlikni
sug'urtalash shartnomalarida. sug'urta pulini taraflar o'z ixtiyorlariga
ko'ra aniqlaydilar.
Qonun yoki sug'urta shartnomasida nazarda tutilgan sug'urta hodisasi
yuz berganida, sug'urtalovchi, shartnomada qayd etilgan shaxsga sug'urta
shartnomasida belgilangan muddatda, sug'urta pulini (sug'urta tovonini)
to'lashi shart.
Sug'urta pulining miqdori, sug'urta hodisasining kelib chiqish holatiga
qarab kamayishi yoki umuman to'lanmasligi mumkin. Chunki, sug'urta
hodisasining kelib chiqishida, sug'urta qildiruvchining aybi bo'lsa yoki
sug'urta hodisasi natijasida ko'rilgan zarar, sug'urta pulidan kam miqdorda
bo'lgan taqdirda, sug'urta pulining miqdori kamayishi mumkin. Sug'urta
puli bilan sug'urta tovoni bir mazmundagi iboralar emas. Chunonchi,
sug'urta puli shartnomada sug'urta hodisasi ro'y berganida to'lanishi
lozim bo'lgan pul bo'lsa, sug'urta tovoni sug'urta hodisasi ro'y bergach,
sug'urta qildiruvchi ko'rgan zarar yoki sug'urta tashkiloti tomonidan
to'lanishi lozim bo'lgan pul mablag'i hisoblanadi.
Yetkazilgan zarar miqdorini, sug'urta tashkiloti, o'zi tuzgan
dalolatnoma asosida, zarur hollarda esa, mulkning nobud bo'lgan,
zararlangan yoki yo'qolgan joyi, vaqti, sababi va boshqa sharoitlar haqida
vakolatli tashkilotlar (avariya xizmati, militsiya, tergov tashkilotlari,
sud va boshqalar) tomonidan berilgan hujjatlarni hisobga olib aniqlaydi.
Sug'urta hodisasi natijasida mol-mulkka yetkazilgan zarar bo'lib,
mulk nobud bo'lganida yoki o'g'irlanganida mulkni sug'urta qilishda
asoslanadigan, sug'urta shartnomasida belgilangan narxi, uy-joyning
hammasi tamoman nobud bo'lganda esa, maxsus va umumiy sug'urta
shartnomalarida ko'rsatilgan sug'urta puli,
mulk zararlanganda —
mulkning oldingi qiymati bilan sug'urta hodisasi tufayli qimmatini
(sifati va qiymatini) yo'qotgandan keyingi narxi orasidagi farq,
www.ziyouz.com kutubxonasi
shuningdek
zararlangan narsani tuzatish y o ii bilan awalgi holatiga
keltirish mumkin bo'lsa, u holda ana shu narsani tuzatish narxi ko'rilgan
zarar hisoblanadi.
Tuzatish narxi, tuzatish maqsadida fuqarolardan haq undirib olish
uchun tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan amaldagi baholar
(tariflar) asosida hisoblab chiqiladi.
Tuzatish narxi, sug'urta pulidan oshmaydigan miqdor doirasidagina
zarar deb tan olinadi. Agar, ekspertiza o'tkazish zarur deb topilgan bo'lsa,
bu ishni bajarish narxi ham zarar qiymatiga qo'shiladi.
Ko'rsatilgan ishlami bajarish xarajatlarining miqdori amaldagi baholar
asosida, ana shu ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.1
Sug'urta hodisasi yuz berganida, mulkni saqlab qolish va uni tartibga
keltirish uchun qilingan xarajatlar narxi ham (agar bu xarajatlar zarur
deb tan olingan bo'lsa) zarar miqdoriga kiritiladi.
Ushbu xarajatlar miqdori tegishli ishlar (xizmatlar) ga fuqarolar haq
to'lashi uchun belgilangan amaldagi baholar (ta’riflar) asosida aniqlanadi.
Agar nobud bo'lgan, zararlangan yoki o'g'irlangan biron-bir mulk
uchun belgilangan narxlar bo'lmasa, u holda, zarar miqdori sug'urta
shartnomasi tuzilgan paytda amal qilayotgan narxlardan kelib chiqib
aniqlanadi.
Sug'urta tovoni, ko'rilgan zarar miqdorida, sug'urta shartnomasi
tuzilgan paytdagi baholar asosida, ammo shartnomada kelishilgan sug'urta
pulidan ko'p bo'lmagan miqdorda to'lanadi.
Sug'urta tovonini to'lash haqidagi qarorni davlat sug'urta muassasasi
mustaqil ravishda qabul qiladi.
Sug'urta tovonini esa, shartnoma tuzgan sug'urta muassasasi barcha
zarur hujjatlarni olganidan so'ng, shartnomada belgilangan muddat ichida
to'laydi. Sug'urta qildiruvchiga yoki uning oila a’zolariga nisbatan jinoiy
ish qo'zg'atilgan taqdirda, bu tartib joriy qilinmaydi.
Sug'urta tovoni sug'urta qildiruvchining o'ziga to'lanadi. Uning
xohishiga binoan, tovon naf oluvchining nomiga yozilgan chek berish,
omonat kassaga o'tkazish, naqd pul bilan hisob-kitob qilish yoki belgilangan
tartibda pochta orqali yuborish yo'li bilan to'lanishi mumkin.
Sug'urta qildiruvchi vafot etgan bo'lsa, sug'urta tovoni qonunda
belgilangan tartibda, uning vorislariga to'lanadi.
Sug'urta muassasasi xodimlarining aybi bilan, sug'urta tovonini to'lash
Do'stlaringiz bilan baham: |