O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti


-bob. Sodda gaplar haqida ma`lumot



Download 395,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi395,73 Kb.
#260928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

1-bob. Sodda gaplar haqida ma`lumot 

1-§. Sodda gap sintaksisi haqida umumiy tushuncha  

  

“Oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizga ezgu niyatlarimizga 



erishishimiz, jamiyatimizning yangilanish, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, 

amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri – bularning 

barchasi avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli 

mutaxassisi kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini 

barchamiz anglab yetmoqdamiz‖. (I.A.Karimov) ―Ta‘lim to`g`risida Qonunda 

ta‘limni ravnaqi ularning insonparvarligi, ta‘lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, 

DTSlari darajasida hammaning bilim olishi ularga imkoniyat yaratilishi ta‘kidlab 



ko`rsatilgan. Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 

hayotning rang – barang jabhalarida muloqot va munosabatlarning barcha turlarida 

o`zbek tilidan bemalol erkin va samarali va to`laqonli bahramand bo`lishi zaruriy 

ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlari kerak. ―Ona tili‖ darsligida o`quvchilarni 

mustaqil va ijodiy fikrlashga yo`naltirish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u 

asosida yaratilgan, yaratilajak darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz 

kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg`ulotlarni 

o`quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilinib 

olinadi. Ona tili ta‘limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili 

mashg`ulotlarida bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq 

vaziyatiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri ravon ifodalash 

ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratish lozim. Bilamizki boshqa 

bir fanlar doirasidan ko`ra ko`proq ona tili darslarining soati ko`pligi DTSda ham 

alohida belgilab qo`yilgan. Shunday ekan, milliy tilimizni yaxshi samara beruvchi 

usullar bilan, zeriktirmay o`quvchilar onggiga singdirish o`qituvchining oldiga 

qo`yilgan asosiy vazifadir. Akademik litseylarda sodda gap sintaksisini o`rganish 

mening asosiy mavzuim ekan, ushbu tushunchalarning izohini maktabning quyi 

sinflardan o`tilishini ko`rib chiqishni lozim topdim. Ushbu mavzu birgina mavzu 

bo`lmay u o`z ichiga ko`plab mavzularni qamrab oladi. Dastavval mavzuni 

qamrovchi atamalar haqidagi tushunchalar izohiga to`xtatish lozim. Demak sodda 

gaplar sintaksisiga quyidagilarni kiritamiz: Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. 

  

Gapning muhim belgilaridan biri grammatik asosga egaligidir. Grammatik 



asos deganda ega va kesim tushuniladi. Kesim orqali gapning muhim belgilari: 

modallik, zamon va shaxs–son belgilari orqali ifodalanuvchi predikativlik 

ko`rsatiladi. Shunga ko`ra, har qanday gapda predikativ ma‘no ifodalanishi 

shartdir. Predikativ asos miqdoriga ko`ra gaplar sodda va qo`shma bo`ladi. (bu 

haqda qarang: ―Sodda gaplar‖, ―Qo`shma gaplar‖). Gap bo‘laklari Gapdagi 

so`zlar bir–biri bilan grammatik munosabatga kirishadi va gap bo`lagini tashkil 

qiladi. Mustaqil so`zlargina gap bo`lagi bo`la oladi. Ega va kesim gapning bosh 

bo`lagi, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol esa gapning ikkinchi darajali bo`laklari 

hisoblanadi. A. Bosh bo‘laklar Bosh bo`lak gapning asosini tashkil qiladi. Bosh 

bo`lak bo`lgan ega ikki tarkibli gapning asosiy bo`lagi bo`lib, gapning kim yoki 

nima to`g`risida ekanligini bildiradi va gapdagi boshqa bo`laklarga tobe bo`lmaydi. 

Ega bosh kelishikdagi so`z bilan ifodalanib, har doim kesimni o`ziga qaratadi, 

kesim tomondan izohlanadi, aniqlanadi.  

  

Ega quyidagicha ifodalanadi:  



  

1. Ot bilan: Uloqchilar hamon qotib–qotib kulishar edi.  

  

2. Sifat bilan: Yaxshi ish bitirur, yomon ish yitirur.  



  

3. Olmosh bilan: Hamma to`plandi.  

  

4. Son bilan: Biri qochoq, biri qahramon.  



  

5. Harakat nomi bilan: Ishlamoq ishtaha ochar.  

  

6. Modal so`zlar bilan: Bor –boricha, yo`q–holicha.  




  

7. Taqlidiy so`zlar bilan: Uning taq–taqi eshitilib turardi.  

  

8. Ibora bilan: Onaxonning yuziga oyoq qo`yish bizning axloqimizda yo`q.  



  

9. Birikma bilan: Bog`da esa hamon ikki dugona qo`lni qo`lga berib quvnab 

yuradi. Ega bir so`z yoki birikma holida qo`llanishi mumkin: O`qish yaxshi, uqish 

undan ham yaxshi. Do`stning mingi ham kam, dushmanning biri ham ko`p. Gapda 

ba‘zan ega qo`llanmaydi. Bunday holatda ega mazmundan, kesimdagi shaxs 

qo`shimchasidan aniqlanadi. Bir tarkibli gaplarda bir bosh bo`lak bo`ladi: litseyda 

o`qiyman. (Men litseyda o`qiyman). Kesim gapda ega haqidagi xabarni bildiradi 

va egaga grammatik jihatdan tobe bo`ladi. Kesim qaysi so`z turkumi bilan 

ifodalanishiga ko`ra fe‘l–kesim, ot–kesim bo`ladi. Fe‘l–kesim fe‘l, fe‘lning 

sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi. Fe‘l: Issiq shamol o`rnini muzdek 

tog` havosi egalladi. Sifatdosh: Ular dam olish uchun yig`ilishgan. Ravishdosh: 

  

Tong otgach, yo`lga tushdik. Ot–kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish va 



fe‘lning harakat nomi shakllari bilan ifodalanadi. Ot: Toshkent – O`zbekistonning 

poytaxti. Sifat: O`qishyaxshi, uqish undan ham yaxshi. Olmosh: Yaxshi niyatli 

kishilarning ahdi – shu. Son: Ularning tili bir. Ravish: Do`stimning ishi ko`p. 

Modal so`z: O`limdan xabarim bor, lekin bunday ovozalardan xabarim yo`q. 

Harakat nomi: Yashamoq Vatan va xalqqa foyda keltirmoqdir. Kesimlar tuzilish 

jihatdan sodda va murakkab bo`ladi.  

  

1. Sodda kesimlar bir so`z bilan ifodalanadi:  



  

    Men litseyda o`qiyman.  

  

2. Murakkab kesimlar ikki yoki undan ortiq so`zdan tashkil topadi:  



  

   Keksa bog`bon ko`m–ko`k ajriq ustida o`tirib hordiq chiqardi.  

  

Murakkab kesimlarning birinchi qismi ot yoki fe‘l orqali ifodalanadi. 



Shunga ko`ra ular murakkab ot– kesim va murakkab fe‘l–kesimga, ajraladi. 

Murakkab ot – kesimlarning birinchi qismi ot, olmosh, sifat, son kabi so`z 

turkumlari bilan, ikkinchi qismi esa bog`lama vazifasidagi ko`makchi fe‘l va 

to`liqsiz fe‘l bilan ifodalanadi: Bu hovlining teng yarmi mevazor edi. Sizga 

aytmoqchi bo`lgan gapim shu edi. Murakkab ot – kesimlar bog`lama yordamida 

shakllangan bo`lishi mumkin: bu joy go`zal yer emish. Bog`lama asl mustaqil 

ma‘nosini yo`qotib, yordamchi vazifaga ko`chgan ega bilan kesimni birlashtirishda 

xizmat qiladigan so`zdir: bo`l, qil, edi, ekan, emish. Bu odam o`quvchi bilan 

tanishgan Mirzakarim qutidor edi. Kimning ko`ngli to`g`ri bo`lsa, uning yo`li ham 

to`g`ri bo`ladi. Murakkab fe‘l–kesimlar ikki yoki undan ortiq fe‘llardan tashkil 

topadi: Boshqa xonada bolalar uxlab qolishibdi. Ayozli kunlar asta–sekin o`tib 

borayotir. Ega va kesimning orasida tirening ishlatilishi Ega bilan kesim orasiga 

quyidagi holatlarda tire qo`yiladi:  

  

1. Gapning kesimi ot, olmosh, son bilan ifodalanib, kesimlik qo`shimchasi 



yoki bog`lama ishlatilmasa: Yaxshining gapi – moy, yomonning gapi – loy.  

  

2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida 



qo`shimcha yoki bog`lama ishlatilmasa: Vatanni sevmoq – hammaning burchi. 

  

Agar kesimda –dir qo`shimchasi qo`llansa, tire qo`yilmaydi: Vatanni 




sevmoq iymondandir.  

  

3. Ega yoki kesim ko`rsatish olmoshi bilan ifodalansa: Sizga aytadigan 



gapim – shu. Ikkinchi darajali bo‘laklar Gapning ikkinchi darajali bo`laklari bosh 

bo`laklarga tobe bo`ladi va ularni to`ldirib, aniqlab, izohlab keladi. Ikkinchi 

darajali bo`laklar to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabi turlarga bo`linadi. 

  

To`ldiruvchi gapning biror bo`lagiga boshqaruv yo`li bilan birikadi va uni 



to`ldirib keladi. Sen meni gapga chalg`itma. To`ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi: 

1. Ot bilan: Aqlli o`zini ayblar, aqlsiz – do`stini.  

  

2. Otlashgan sifat bilan: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas.  



  

3. Son bilan: Men unga to`rttadan berdim.  

  

4. Sifatdosh bilan: Eshitganni ko`rgan yengibdi.  



  

5. Olmosh bilan: U bizni sayohatga taklif qildi.  

  

6. Ibora bilan: Uning tepa sochi tikka bo`lishidan qo`rqdi.  



  

To`ldiruvchi ikki xil bo`ladi: vositasiz to`ldiruvchi va vositali to`ldiruvchi. 

Vositasiz to`ldiruvchi tushum kelishigidagi so`z bilan belgili yoki belgisiz shaklda 

qo`llanadi. Bo`linganni bo`ri yer. Bir bosh uzum berdi. Vositali to`ldiruvchilar esa 

jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari hamda ko`makchilar bilan shakllangan 

bo`ladi. Oltin o`tda bilinar, odam mehnatda. Yaxshi yaxshiga yondashtirar. U 

do`stlari bilan xayrlashdi. Aniqlovchi predmetning belgisini yoki bir predmetning 

boshqasiga qarashliligini bildiradi. Aniqlovchi otga bog`lanadi. Aniqlovchi ikki xil 

bo`ladi: sifatlovchi, aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi. Sifatlovchi – aniqlovchi 

predmetning belgisini, xususiyatini, miqdordarajasini bildirib, o`zi aniqlagan 

so`zga bitishuv yo`li bilan birikadi. Uning go`zal manzaralari, qaynoq hayoti bilan 

tanishmisiz?  

  

Qaratqich aniqlovchi biror predmet yo shaxsning o`zi ifodalagan shaxs yoki 



predmetga qarashli ekanligini bildirib, qaratuvchi o`zi aniqlagan so`zga moslashuv 

yo`li bilan birikadi. Kunning issiqligidan yer-u ko`k lovullaydi. Hol kesimga 

bog`lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o`rnini, paytini, holatini, bajarilish 

sababini, maqsadini bildiradi. Hol ma‘no va vazifasiga ko`ra ravish holi, o`rin holi, 

payt holi, sabab holi, maqsad holi, miqdor holi singari turlarga bo`linadi. 

  

Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilishini bildirib, fe‘l bilan 



ifodalangan gap bo`lagiga bitishuv yo`li bilan bog`lanadi. Maqsud xoxolab kulib 

yubordi. O`rin holi harakatning bajarilish o`rnini bildiradi. Mehmonlar kecha 

Samarqandda bo`lishdi. Sabab holi harakatning bajarilish sababini bildiradi. 

Humoyun qo`rqqanidan baqirib yubordi. Payt holi harakatining bajarilish paytini 

bildiradi. Ertalab atayin sizni izlab kelgan edim. Maqsad holi harakatning 

bajarilishidan ko`zda tutilgan maqsadni bildiradi. Biz o`qish uchun shu dargohga 

kelganmiz. 

  

Daraja-miqdor holi harakatning bajarilish darajasini, miqdorini bildiradi. 



Eshik sal ochildi. Sodda gap Grammatik asosga ko`ra gaplar sodda va qo`shma 

bo`ladi. Bir ega va kesim tarkibidan tashkil topgan gaplar sodda gap bo`ladi. Sodda 

gaplar yig`iq va yoyiq shaklda bo`ladi. Yig`iq sodda gaplar ega va kesimdangina 



(Ahror keldi), yoyiq sodda gaplar esa bosh bo`laklar bilan birga ikkinchi darajali 

bo`laklar ishtirokida ham (Ahror bozor qilgani ketdi) tuziladi. Tarkibidagi 

bo`laklarning ishtirokiga ko`ra sodda gaplar to`liq va to`liqsiz bo`ladi. To`liq 

gaplarda fikrni ifodalash uchun lozim bo`lgan barcha gap bo`laklari mavjud 

bo`ladi: To`g`ri so`z qilichdan o`tkir. To`liqsiz gaplarda esa gapning biror bo`lagi, 

ya‘ni nutq maqsadi uchun zarur bo`lmagan bo`laklardan biri yoki bir nechtasi 

uslub talabiga ko`ra tushirib qoldiriladi: Litseyga borasanmi? Albatta, boraman. 

  

To`liqsiz gap bir so`zdan ham tashkil topishi mumkin. Bunday so`zlar 



to`liqsiz gapdagi gap bo`lagidan farq qilgan holda, biror gap bo`lagi vazifasida 

kelmaydi: Litseyga borasanmi? Ha, boraman, (to`liqsiz gap), Ha (so`z - gap). 

Sodda gaplar bosh bo`laklarning ishtirokiga ko`ra ham farqlanadi. Birgina bosh 

bo`lakdan (ega yoki kesimdan) iborat bo`lgan sodda gaplar bir bosh bo`lakli gap 

sanaladi. Bir bosh bo`lakli gaplarda bosh bo`laklardan biri qatnashgan bo`ladi. Bir 

bosh bo`lakli gaplar shaxsi ma‘lum gap, shaxsi umumlashgan gap, shaxsi topilmas 

gap, atov gap singari turlarga bo`linadi. Shaxsi ma‘lum gaplarda ega 

qo`llanilmaydi, biroq gapning kesimidan egani aniqlash mumkin bo`ladi. Bunday 

gapning kesimi ko`pincha I va II shaxsdagi fe‘l bilan ifodalanib, harakatni 

bajaruvchi shaxs (ega. ni) bevosita ko`rsatib turadi: Qayoqlarga kelib qoldim. 

(Men qayoqlarga kelib qoldim). Shaxsi noaniq gapning kesimi fe‘l bilan 

ifodalanib, harakat bajaruvchi shaxs aniq ko`rsatilmaydi. Bunday gaplarda fe‘l 

ko`pincha III shaxs shaklida va ba‘zan birgalik nisbatda ham bo`ladi: Ko`chatni 

ko`pincha bahorda ekadilar. Uni o`qishga yuborishdi. Shaxsi umumlashgan 

gaplarning kesimi ko`pincha II shaxs birlik shaklida kelsa ham, gapning mazmuni 

ko`pchilikka qaratilgan bo`ladi: Olim bo`lsang, olam seniki. Maqollar shu turdagi 

gaplarga kiradi. Shaxsi topilmas (shaxssiz) gaplarda harakatni bajaruvchi shaxsni 

aniqlab bo`lmaydi. Chunki bunday gaplarda harakatni bajaruvchi umuman 

qatnashmaydi. Kesimning quyidagi shakllarda ifodalanishi ham bunga imkon 

bermaydi: Ravishdosh + bo`lmoq fe‘li: 

  

Bu sirni sizga aytib bo`lmaydi. Shart mayli + bo`lmoq fe‘li: Bu kitobni 



o`qisa bo`ladi. Harakat nomi + kerak, zarur, darkor, mumkin so`zlari: Ishni o`z 

vaqtida bajarish kerak. Atov gap biror narsa yoki voqeaning nutq so`zlanib turgan 

paytda mavjudligini ko`rsatib turgan gapdir. Ular ot yoki otlashgan so`zlar bilan 

ifodalanadi. Atov gapdan keyin uning mazmunini izohlovchi gap kelishi shart: 

  

Tong. Yulduzlar yotog`iga jo`nagan payt. 5-sinflar uchun jami 204 soat 



ajratilib, ulardan 46 soati Sintaksis va Punktuatsiya mavzusi uchun ajratilgan va 

quyidagi mavzularga ajratilgan: Sintaksis va Punktuatsiya, gap, gapda so`zlarning 

bog`lanishi, so`z birikmasi, gaplarning ifoda maqsadga ko`ra turlari, darak gap, 

so`roq gaplar, so`roq olmoshi yordamida ifodalangan so`roq gaplar, buyruq gap, 

istak gap, his-hayajon gap, gap bo`laklari, ega, kesim; - Sodda yig`iq va sodda 

yoyiq gaplar sodda yig`iq gaplarni ko`p bo`lakli gaplarga aylantirish, ega haqida 

hulosa chiqarish - Hol va uning ifodalanishi. Ularni qachon?, qanday?, qaerda?, 

qanday qilib? Kabi so`roqlarga javob bo`ladigan so`zlar bilan kengaytirish, ega + 




hol + kesim qolipli gaplar turish berilgan so`roqlarga javob bo`ladigan so`zlar 

tanlab, yoyiq gaplar hosil qilish, hol haqida xulosa chiqarish: - To`ldiruvchi va 

uning ifodalanishi ular kimni? Nimani? Kimga? Nimaga? Kim bilan? Nima bilan? 

kabi so`roqlarga javob bo`ladi. So`zlar bilan kengaytirish ―ega + to`ldiruvchi + 

kesim‖ larga javob bo`ladigan so`zlar asosida yoyiq gaplar turish, to`ldiruvchi 

haqida xulosa chiqarish: - Aniqlovchi va uning ifodalanishi so`roqlarga javob 

bo`ladigan so`zlar tanlab gaplarni kengaytirish, aniqlovchili so`z birikmalari 

ro`yxatini mustaqil davom ettirish matnni o`qib, ajratilgan so`zlarni ular 

bog`langan so`zlar bilan birga ko`chirish, kuzatish va tahlillar asosida xulosa 

chiqarish, sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi. Shuningdek 6-7-sinflarda 

asosan Morfologiya bo`limi haqida ma‘lumotlar berilib, 8-sinflarda esa Sodda gap 

sintaksisi sarlavhasi ostida 20 soat dars ushbu dars uchun ajratilgan ular 

quyidagilardan iborat: - Sodda gaplar haqida umumiy ma‘lumot - Gapning 

bo`laklarga ajratish: kesim va uning ifodalanishi - Fe‘l kesim va ot kesim - Sodda 

kesim va murakkab kesim - Murakkab ot kesimlarning tuzilishi - Kesimlarning 

birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi - Ot kesim va ega orasida tirening 

qo`llanishi - Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari - Ega va uning ifodalanishi - 

Egali va egasiz gaplar - Egasi yashiringan gaplar - Egasiz gaplar shaxsi noma‘lum 

gap - Atov gap - So`z – gaplar - Yoyiq atov va so`z gaplar 9-sinflarda esa qo`shma 

gaplar haqida ma‘lumotlar olinadi. Akademik litseylarda iqtidorli bolalar ta‘lim 

olishlarini, ular bu bilim yurtida o`z ixtisosliklari bo`yicha oliy o`quv yurtiga kirish 

uchun zamin hozirlashlarini e‘tiborga olib, induktiv asosida nazariy bilimlarni 

o`zlashtirish tavsiyalari DTSda beriladi. Dasturni tuzishda Fransiya, AQSh, 

Germaniya, Turkiya, Yaponiya singari ilg`or mamlakatlarning o`qitish tizimida 

amalda bo`lgan dastur va darsliklarningyaxshi jihatlaridan unumli foydalaniladi. 

  

Xorij tajribasidan kelib chiqqan holda, dasturda o`quvchilarning mustaqil 



fikrlashga o`rgatishga katta o`rin ajratilib, unda til va tafakkur uzviyligiga amal 

qilinadi. ―Grammatika, grammatika uchun emas, grammatika amaliyot uchun 

tamoyiliga asoslandi. O`lkashunoslik materiallari, testlar, rasmlar, rebuslar 

vahokazolar foydalaniladi. Audio-video, kompyuter texnikasi har-bir darsning 

o`zagini tashkil qiluvchi o`qituvchi darsning yagona ―Xo`jayini‖ emas, uning 

mexanizmini harakatga keltiruvchi muloqot markaziga aylanadi. Shu ma‘noda 

akademik litseylarda ―Hozirgi o`zbek adabiy tili‖ ni o`qitishda har bir darsni 

tubandagi tizim asosida qurish lozimligi o`quv dasturlariga ajratilgan ya‘ni nazariy 

(IV) hamda amaliyot (A) ostida tegishli materiallar beriladi. - Akademik litseylarda 

sodda gap sintaksisni o`rganish asosan 2- va 3- guruhda beriladi. 2- bosqichda 

so`zlarning tuzilishiga ko`ra turlari ostida 4 soat dars ajratilgan va ular quyidagilar: 

- So`zlarning tuzilishiga ko`ra turlari - Qo`shma so`zlar bilan sodda so`z 

sinonimiyasi - Qo`shma so`zlarning so`z birikmalaridan farqi -Juft va takroriy 

so`zlar so`z takrorida qismlarning turli shakllarda bo`lishi - Qisqartma so`zlar va 

ularning uslubiy xususiyatlari 3-bosqichda esa nutqda gap bo`laklarining o`rni 

ostida 16 soat vaqt ajratilgan va ular quyidagilar: - Kesimlarning uslubiyati - Fe‘l 




kesim va ot kesim - Eganing uslubiy xususiyatlari - Egali va egasiz gaplar - 

Kesimning ega bilan moslashuvi - To`ldiruvchilar uslubiyati - Vositali 

to`ldiruvchilar - Hollarning uslubiy xususiyatlari - Aniqlovchi, qaratqich niqlovchi 

uslubiyat - Izohlovchi, sifatlovchi aniqlovchilar. Umuman olganda zamonaviy 

o`qitish bugunning asosini tashkil qilmoqda. Sh.Yusupovaning bu haqidagi fikrlari 

o`rinlidir: Zamonaviy o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsad o`quvchilarga faqat 

bilim: ko`nikma, malaka berishdan iborat bo`lmasdan, o`quvchilarni tabiiy 

sharoitga yaqinlashtirishdan iboratdir. Yangi darsda vujudga keladigan muammoli 

vaziyatlarni o`zlarida mavjud bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar orqali hal 

qilinsa, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatishdan iboratdir. Shundagina 

o`quvchi darsda faol ishtirok etuvchi sub‘ektga aylanishi, erkin fikrlay olishi va o`z 

fikrini aytishi va uni himoya qila olishi, tashabbuskor mustaqil bo`la olishi 

mumkin. Bu xususiyatlarning shakllanishi o`quvchining ruhiy holatiga ham ta‘sir 

etadi va noan‘anaviy ta‘lim natijasida o`quvchilarda o`ziga xos psixologik xarakter 

shakllana boradi: har qanday holatda o`z fikrini aytish, boshqalar fikrini 

muhokama qilish kabi xususiyatlar tarkib topa boradi. Interfaol usullarda o`quvchi 

sub‘ekti yetakchi sanaladi. Umuman olganda, interfaol usulda dars tashkil qilishda 

o`quvchi darsda faol ishtirok etadi va bilim beruvchi bo`lishi mumkin. Keyingi 

yillarda ―zamonaviy texnologiya‖, ―interfaol usullar‖, ―noan‘anaviy metod, 

usullar‖, ―interfaol metod‖ kabi atamalar ostida ona tili o`qitish xususidagi ilmiy 

tadqiqotlar, maqolalar, axborot va tezislar berilmoqdaki, bu ishlarning barchasida 

darsning ma‘lum tipi yoki bosqichlarida dars samaradorligini oshiruvchi usullardan 

farqli bo`lgan usul va yo`l ko`rsatilmoqda. 

  

Dars ta‘lim berish maqsadiga yo`naltirilgan o`qitish jarayoni bo`lib, u ta‘lim 



olib borish maqsadiga ko`ra ma‘lum talablarga javob berishi kerak. Har bir dars 

uchun talab qilinishi lozim bo`lgan narsa shuki, doimo bir xil shakl va metodlarda 

dars o`ta berish o`quvchilarning darsga qiziqishini susaytiradi, ularni ruhiy 

toliqtiradi, shuning natijasida shu o`qituvchining darslarida zerikish paydo bo`ladi. 

Darsni interfaol usullarda tashkil etishda esa o`qituvchi ham, o`quvchi ham o`z 

ustida ishlaydi, masalaga ijodiy yondashishga harakat qiladi. Interfaol usullar 

darsni tashkil etish va o`tishda an‘anaviy usullardan farqlanuvchi holatni bildiradi 

va u o`quvchilarni ijodiylik sari yetaklaydi. Umuman olganda, o`qituvchining 

ta‘limga ijodiy, samarador yondashishini hamda mashg`ulotlarni o`zgacha olib 

berishini ta‘limni interfaol usulda olib borish, desa bo`ladi. «Sintaksis va 

punktuatsiya» bo'yicha qo'llanadigan nutqiy mashqlar Ona tili darslarida asosiy 

e'tibor o'quvchilarning nutqini o'stirish, ularda ijodiy tafakkurni va o'z fikrini 

og'zaki va yozma tarzda savodli ifodalash ko'nikmalarini shakllantirishga 

qaratiladi. Tilning «Sintaksis va punktuatsiya» bo'limi ustida ishlashda ham 

yuqoridagi maqsadlarni ko'zda tutish zarur. Bunda o'quvchilarda fikrni so'z 

birikmasi, jumla hamda bir-biri bilan bog'liq jumlalardan iborat mikromatn (abzas) 

yoki matn tarzida ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish lozim. Ushbu maqolada 

5-sinf o'quvchilarida ana shunday ko'nikmalarni shakllantirishda qo'llanadigan 




nutqiy mashqlar tizimi haqida so'z yuritamiz. Ma'lumki, so'z birikmalarini 

tuzishda, mazmunga monand so'zlarni kelishik qo'shimchalari yoki ko'makchilar 

bilan qo'llash qoidalarini bilish va ularni amalda qo'llashni o'rgatish zarur. Nutqda 

ko'p hollarda ma'noga ko'ra bir fikrni ifodalashda ham kelishik qo'shimchalari, ham 

ko'makchili birikmalarini qo'llash mumkin. Masalan: kitob olishga keldik -kitob 

olish uchun keldik; ko'chaga chiqib ketdi - ko'cha tomonga ketdi; bu qiz ukamdan 

katta - bu qiz ukamga qaraganda kattaroq va hokazo. Ma'no jihatdan muqobil 

bo'lgan so'z birikmalarining har biri o'ziga xos ma'no nozikliklariga ega bo'lishi 

mumkin. Shunday ekan, o'quvchilarda har bir so'z birikmasining ma'no qirralarini 

tushunib olish ko'nikmalarini shakllantirish uchun quyidagi topshiriqli mashqlarni 

tavsiya etish maqsadga muvofiqdir:  

  

1. Berilgan kelishik qo'shimchali so'z birikmalarinh ko'makchili muqobillari 



bilan taqqoslang va har biri birikmaning ma'nosini izohlang.  

  

2. Berilgan kelishik qo'shimchali birikmalarni ko'makchili birikmalar bilan 



almashtiring. 3. Nuqtalar o'rniga kerakli qo'shimcha yoki ko'makchilarni qo'yib, 

so'z birikmalarini to'ldiring va har birining ma'nosini izohlang. Fikrni gap tarzida 

ifodalash, ya'ni gap tuzish awalambor gapda so'z yoki so'z birikmalari shaklida 

qo'llangan gap bo'Iaklarini to'g'ri joylashtirishga o'rgatishdan boshlanadi. Bu ishni 

berilgan tayyor matndagi darak gaplarni tahlil qilib, savollar asosida ulardagi gap 

bo'laklarining o'rnini aniqlashdan boshlagan ma'qul. Masalan, darslikdagi 114-

mashqda berilgan «Bir kuni boqqa shamol kirib, gullarni tomosha qila boshlabdi» 

degan gapda har bir so'z yoki so'z birikmasiga beriladigan savollar (qachon? 

qayerga? nima? nima qildi?); «unga gullar juda yoqibdi» (kimga? nima? nima 

qilibdi?); «gullar undan qo'rqishmabdi» (nimalar? kimdan? nima qilibdi?) asosida 

gap bo'iaklarining o'rni aniqlanadi. Tahlillar natijasida gap bo'laklarining o'rni 

haqida quyidagicha xulosa qilinadi: vaqt holi -> o'rin-payt holi -» aniqlovchi — » 

ega -> to'ldiruvchi -» kesim. Gap bo'laklarining yuqoridagicha tartibini o'quvchilar 

quyidagi misollar tahlili natijasida ham ko'rishlan mumkin; Yaqin kunlarda 

yurtimizda Mustaqilligimizning 20 yilligi keng nishonlanadi. Bu bayramda turli 

mamlakatlardan kelgan mehmonlar ham qatnashadilar. Keyingi mashqlar 

o'quvchilarda ana shu tartibga asoslanib, gap tuzish ko'nikmalarini shakllantirishga 

qaratiladi. Masalan, 38-betdagi 115-mashqda o'quvchilar berilgan so'zlarni joy-

joyiga qo'yib, kerakli shaklda gap tuzadilar. Gap tuzishda undagi mantiqiy urg'uga 

qarab gap bo'laklarining tartibi o'zgarishi mumkin: jumladan, gap mazmuniga 

qarab, mantiqiy urg'u tushadigan gap bo'lagi gap oxirida turadigan kesimning 

oldiga qo'yiladi. Masalan: «Yaqinda kinoteatrda do'stlarim ayni shu filmni ko'rgan 

ekanlar» degan gapdagi bo'laklarning tartibini turli mantiqiy urg'u berilishiga qarab 

quyidagicha o'zgartirish mumkin: - Kinoteatrda do'stlarim ayni shu filmni yaqinda 

ko'rgan ekanlar. - Yaqinda do'stlarim ayni shu filmni kinoteatrda ko'rgan ekanlar. 

  

Har bir misoldagi mantiqiy urg'uga qarab gapdagi fikr maqsadi o'zgarishi 



kuzatiladi. O'quvchilarga mantiqiy urg'u berishni savollar asosida gap tuzish 

mashqlari orqali o'rgatish mumkin. Masalan, yuqoridagi gaplarning turli 




variantlarini tuzish uchun quyidagi savollar beriladi: - Yaqinda do'stlaring 

kinoteatrda qaysi filmni ko'rgan ekanlar? - Do'stlaring kinoteatrda ayni shu filmni 

qachon ko'rgan ekanlar? - Yaqinda ayni shu filmni kinoteatrda kim ko'rgan ekan? 

O'quvchilarda gap (jumla) tuzish ko'nikmalarini shakllantirishda yana quyidagi 

topshiriqii mashqiarni qo'llash maqsadga muvofiqdir:  

  

1. Berilgan so'zlar yordamida kerakli qo'shimcha va ko'makchilarni qo'llab, 



gaplar tuzing.  

  

2. Berilgan savollarga javob bo'lgan gaplarni tuzing.  



  

3. Berilgan gapni davom ettiring. | 

  

4. Nuqtalar o'rniga gapning boshini yozing.  



  

Tuzilgan jumlalar yordamida fikrni mikromatn (abzas) tarzida ifodalashni 

o'rgatishda ham quyidagi qoidalarga rioya qilish kerakligi uqtiriladi:  

  

1. Voqea-hodisalarning vaqtga nisbatan ketma-ketligiga rioya qilish 



(masalan, avval eshik ochiladi, keyin uyga kiriladi, so'ngra, joy-joyiga o'tiriladi).  

   


2. Mantiqiy izchillikka rioya qilish (masalan, bolaning o'yinchog'ini o'rtog'i 

tortib oldi. Shuning uchun u yig'lay boshladi. Ammo xona eshigi yopiq bo'lgani 

uchun uning yig'isini kattalar eshitmadi va xonaga kirmadi. 

  

Bu misolda bola harakati va harakat sababi o'rnini o'zgartirib bo'lmaydi).  



  

3. Jumlalarni bir-biriga bog'lash vositalari (bog'lovchi olmosh, kirish so'zlar 

kabilarjni fikr maqsadiga ko'ra to'g'ri tanlash. O'quvchilarda yuqoridagi qoidalarni 

o'zlashtirib, ularni qo'llagan holda mikromatn tuzish ko'nikmalarini shakllantirish 

uchun bu qoidalarning har biriga rioya qilish bo'yicha muayyan mashqiar o'tkazish 

zarur. Bu mashqiar tizimi har bir qoidani tayyor matnda kuzatib tahlil qilishdar 

boshlab to qoidani qo'llagan holda mustaqil ravishda mikromatn tuzish topshiriqli 

mashqlaridan iborat bo'lishi maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarda matn tuzish, 

aniqrog'i fikrni matn tarzida ifodalash ko'nikmalarini shakllantirishda esa 

mikromatn (abzas)lararo izchillikka rioya qilinishi hamda matnning har bir tarkibiy 

qismi (kirish, asosiy qism va xulosa) kabilarning xususiyatlari va ularda 

qo'llanadigan bog'lovchi vositalar haqida ham bilim berish va amaliy mashqiar 

o'tkazish kerak bo'ladi. Fikrimizcha, amaldagi darsliklarning qayta nashrlariga 

yuqoridagi kabi topshiriqli nutqiy mashqiar kiritilsa, fikrni mustaqil ravishda matn 

tarzida ifodalash ko'nikma va malakalarini shakllantirish osonlashadi. 

 

2-§. Sodda gap sintaksisini o`rganishning samarador metodlari 



  

Amalda qo`llanayotgan dasturga binoan so`roq gap 8-sinfda o`rganiladi. 

Mazkur mavzuning o`qitilishiga oid bir qancha ilmiy-uslubiy ishlar e‘lon qilingan 

bo`lib, ularda, asosan, o`quvchilar darslikdagi mantiqlarni bajariщda so`roq gaplar 

tarkibidagi so`roqni bildiradigan so`zlarni aniqlash, so`roq gaplarni ifodali o`qish, 

matndan so`roq gaplarni topib, so`roq belgisini qo`yib ko`chirish, so`roq gaplar 

tuzish kabi ish turlari haqida fikr yuritilgan, xolos. Vaholanki, so`roq gap mavzusi 

o`rganilayotganda, albatta, uning ma‘no turlari haqida ham ma‘lumot berish kerak, 

chunki an‘anaviy tilshunoslikda so`roq gap ikki turga, ya‘ni sof so`roq gap va 



ritorik(nisbiy) so`roq gaplarga ajratiladi. Shunday ekan, o`qituvchi bunday  intaktik 

qurilmalarning turlarini o`rgatishda ularning o`xshash va farqli xususiyatlarini 

tushuntiripsh lozim. Avvalambor o`qituvchi sof so`roq gap ritorik so`roq gaplar 

bilan bir xil vositalar (so`roq olmoshlari, so`roq yuklamalari, so`roq oxangi) 

yordamida hosil bo`lishini ta‘kiddaydi. Bu o`rinda bir xil tuzilshpga ega bo`lgan 

gapning ikki xil vazifada qo`llanilishini tushuntirib, quyidagi misollardagi kabi 

gaplarning ikki xil ohangda o`qilishi ko`rsatiladi: Kim yolg‘on gapiribdi?Kim 

ishonibdi? Qayoqqa olib boribdi? Darslikda "So`roq gapda so`zlovchi o`zi bayon 

qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga undaydi, shu fikrni tasdiqlash yoki 

inkor etishni talab qiladi", deyilgan. Lekin bu ta‘rif so`roq gapning faqat sof so`roq 

turiga berilishi ko`rsatilmagan. Shuning uchun o`qituvchi, an‘anaviy tilshuoslikka 

asoslangan holda, bunday ta‘rif faqat sof so`roq gapga taalluqli ekanini ta‘kidlasa 

maqsadga muvofiq bo`ladi. Darslikda ritorik so`roq gap haqidagi ma‘lumot 

eslatma tarzida berilgan bo`lib, "Javob talab qilmaydigan so`roq gaplarda 

ifodalangan fikr so`roq shaklida tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi", deyilgan, xolost, 

  

Bu o`rinda o`qituvchi so`roq shaklidagi gapda anglashiladigan yashirin 



tasdiq yoki inkor mazmunlarining sabablarini yoritib berishi zarur. Yuqorida 

aytilgan fikrlardan anglashiladiki, o`quvchyalarda sof so`roq gap hamda ritorik 

so`roq gaplarga ajratish ko`nikmasini hosil qilish bilan birga, so`roq gaplar 

mazmuniy tuzilishining murakkabligiga, ya‘ni shaklan so`roq gap bo`lgan sodda 

gap tuzilishidagi jumlaning ichki tuzilishidan anglashiladigan yashirin mazmun 

haqida ma‘lumot berish lozim. Toki o`quvchilar ikki turdagi so`roq, gapning shakli 

va mazmuni o`rtasidagi muvofiqlik hamda nomuvofiqlikni qiynalmay farqlaydigan 

bo`lsinlar. Ma‘lumki, tilda shakl va mazmun nomuganosibligi (asimmetriyasi, 

asimmetrik dualizmi) mavjuddir. Nutq birligi bo`lgan so`roq gapda ham 

shakliymazmuniy nomuvofiqlik bo`ladi. O`qituvchi faqat darslikdagi so`roq 

gaplarga oid bu ma‘lumotlar bilan chegaralanib qolmasdan, ularning shakli va 

mazmuni o`rtasida tasdiq-inkor, so`roq-darak, so`roq-buyruq, sodda-murakkablik, 

butun va qism munosabatlariga ko`ra nomuvofiq bo`lishini misollar yordamida 

tushuntirishi lozim. Masalan: Qayoqqa olib boribdi? jumlasi umumnutq vaziyatita 

ko`ra sof so`roq gap hamda ritorik sof so`roq gap vazifalarida qo`llanishi mumkin. 

So`zlovchining maqsadi harakat yo`nalgan o`rinni anikdashga qaratilsa, albatta, 

tinglovchidan javob talab etiladi va sof so`roq gap bo`lib keladi. Gap tuzilishidan 

"Hech joyga olib bormadi" darak-inkor axborot anglashilsa, bu gap ritorik so`roq 

gap tarzida qo`llanadi. Demak, Qayoqqa olib boribdi? so`roq gapidagi axborotning 

biri ochiq, ikkinchisi esa yashirin tarzda ifodalangan. Bunday yashirin 

mazmunning anglanishiga sabab sintaktik qurilma tarkibidagi qayoqqa 

olmoshining presuppozitsiya ishorasi va mazkur olmoshning maxsus ohang bilan 

aytilishidir. Qayoqqa olib boryabdi? jumlasi bilan uning ichki tuzilishidan 

anglashilgan Hech joyga olib bormadi sintaktik birligi tasdiq-inkor, so`roq-darak 

hamda sodda-murakkablik belgilariga ko`ra nomuvofiq. Shakliy-mazmunni 

nomuvofiq bo`lgan Qayoqqa olib boribdi? jumlasida so`zlovchining boshlang`ich 




maqsadi hech joyga olib borilmaganligini bayon etish bo`lsa, so`nggi maqsadi esa 

so`zlovchiga nisbatan norozilikni ifodalaщdir. Mazkur so`roq gap va uning ichki 

tuzilishidan anglashilgan. Hech joyga olib bormadi darak-inkor xarakteridagi 

gaplar semantik munosabatga kirishib bir paradigmani hosil qiladi. Qayoqqa olib 

boribdi? da darak-inkor axborotining hamda norozilik ma‘nosining yashirin 

ifodalanishi mavjud bo`lib, Hech joyga olib bormadi gapida darak-inkor 

xarakteridagi axborot mavjud bo`lsa-da, unda norozilik ma‘nosi ifodalanmaydi. 

Bundan anglashiladiki, Qayoqqa olib boribdi? va Hech joyga olib bormadi tagshari 

mazmuniy jihatdan shu belgisiga ko`ra farqlanadi. Demak, dars jarayonida so`roq 

gaplarning ichki tuzilishidan anglashiladigan yashirin axborot haqida ham 

ma‘lumot berish kerak. Bu o`rinda yuqorida tahlil etilganidek, so`roq gap bilan 

uning ichki tuzilishidan anglashiladigan yashirin axborot (mazmun)lar 

taqqoslanishi kerak, Ritorik so`roq gaplarning kesimi fe‘lning qaysi shakli bilan 

ifodalashaniga e‘tibor qaratiladi. Jumladan, ritorik so`roq gapda kesim ko`pincha 

bo`lishsiz shaklda bo`lishi, lekin tasdiqni bildirishi, bo`lishli shaklda bo`lsa ham 

inkorni bildirishi shakl va mazmun o`rtasida nomuvofiqlikni keltirib chiqaruvchi 

belgi ekanligi ta‘kidlanadi. Xulosa qilib aytganda, o`qituvchi so`roq gaplar haqida 

ma‘lumot berganda uning ma‘no turlari, ularni hosil etuvchi vositalar hamda 

so`roq gaplarda shakl va mazmun o`rtasida tasdiq-inkor, so`roq-darak, so`roq-

buyruk, sodda-murakkablik, butun va qism belgilariga ko`ra nomuvofiqlik bo`lishi 

haqida ma‘lumot bersa, o`quvchilarimiz hozirgi kun tilshunosligimizning muhim 

masalalaridan ham xabardor bo`lar edilar. 

  

O`rta maktabda o`zbek tili o`qitishni yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar 



talablariga muvofiq, takomillashtirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shunga 

ko`ra, chuqur va asosli bilim berishga imkoniyat yaratuvchi samarali metodologik 

mezonlarni belgilash va ularni amalga tatbiq etish har qachongidan ham muhimroq 

vazifa sanaladi. Hozirgi o`zbek tilshunosligida umumiy metodologiya sifatida 

umumiy tizim (sistema) nazariyasi, xususiy metodologiya sifatida esa lisoniy (tilga 

xos) va nutqiy jihatlarni farqlash mezonlari qo`llanilmoqda. Mazkur mezonlarni 

o`qitish jarayonida ham e‘tiborga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Sodda 

gaplarning undalma, kirish va undovli shakl o`zgarishlarini izohlashga 

kirishmasdan oldin, avvalo, ularning gapdagi umumiy mavqei masalasiga oydinlik 

kiritish lozim bo`ladi. Ananaviy tilshunoslikda mazkur hodisalarning gap 

tuzilishiga munosabati masalasnda ikki xil nuqtai nazar xukm suradi. Umumiy va 

rus, shuningdek, o`zbek tilshunosligiga doir ko`pgina adabiyotlarda ular gap, gap 

bo`laklari bilan grammatik bog`lanmaydigan hodisalar sifatida talqin etiladi. 

    


Boshqa bir turkum adabiyotlarda esa ularni gap va uning bo`laklari bilan 

grammatik bog`lanadigan mementlar sifatida talqin etishga intilishlar ham 

kuzatiladi. Tilshunoslikda bu muammoli munozara hanuzgacha o`z yechimini 

topgan emas. Gap konstruksiyalariga tizim sifatida yondashish, shuningdek, 

ularning lisoniy va nutqiy jihatlarini izchil farqlash muammoning yangicha 



yechimini berishi mumkin. Bunga ko`ra, gapning lisoniy jihati, andozasi uning 

faqat ob‘ektiv axborot tashuvchi qismi (ega, kesim, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol 

asosida shakllanuvchi qismi) doirasida belgilanadi. Gapda ishtirok etadigan 

sub‘ektiv maqomdagi barcha elementlar, xususan, undalma, kirish va undovlar 

ham ob‘ekti axborot tashuvchi qismning yuzalanishida hamroh bo`luvchi nutqiy 

elementlar sifatida tushuniladi. Bunda undalma, kirish, undovlar gapning lisoniy 

emas, nutqiy strukturasida amal qiluvchi elementlar sifatida talqin etiladi. O`z-

o`zidan ayonki, bunday talqinda ularga lisoniy maqomdagi elemetlar bo`lgan gap 

bo`laklari bilan bir sathda amal qiluvchi hodisa deb qaralmaydi. Ularning lisoniy 

struktura, andoza bilan munosabati mohiyatan bevosita munosabat bo`lmay, balki 

nutqiy jihatning yaxlit lisoniy jihatga bo`ladigan munosabatidan iborat bo`ladi. Shu 

sababli ham ularni lisoniy elementlar -gap bo`laklari bilan bir mavqega qo`yish 

yoki ular orasida grammatik aloqa o`rnatishga intilish o`rinsizdir. Sodda gaplar 

nutqda undalmalar bilan o`zgarib, nugqiy paradigmatik shakl o`zgarishlar tizimini 

paydo qiladi. Taqqoslang: "Ega-kesim" andozali sodda gapning nutqiy 

o`zgarishlari - Podshohi olam, biz musofirmiz (ertakdan); Odamlar, biz 

musofirmiz; Og‘a, biz musofirmiz kabilar. Mazkur shakl o`zgarishlar tizimida 

lisoniy jihat, yangi andoza o`z turg`unligini saqlamoqda, nutqiy jihat esa, ya‘ni 

undalmaning ko`rinishlari o`zgarmoqda. Sodda gaplarda undalmali shakl 

o`zgarishlarning bir necha xildagi ko`rinishlari voqe bo`ladi. Ularning asosiylari 

quyidagilar:  

  

1. Undalmaning ifoda materialiga ko`ra yuzaga keluvchi shakl o`zgarshplar 



tizimi. Masalan, "hol-kesim" andozali sodda gaplarning shakl o`zgarishlari: Bola, 

ko‘zingni yumib ichaver (ertakdan) - ot undalmali nutqiy shakl; Sen ko‘zingni 

yumib ichaver- olmosh undalmali nutqiy shakl; dod ko‘zingni yumib ichaver - 

undov undalmali nutqiy shakl.  

  

2. Undalmaning tarkibiy tuzilishiga ko`ra yuzaga keluvchi shakl o`zgarishlar 



tizimi. Masalan, "Ega-to`ldiruvchi - kesim" andozali sodda gaplarning sodda 

undalmali nutqiy shakli – Podshohim, qulingiz qulchilikka keldp (ertakdan); 

murakkab undalmali nutqiy shakli - Podshohi olam, sultoni bokaram, qulingiz 

qulchilikka keldi (Ertakdan).  

  

3. Undalmaning o`rniga ko`ra yuzaga keluvchi shakl o`zgarishlar tizimi. 



Masalan, "to`ldiruvchi-to`ldiruvchi-kesim" andozali sodda gapning oldingi 

o`rindagi undalmali nutqiy shakli: Bolam, meni ishdan qoldirma (ertakdan); o`rta 

o`rindagi nutqiy shakli: Meni, bolam, ishdan qoldirma; oxirgi o`rindagi undalmali 

nutqiy shakli - Meni ishdan qoldirma, bolam. Sodda gaplar kirishlar bilan ham 

o`zgarib, nutqiy paradigmatik shakl o`zgarishlar tizimini yuzaga keltiradi. Bunda 

ham lisoniy turg`un jihat, ya‘ni qolip, andoza mohiyatan o`zgarmaydi, uning 

nutqiy jihati tizim hosil qilib o`zgaradi. Solishtiring: O‘zim olib boraman (O. 

Muxtorov) sodda gapning nutqiy paradigmatik shakl o`zgarishlar tizimi: Rost, 

o‘zim olib boraman; Birinchidan, o‘zim olib boraman; Afsus, o‘zim olib boraman; 

Esiz, o‘zim olib boraman va boshqalar. Kishilar, odatda, so`zlovchi (sub‘ekt)ning 




o`zi ifoda etayotgan gap mundarijasidagi axborotga xususiy, ya‘ni sub‘ektiv,  odal 

munosabatini ifoda etadi. Sodda gaplarning kirishli nutqiy  aradigmatikasida ana 

shu sub‘ektiv modal munosabatlar, ma‘nolar turli ko`rinishlarda tovlanib yuzaga 

chiqadi. Shunga ko`ra, sodda gaplarning kirishli nutqiy paradigmatik shakl  

o`zgarishlar tizimiga ma‘noviy jihatdan yondashilsa, ularni nutqiy maqomdagi 

sub‘ektiv modal maydoni sifatida aniqlash ham mumkin. Kirishlarni ifoda 

materiali, tarkibi va mavqei asosida sodda gaplardagi kirishli nutqiy paradigmatik 

shakl o`zgarishlar tizimining quyidagi ko`rinishlari bilan belgilash o`rinli:  

  

1. Kirishlarning ifoda materialiga ko‘ra yuzaga keluvchi shakl o‘zgarishlar 



tizimi. Bunday shakl o`zgarishlar tizimi sodda gaplardagi kirganlarning kelib 

chiqish jihatdan qaysi turkumga mansubligi asosida yuzaga keladi: taqqoslang: 

Men podshohman ("O`zbek xalq ertaklari") sodda gapning kirishlarning ifoda 

materialiga ko`ra farqlanuvchi nutqiy paradigmatik shakl o`zgarishlar tizimi: Har 

holda, men podshohman (ot tipidagi kirishli shakl); Sizningcha, men podshohman 

(olmosh tipidagi kirishli shakl); Birinchidan, men podshohman (son tipidagi 

kirishli shakl); Albatta, men. Podshohlar (ravish tipidagi kirishli shakl); Kechirasiz, 

men podshohman (fe‘l tipidagi kirishli shakl).  

  

2. Kirishlarning tarkibiga ko‘ra yuzaga keluvchi shakl o‘zgarishlar tizimi!. 



Bunday tizim kirishlarning tarkibiy tuzilishini o`ziga xosliklariga ko`ra yuzaga 

keladi. Shunga ko`ra, odatdagi kirishli nutqiy shakl va bog`li kengaygan kirishli 

nutqiy shakl farqlanadi. Odatdagi kiritish nutqiy shaklda kirish bir so`zdan iborat 

bo`ladi. Bog`li kengaygan kirishli nutqiy shaklda esa u kirish so`zlar 

qo`shilmasidan tarkib topadi. Taqqoslang: Men boraman (O`zbek xalq 

ertaklaridan) sodda gapining kirish tarkibiga ko`ra farqlanuvchi nutqiy 

paradigmatik shakl o`zgarishlar tizimi: Albatta, deya boradigan holatda kirishi 

nutqiy shakl); Uning kirishida, men boraman (bog`li kengaygan kirishi nutqiy 

shakl).  

  

3. Kirishlarning galdagi o‘rni, mavqeiga ko‘ra yuzaga keluvchi shakl 



o‘zgarishlar tizimi. Kirishlar oldingi, o`rta va oxirgi o`rinlarda joylashishi mumkin. 

Shunga ko`ra kirishli konstruksiyalar iutqiy paradigmatik tizim hosil qiladi. Yana 

taqqoslaymiz: Ajabo, bu qanday sir? ("O`zbek xalq ertaklari"dan) - oldingi 

o`rindagi kirishli nutqiy shakl; Bu, ajabo, qanday sir?'-o`rta o`rindagi kirishish 

nutqiy shakl; Bu qanday sir, ajabo? - oxirgi o`rindagi kirishli nutqiy shakl. Kirishdi 

sodda gaplar o`zlarining nutqiy ma‘no jihatlariga ko`ra ham shu xildagi 

paradigmatik tizimlarni voqe etaveradi. Sodda gaplar undovlar yordamida ham 

nutqiy paradigmatik shakl o`zgarishlar tizimini hosil qiladi. Undov so`zlar nutqda 

o`zi mustaqil holda (bir tarkibli gap sifatida) ham, mustaqil bo`lmagan holda ham 

qo`llanishi mumkin. Undovlarning mustaqil bo`lmagan holda qo`llanishi, 

deyilganda ularning gap konstruksiyasi doirasida unda ifodalanayotgan mazmunga 

so`zlovchining sub‘ektiv emotsional munosabatini ifodalash maqsadidagi 

qo`llanishlari tushuniladi. Bunday qo`llanishlar rang-barang bo`lib, mohiyatan, gap 

konstruksiyalaridagi turg`un jihat - andozaning undov so`zli nutqiy shakl 




o`zgarishlari maqomini kasb etadi. Bunda emotsional undovlar deb yuritilguvchi 

undovlar (a, ax, o, ox, oxxo. obbo, e, ey, exde, i, ie, ul, uxxu, xm, be, tuf, voy, 

Xax., ura) bilan qo`llanishlar, ayniqsa, muntazamligi bilan boshqa turdagi 

yuzalanishlardan farqlanib turadi. Masalan, "Aniqlovchi - ega - kesim" andozali 

sodda gapning undov so`zli nutkiy paradigmatik shakl o`zgarishlar tizimi, 

taxminan, quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin. Nutqda qo`llanayotgan 

undovlarning tarkibiy tuzilishi va gapda egallagan o`rniga ko`ra sodda gaplar 

undovli nutqiy paradigmatik shakl o`zgarishlarining quyidagi ko`rinishlari uchrashi 

mumkin:  

  

1. Gapda qatnashayotgan undovlarning tarkibiy tuzilishi asosida sodda gap 



nutqiy shakllarining sodda, takroriy, juft undovli nutkiy variatli shakllari mavjud. 

Jumladan: Ko‘larni unutmoq. mumkinmi? (Oybek) konstruksiyasining nutqiy 

shakl o`zgarishlari: O, bularni unutmoq mumkinmi? (sodda undovli nugqiy shakl) 

Xayxay-xay, bularni unutmoq mumkinmi? (takroriy undovli nutkiy shakl); Voy-

buy, bularni unutmoq mumkinmi? (juft undovli nutqiy shakl).  

  

2. Gapda o`rinlashuv xususiyatiga ko`ra sodda gaplarning oldingi o‘rindosh 



va oxirgi o‘rindan undovli nutqiy shakllari farq qiladi (Izoh: undalmali, kirishli 

nugqiy shakllardan farqli o`laroq, undovli nugqiy shakllarda o`rta urinish nutqiy 

shakl mavjud emas. Undovlarning, ayrim hollardagina uchramasa, konstrukti 

o`rtasida qo`llanishi deyarli kuzatilmaydi). Taqqoslang: Hirot yana to‘lqnnlandi 

(Oybek) sodda gapining nutqiy shakl o`zgarishlari: O. Hirot yana gulkiradi (oldingi 

o`rindagi undovli nutqiy shakl); Yuqoridagilardan tashqari, sodda gaplarning 

nutqiy paradigmatik shakl o`zgarishlari salom, ha, yo‘q bajaradigan vazifasiga 

ko`ra undovlarga tenglashuvchi so`zlar yordamida yuzaga chiqishi mumkin. 

  

Undalma, kirish, undov kabi elementlarni olishi natijasida sodda gaplarda 



lisoniy strukturaga asoslanuvchi ustkurma maqomdagi nutqiy struktura 

shakllanadi. O`QITISH jarayonida sodda gaplarning mana shu ikki struktura, 

jihatning qarama-qarshiligi va birligida voqe bo`luvchi tizim (sistema) sifatida 

yuzaga chiqishi har doim o`qituvchi diqqat markazida bo`lmog`i lozim. Umuman, 

grammatik hodisalarni tizim sifatida o`qitish muhim ahamiyatga molik bo`lib, u 

o`qitilayotgan hodisani chuqur va asosli o`rganish imkoniyatini yuzaga keltiradi, 

eng asosiysi, o`quvchilarda narsa, predmetlarga tizimli tuzilma sifatida yondashish 

malakalarini,  boshqacha aytganda, sistem tafakkur malakalarini shakllantirishga 

yordam beradi.  

 

 




Download 395,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish