Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 2016-yil, 2-son 
5. O‘zini o‘zi kasbiy diagnostika qilish usullarini pedagog kadrlar puxta o‘zlashtirishini va 
amalda qo‘llashi samaradorligini oshirib borish yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish. 
6. Kasbiy diagnostika natijalari asosida malaka oshirish kursi o‘quv rejasi va dasturiga tegishli 
o‘zgarishlar kiritib borish mexanizmini ishlab chiqish va amalga joriy qilish. 
7. Kasbiy diagnostika yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va 
ommalashtirib borish. 
8. Kasbiy diagnostikadan amalda unumli foydalinishga qaratilgan qo‘llanma, tavsiyanoma va 
zarur me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish. 
9. Malaka oshirishga buyurtmalarni kasbiy diagnostika natijasida aniqlangan ehtiyojlar asosida 
shakllantirish yuzasidan buyurtmachilarga metodik yordamlar ko‘rsatib borish. 
10. Kasbiy diagnostika vositasida pedagog kadrlar kasbiy tayyorgarligidagi aniqlangan 
bo‘shliklarning turlari, xususiyatlari va boshqa sifatlarini muntazam o‘rganib, tegishli xulosalar 
chiqarib va tavsiyalar berib borishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish. 
11. Kasbiy pedagogik diagnostikaning tashkiliy-pedagogik va ilmiy-metodik asoslarini 
takomillashtirib borish. 
Pedagogik kompetensiyani diagnostikasini maqsadga muvofiq darajada olib borish natijasida 
xalq ta’limi pedagog kadrlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini aniq belgilash, baholash hamda zarur 
xulosalar chiqarish, tavsiyalarni asoslangan holda ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
Diagnostika jarayonida mavjud ilg‘or tajribalarning to‘liq aniqlanib borishi natijasida 
innovasion faoliyatning samaradorligini oshirishga erishiladi. 
Kasbiy pedagogik diagnostika kasbiy tayyorgarlik darajasidagi bo‘shliqlar bilan birga yuqori 
natijalarni, yutuqlarni, ilg‘or pedagoglar tomonidan qo‘llanilayotgan ibratli, ilg‘or ish usullarini
ularning pedagogik mahorati darajasini ko‘rsatib berishga ham xizmat qiladi. 
Bunda pedagog kadrlar faoliyatidagi yutuqlar hamda kamchiliklar haqidagi aniq ma’lumotlar 
ustoz-shogird usulidagi faoliyatni real holat va sharoitlarga muvofiq aniq maqsadlarni belgilagan 
holda tashkil etish va amalga oshirishga asos bo‘ladi. 
Malaka oshirish bo‘yicha kasbiy pedagogik diagnostikaning qo‘llanish sohasi kengayib, 
tamoyillari, shakllari, usullari va vositalari rivojlanib borishini nazarda tutish lozim. 
Pirovardida pedagogik kompetensiya diagnostikasi ta’lim-tarbiya sohasining uzluksiz rivojlanib 
borishini ta’minlovchi jiddiy vosita bo‘lib qoladi.
Kasbiy pedagogik diagnostikani amaliyotga tatbiq qilish orqali mavjud ehtiyojlarga asoslangan
aniq maqsadli, buyurtmali malaka oshirishni tashkil qilish, uning natijasida esa malaka oshirish 
jarayoni sifati va samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi: 
Ta’lim muassasalarida kasbiy diagnostika monitoringi natijalarini tegishlicha tahlil qilish, 
belgilangan maqsadga erishilganlik darajasini aniqlash, zarur darajada umumlashtirib, xulosalar 
chiqarish, lozim hollarda o‘rnatilgan mezonlar bo‘yicha baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni 
bartaraf etish, ijobiy jihatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berishni yo‘lga quyish lozim. 
Bu usullar orasida xodimning o‘z-o‘zini baholashi natijalari asosida belgilagan ehtiyojlarini hisobga 
olish ham jiddiy ahamiyatga ega. 
Shunday tartibda olib borilgan monitoring natijalari orqali pedagog kadrlar kasbiy 
tayyorgarligining haqiqiy darajasini muntazam bilib borish asosida ularning kasbiy pedagogik 
o‘sishlarini ta’minlash va bu jarayonni nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Bu esa, o‘z 
navbatida, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonini muntazam ravishda takomillashtirib borishga 
xizmat qiladi.
Ta’lim muassasalarida uzluksiz malaka oshirish jarayonida kasbiy diagnostikadan foydalanish 
uchun ijodiy muhit samaradorligini aniqlash hamda diagnostikasini amalga oshirish uchun uning 
asosiy parametrlariga ularning tarkibiy mazmuni hamda o‘zaro bog‘liqliklari va o‘zaro ta’sirini 
hisobga olgan holda asoslanish maqsadga muvofiq. Maktabda ijodiy muhitni takomillashtirishni 
o‘ziga xos yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ularning har biri bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni 
amalga oshirib borish maktab faoliyatining barcha sohalarida yuqori sifat va samaradorlikka erishish 
imkoniyatlarini beradi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish