Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda ham alohida
menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo
boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi.
Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq
insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv
funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir:
1. Insonlarga rahbarlik qilish (etakchilik).
2. Tahliliy ish. Bu hisob-kitob va tahliliy ishlar (personalga bo’lgan ehtiyojni
hisoblash, uning qiymatini aniqlash va tahlil etish, shtatlar jadvalini tuzish),
shuningdek, personalga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Personalni boshqarish vazifalar ko’lami va ular ijrosi muddatiga muvofiq
quyidagi uch darajada amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |