2-§. Sodda gap. Ikki bosh bo`lakli gap.
Bitta grammatik asosdan tashkil topgan gaplarga sodda gap deyiladi. bitta
sodda gap orqali bitta tugallangan fikr ifodalanadi.
Sodda va qo’shma gaplar grammatik asoslar miqdoriga ko’ra farqlanadi.
Bitta grammatik asosdan tashkil topgan gap sodda gap, ikki va undan ortiq
grammatik asosdan tashkil topgan gap qo’shma gap deyiladi.
Sodda gaplarni tuzilishiga ko’ra tasnif qilishda quyidagilarga asoslaniladi:
1. Grammatik asosning tarkibi yoki yoki bosh bo’laklaming miqdori
2. Ikkinchi darajali bo’laklaming ishtiroki;
3. Sodda gaplaming turli semantik-sintaktik bo’laklar, hodisalar bilan
murakkablashishi yoki murakkablashmasligi;
4. Zarur bo’laklarning ifodalanishi yoki ifodalanmasligi;
5. Gap bo’laklariga ajralishi yoki ajralmasligi
Predikativmarkazning tarkibiga yoki bosh bo’laklaming miqdoriga ko’ra
sodda gaplar ikkiga bo’linadi:
1. Ikki bosh bo’lakli gap;
2. Bir bosh bo’lakli gap.
Egasi ham, kesimi ham mavjud bo’lgan sodda gaplar ikki bosh bo’lakli
sodda gaplar hisoblanadi: Binafshalar ochildi. Bunda ikkinchi darajali bo’laklar
qatnashishi ham, qatnashmasligi ham mumkin: Binafshalar qulf urib ochildi.
Predikativ yadrosi bitta bo’lgan gaplar bir bosh bo’lakli gaplar deyiladi.
Bunda ega yoki kesimdan bittasi qatnashadi, ikkinchisi qatnashmaydi:
Kutubxonaga boraman -ega qatnashmagan. Kech kuz. -kesim qatnashmagan.
Ikkiinchi darajali bo’laklaming ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra sodda
gaplar sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplarga bo’linadi. Faqat bosh bo’laklar
qatnashgan, ikkinchi darajali bo’laklar qatnashmagan sodda gaplar yig’iq sodda
gaplar deyiladi: Biz o’qiymiz. Bosh bo’laklardan tashqari, ikkinchi darajali
bo’laklar ham qatnashgan sodda gaplar yoyiq sodda gaplar deyiladi: Biz har kuni
o’qiymiz.
Sodda gaplar undalmalar, kitish so’zlar, kirihs birikmalar, kirsh gaplar bilan ,
ajratilgan bo’laklar bilan kelsa, bunday sodda gaplar murakkablashgan sodda
gaplar deyiladi: Menimcha, har bir kishi o’z burchiuni yaxshi anglashi kerak.
Zarur bolaklaming ifodalanishi yoki ifodalanmasligiga ko’ra sodda gaplar
to’liq vu to’liqsiz gaplarga bo’linadi.
Gap bo’laklariga ajralish yoki ajralmasligiga ko’ra sodda gaplar sodda
gaplar va Bo’z-gaplarga bo’linadi.
Tobe aloqada muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik
shakl gap bo’lagi sanaladi. Muayyan so’z shaklining boshqa so’z shakliga nisbatan
holati uning vaziyati sanaladi. Ba’zan ayni bir so’zshakl turli xil sintaktik
vaziyatda turli xil gap bo’lagi vazifasida kelishi mumkin.: Men -talaba. Talaba -
men.
Gap bo’laklarining sintaktik qurilmani tashkil etishdagi roli bir xil emas.
Ayrim bo’laklar gap qurilishida markaziy o’rinni egallaydi. Bu bo’laklar gap
qurilishidan chiqarib tashlansa, gap shakliy tomondan ham, mazmun tomondan
ham o’z xususiyatni yo’qotadi. Ayrim gap bo’laklari esa gap qurilishida yetakchi
rol o’ynamaydi. Ular gap (|urilishida ishtirok etib, gapning axborot hajmini
kengaytiradi. Shunga muvofiq, gap bo’laklari bosh bo’laklar va ikkinchi darajali
bo’laklarga bo’linadi.
Gapning tuzilish asosini ega va kesim munosabati tashkil etadi.Odatda, gap
ega va kesim birikuvidan yoki bosh bo’lakning bir o’zidan iborat bo’ladi. Bu
bo’lkalarsiz gap tushunchasini tasavvur etib bo’lmaydi.
Gapdagi bu ikki bosh bo’laklardan tashqari bo’laklar ikkinchi darajali
bo’laklardir.
Ikkinchi darajali bo’laklar doim bosh bo’laklar bilan sintaktik aloqaga
kirishgan bo’ladi. Chunki, ikkinchi darajali bo’laklaming vazifasi bosh bo’laklami
aniqlash, ulardan anglashilgan fikmi to’ldirib kelishdir. Ikkinchi darajali bo’laklar
bosh bo’laklar hilan zieh bog’langan bo’lib,gapning strukturasiga shular orqali
kiradi, bu bo’laklaming har biri ega yoki kesimning mazmunini to’latish uchun
xizmat qiladi. Ikkinchi darajali bo’laklar to’ldiruvchi, aniqlovchi va holdir.
Gap gap bo’laklari tuzilishigako’ra turli shakllarda bo’ladi. Bit mustaqil
so’zdan iborat bo’ladi: Ertaga Toshkentga boraman; ikki va undan ortiq mustaqil
so’zning birikishidan tashkil topgan bo’ladi: Navoiy, bir qo’lini ko’ksiga qo’ygan
holda, xalq bilan salomlashib borardi.
Bu gapda bir qo’lini ko’ksiga qo’ygan holda birikmasi bitta gap bo’lagi -hol
vazifasini bajarmoqda bo’laklaribilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan ifodalar
ham bor.
Bular gapga mazmun jihatdan bog’lansa ham, grammatik jihatdan
bog’lanmaydi.
Shuning uchun ular gap bo’lagi sifatida ajratilmaydi. Bunday ifodalar nutqda
gap bo’laklaridan pauza bilan ajralib turadi. Bular tilshunoslikda kirish, undalma
va iritma qurilmalar deb yuritiladi.
Gap bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydigan semantik-sintaktik
birliklar gap bo’laklaridan pauza bilan ajralib turadi. Ular yozma nutqda vergul,
og’zaki nutqda maxsus ohang orqali boshqa gap bo’laklaridan ajratiladi.
Undalma, kirish so’z, kirish birikma, kirish gap kabiiar boshqa gap
bo’laklari bilan mazmunan aloqada bo’ladi, ularni tushirib qoldirish, yoki boshqasi
bilan almashtirish gapning mazmuniga ta’sir ko’rsatadi,
Gap bo’laklari ma’no-vazifasiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1. bosh bo’laklar;
2.Ikkinchi darajali bo’laklar.
Gap bo’laklarini belgilashda quyidagilarga asoslaniladi:
1. So’zlaming leksik-semantik xususiyati;
2. Gap bo’laklarining o’zaro sintaktik aloqaga kirishish usullari.
3. Gap bo’laklarini o’zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar;
4. Sintaktik aloqaga kirishgah komponentlaming grammatik shakli;
5. Sintaktik aloqaga kirishuvchi komponentlaming bir-biriga nisbati.
Gap bo’laklarining leksik-semantik xususiyatlariga ko’ra turlarini quyidagi
jadvalda ifodalash mumkin:
Gap kesimining qo’shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son
ma’nosini aniqlashtiruvchi bo’lak -ega. Ega gapda hamma vaqt bosh kelishikda
bo’ladi. U kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladi.
Ega quyidagicha ifodalanadi:
1. Bosh kelishikdagi ot bilan:
Bektemir har vaqt turli qurollarga razm solardi.
2. Bosh kelishikdagi olmosh bilan:
Siz o’zbeklarning odatini qayoqdan bilasiz?
3. Harakat nomi bilan:
O’rgatish oson, o’rganish qiyin.
4. Otlashgan sifat bilan:
Yaxshi yetar murodga.
5. Otlashgan sifatdosh bilan:
O’qigan o’zar.
6. Otlashgan son bilan:
Uch ikkiga bo’linmaydi.
7. Otlashgan ravish bilan:
Ko’plar buni avval tushunmadi.
8. Otlashgan undov so’z bilan:
Uzoqdan ura eshitildi.
9. Shu payt guzar tomondan otning dupur-dupuri eshitildi.
10. Birikma bilan: Qishning kelgani endi sezildi.
11. hafsalasi pir bo’lgani ko’zidan bilinib turardi.
Ega shu gapdagi fikr o’zi haqida borayotgan, belgisi kesim tomonidan
imiqlanadigan predmetni ko’rsatadi. Egadan anglashiladigan predmet-hodisa
kommunikatsiya predmeti bo’lib, uning ma’nosi har xil:
1. Kesimdan anglasjilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi:
Bajaruvchi shaxs, jonli yoki jonsiz mavjudot bo’ladi. Nigora darsga o’z vaqtida
yetib keldi.
"Neksiya” shuvullagancha o’tib ketdi.
2. Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs, jonli mavjudot, jonsiz
narsalami liildiradi: O’rtada kitoblar sochilib yotibdi.
3. Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi: Delfin -baliq. Kaptar-
parranda.
4. Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Bozorboy -saxiy.
5. Mavjudlik subyektini bildiradi: Mehmonlar bor.
6. Miqdor subyektini bildiradi: Bolalar to’rtta.
7. Qiyoslanuvchi subyektni bildiradi: Ukasi akasidan esliroq.
8. Obyekt ma’nosini bildiradi:
Uy quruvchilar tomonidan qurildi.
Eganing qo’llanishida quyidagi.o’ziga xos holatlar mavjud:
Ega to’dadan ajratilgan qismni bildirganda, to’daning nomi ko’pincha chiqish
kelishigidagi so’z bo’ladi. Kesimni bildiruvchi so’z qollanmasa, bu vaqtda butun
nomi chiqish kelishigidagi so’z go’yo ega vazifasida qo’llangandek tuyuladi.
Masalan:
Bizning jamoada hamma millatdan bor. Bunda chiqish kelishigidagi so’zdan
keyin bosh kelishikdagi so’z qo’llansa, ega odatdagi holatda qo’llangan bo’ladi,
qo’llanmasa, bunday gap bir bosh bo’lakli gap bo’ladi.
Egalar kesim bilan yakka-yakka bog’lana olmaydi. faqat birikkan holadagina
hirikadi. Har ikkalasi bir butunlikda ega sanaladi. Salim bilan Karim borishdi.
Buning sababi kesimning jamlik, birgalik anglatishidir. Bu hodisa oddiq gaplarda
ham uchraydi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur butun dunyoga tanilgan
mashhur o’zbek shoirlaridir.
Biz ikkimiz keldik tipidagi gaplarda biz ikkimiz so’zlari ega sanaladi. Bular
asli qaratuvchi-qaralmish aloqasiga to’g’ri keladi. Ulaming ikkalasi keldi gapida
ham shunday holat mavjud.
Eganing ma’nosi, gapdagi sintaktik vazifasiga ko’ra xususiyatlarini quyidagi
jadvalda ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |