O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 395,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi395,73 Kb.
#260928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

ham miyaning o‘z faoliyatini to‘xtatmasligi (qaratqichli birikma). 

Bosh gap 

Ergash gap 

  

Hosil qilingan transformani bosh gap tarkibidagi ega bo‘lak - shunisi ning 



o‘rniga bosh kelishik shaklida qo‘yamiz, sodda gaplarni bog‘lovchi vosita -ki 

tashlanadi hamda quyidagi sodda gapshakl hosil bo‘ladi: Uyquda ham miyaning 



o‘z faoliyatini to‘xtatmasligi qiziq. Bu gapda ega ergash gap birikmali holatda 

murakkab ega vazifasini bajaradi va sodda gap tahlilida bir bo‘lak deb qaraladi. 



  

Shu narsa aniqki, tarixni yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida 

kип kechiradi gapining transformatsiya qilinishida ham yuqoridagi kabi 

o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Shu narsa aniqki gapi bosh gap, tarixni yaxshi 



bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida kип kechiradi qismi ergash gap 

hisoblanadi. Bosh gapning egasi - shu narsa mavhum, umumiy tushunchani 

ifodalamoqda. Ergash gap tarkibidagi zamon yasovchisi harakat nomi (otdosh) 

yasovchisi - ish ga almashtiriladi, III shaxs-birlik ma’nosini bildiruvchi tuslovchi 

mos ravishda III shaxs-birlik ma’nosini ifodalovchi nisbatlovchisiga (egalik 

qo‘shimchasiga) almashtiriladi. Ega ham o‘z navbatida qaratqich kelishigi shakliga 

ega bo‘ladi. Shu tarzda ergash gap o‘z gaplik xususiyatini yo‘qotib, birikmaga 

aylanadi: tarixni yaxshi bilmagan odamning oxir-oqibatda qul sifatida kип 



kechirishi (qaratqichli birikma). 

  

Hosil bo‘lgan transformani bosh gap tarkibidagi ega bo‘lak - shu narsa 



o‘rniga qo‘yamiz, bog‘lovchi vosita -ki tashlanadi va natijada ega ergash gap sodda 

gapga transformatsiyalanadi (aylanadi): Tarixni yaxshi bilmagan odamning 



oxiroqibatda qul sifatida kип kechirishi aniq. 

  

Ega ergash gapli qo‘shma gaplarni transformatsiyalash jarayonida ergash 



gapning kesimi hozirgi zamon fe’li bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin. Bu holatda 

zamon qo‘shimchasi unga mos ravishda hozirgi zamon sifatdoshiga almashtiriladi, 




boshqa o‘zgarishlar yuqoridagi gaplarda bo‘lgan o‘zgarishlar kabi bo‘ladi. Shunisi 

muhimki, biz bugun kitob o‘qiyapmiz. Bu qo‘shma gapda shunisi muhimki qismi 

bosh gap, biz bugun kitob o‘qiyapmiz qismi ergash gap sanaladi. Ushbu gapni 

transformatsiya qilish uchun ergash gap kesimi tarkibidagi hozirgi zamon 

yasovchisi hozirgi zamon sifatdosh yasovchisi -yotgan shakliga, tuslovchi (I shaxs, 

ko‘plik shakli) – miz mos ravishda nisbatlovchiga (egalik affiksiga) – imiz ga 

almashtiriladi va ega (biz) ga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi qo‘shiladi. Natijada 

ergash gapdan quyidagi transforma vujudga keladi: bizning kitob o‘qiyotganimiz. 

  

Hosil bo‘lgan transformani bosh gap tarkibidagi eganing o‘rniga qo‘yamiz 



hamda ergash gap va bosh gapni bog'lovchi vosita -ki tashlanadi. Quyidagi sodda 

gap vujudga keladi: Bizning kitob о'qiyotganimiz muhim. 

  

Ba’zan transformaga -lik shakl yasovchisi qo‘shilib ishlatilishi ham 



kuzatiladi. U holda gap quyidagicha shaklda bo‘ladi: Bizning kitob 

o‘qiyotganligimiz muhim. 

  

Biz yuqorida ko‘rgan misollarning hammasida bosh gapning egasi aniq 



ko‘rinib turibdi, ya’ni shaklan ifodalangan. Lekin har doim ham bosh gap 

tarkibidagi ega bo‘lak shaklan ifodalanavermasligi mumkin. U holda bosh gap 

tarkibidagi ega bo‘lak shaklan ifodalanmasa ham, mazmunan borligini hisobga 

olish zarur. Shuning uchun ham eganing mazmunan ifodalanganligidan foydalanib 

egani shaklan tiklab olamiz. Keyin yuqoridagi gaplarni transformatsiya 

qilganimizdek bu gapni ham parchalaymiz (transformatsiyalaymiz). Bizga ayonki, 



vatanini sevmagan odam boshqa hech narsani seva olmaydi. Bu gap ham ega 

ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi. Bu qo‘shma gap tarkibidagi bizga ayonki 

qismi bosh gap, vatanini sevmagan odam boshqa hech narsani seva olmaydi qismi 

ergash gap hisoblanadi. Yuqorida aytganimizdek, bosh gap tarkibidagi ega shaklan 

ifodalanmagan. Biz dastlab egani tiklab olishimiz zarur. Mazmunan bir havola 

bo‘lakli qo‘shma gap bo‘lganligi uchun ham –shunisi ko‘rsatish olmoshini 

kiritishimiz mumkin. Natijada bizga shunisi ayonki shaklidagi gap hosil bo‘ladi. 

  

Keyingi qiladigan ishimiz ergash gap tarkibida sintaktik o‘zgarishlarni 



amalga oshirishdir. Ergash gap kesimi tarkibidagi zamon hosil qiluvchi 

qo‘shimchasi kesim bo‘lishsizlik ma’nosini anglatayotgani uchun ham harakat 

nomining bo‘lishsizlik shakli -maslik ka almashtiriladi va tuslovchi nisbatlovchiga 

almashtiriladi. Kesimga nisbatlovchi shakli qo‘shilganligi uchun ega ham qaratqich 

kelishigi shaklini oladi. Chunki gap tarkibidagi ega va kesim bo‘lak doimo 

moslashuv yo‘li bilan bog‘langanligi uchun ega ham kesimga mos ravishda 

qaratqich kelishigini olishi shart. Bosh va ergash gapni o‘zaro bog‘lovchi vosita -ki 

ham tashlanadi. Demak, ergash gap tarkibidagi tashlangan qismlar – zamon, 

tuslovchi, bo‘lishsizlik shakllari hamda bosh gap tarkibidan tashlangan -ki 

bog‘lovchi vositalari transformant hisoblansa, sintaktik bo‘lakni shakllantirish 

uchun orttirilgan harakat nomi (otdosh shakli), nisbatlovchi (egalik shakli), 

qaratqich kelishigi shakllari transformator hisoblanadi. Mana shu jarayonlar 

natijasida hosil qilingan birlikka transforma deyiladi: vatanini sevmagan odamning 



boshqa hech narsani seva olmasligi. 

  

Hosil qilingan transformani bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga 



qo‘yamiz. Shu tarzda qo‘shma gap sodda gapga aylantiriladi: Bizga vatanini 

sevmagan odamning boshqa hech narsani seva olmasligi ayon tarzida. Xulosa 

qilib aytganda, ega ergash gapli qo‘shma gaplar sodda gapga transformatsiya 

qilinadi hamda qo‘shma gapda ifodalangan asosiy fikrga putur yetmaydi. 

  

Faqatgina qo‘shma gap orqali ifodalangan uslubiy ma’no yo‘qoladi. 



Qo‘shma gaplar ko‘proq kitobiy uslubga xos bo‘lib, so‘zlashuv nutqida ishlatilishi 

chegaralangan. Sodda gaplar esa uslubiy betaraf (neytral), ya’ni ma’lum uslub 

doirasida chegaralanmagan. 


Download 395,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish