1.2. Personalni boshqarish fanining mohiyati, predmati va maqsadlari
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga oo'tishi xodimlarni boshqarish
tizimida bir qator vazifalarni amalga oshirilishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida korxona va tashkilotlarning o’z mavqelarini saqlab qolishi,ularning
raqobatbardoshligini ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
maqsadida xodimlarni boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar
ilmiy va amaliy usullarni to’gri tanlashni talab etadi.
Avvallari korxona va tashkilotlardagi kadrlarni boshqarish bo’yicha asosiy
tarkibiy bo’linma kadrlar bo’limi bo’lib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va
bo’shatish, shuningdek, o’qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi
vazifalar yuklanar edi. Shu sababli ham kadrlar bo’limi xodimlarni boshqarish va
ularga yetarli ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator
vazifalarni bajarmasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib
borayotgan hozirgi davrda xodimlarni boshqarish sohasida. «Kadrlar tayyolash milliy
dasturi»ga muvofiq bir qator talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari:
ijtimoiy psixologik diagnostika; guruhlarga o’zaro shaxsiy hamda rahbarlik
munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ishlab chiqarish hamda ijtimoiy
ixtiloflarni hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlarni boshqarish tizimini axborot
bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; yuqori lavozimlarga nomzodlarni
tanlash va baholash; kadrlar patensialini va xodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil
qilish;
kadrlar
boshqaruvi;
xizmat
martabasini
rejalashtirish
va
nazorat
qilish;xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat jarayonidagi
motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlarini tartibga
solish masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi va mehnat estetikasini
amalga oshirilishini kuzatish va shunga muvofiq choralar ko’rishdan iboratdir.
Shunga ko’ra kadrlar bo’limining ham bajradiga vazifalar doirasi kengayib, ayni
paytda kadrlar bo’limi tarkibiy jihatdan mehnatni tashkil etish va ish haqi bo’limlari,
mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi bo’limlari va shu kabi bo’limlar bilan
birgalikda xodimlarni boshqarish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat
bo’ladi.Yangi xizmatlarning vazifasi korxon va tashkilotlardagi kadrlar siyosatini
amalga oshirishdan, mehnat patinsialini boshqarish sohasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirishda iborat.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida ikkinchi darajali deb qaralgan bu
vazifalarga bozor munosabatlari sharoitida alohida e’tibor qaratib, ularning
bajarilishidan har bir korxona manfaatdordir.