ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son
Yuqoridagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning
iqtisodiy mexnanizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkita muhim omil mavjud. Bu ichki va tashqi bozorlarga
intilishga qaratilgan harakatlardir. Bu harakatlarga quyidagi iqtisodiy-ijtimoiy omillar ta’sir
ko‘rsatadi:
− ishchi kuchi sifati – bu xodimning malaka darajasi va shaxsiy xususiyatlaridan kelib
chiqib
baholanadi;
− kasbiy (mutaxassisligi) bo‘yicha ishchi kuchining raqobatbardoshligi quyidagi omillar
bilan izohlanadi. Bu xodimning mehnat qilishdagi an’anaviy, taqchil, kamyob, nufuzli tarmoq-
lanuvchi, erkin, tavakkalchilik va tezkor kasbgi intilish qobiliyatidan kelib chiqadi.
Ishchi kuchi raqobatbardoshligini quyidagi asosiy tamoyillar asosida shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatadi:
– ishchi kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli qishloq
aholisining ish bilan band
bo‘lish va bo‘lmaslikni ixtiriy tanlashini, mehnat qonunlari tomonidan ta’qiqlanmaydigan va har bir
xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyat turini erkin tanlash
uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi;
–ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi. Bunda xodimni ishga erkin yollashlari va
ishdan bo‘shatishlari mumkin. Bu holatdi ish
beruvchilar bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq
to‘lashni kafolatlash bilan fuqorolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi;
– yollanma xodimlarning ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy himoya qilinganligi;
– ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar qonunlarda belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi
hamda holda erkin belgilash.
Jahon iqtisodiy hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichi jahon iqtisodiyotining
globallashuvi va baynalminallashuvi bilan
tavsiflanadi, bunday sharoitda ishchi kuchining
raqobatbardoshligi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy qarashlarda mehnat bozoridagi
ishchi kuchi raqobati eng yaxshi natijalarga erishish uchun kurash sifatida bayon etilgan. Mehnat
bozorida ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning o‘ziga xos xususiyati quyidagilar bilan
ifodalanadi:
–
bozor omillari mehnat bozorida ishchi kuchining jalb etilishining umumiy shartlariga
ta’sir ko‘rsatish imkoniyati cheklanganda hamda ish beruvchiga kerakli ishchii kuchini etkazib
berishdagi kurash;
–
mehnat bozorining subektlari o‘rtasida ularning har biri boshqasidan
yuqoriroq natijaga
erishish maqsadida o‘zaro kurashi;
–
ishchi kuchining samaraliroq faoliyat ko‘rsatishi uchun eng muhim mexanizmdir.
Iqtisodiyot nazariyasining klassik vakillari, raqobat – bozor mexanizmining talab va taklifini
muvozanatga keltiruvchi elementidir. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatga
keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuvga ko‘ra:
–
ishchi kuchining bozor narxini aniqlash;
–
turli sohalar o‘rtasida ishchi kuchini taqsimlash;
–
u yoki bu ishchilar guruhini yollashda qaysi ishchi kuchi xususiyatlari afzalligini
aniqlash.
Yuqorida ko‘rsatilgan bu yondashuvlar natijasida ishchi kuchi raqobatbardoshligini
oshirishning xususiyatlari to‘liq ochib beriladi.
Bundan
tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka tuzilishi bo‘yicha
iqtisodiyot tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o‘sish sur’atiga javob bermaydi. Shu bois ishchi
kuchi taklifining sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish hamda ularning mehnat bozoridagi
raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa, bandlikning davlat xizmati tizimidagi va
boshqa o‘quv yurtlaridagi xodimlarning malakalarini oshirishni tashkil etish,
korxonalarning
o‘zidagi maxsus kurslarda kasb-korga o‘rgatishni yaxshilash va ularga soliq to‘lovida imtiyozlar
berish mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini oshirishning maqsadli maxsus dasturini ishlab chiqish
kerak.
172