― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

Ayirboshlash funksiyasi. 

Bizning  iqtisodiyotimizdagi  mavjud  deyarli  barcha  bozor  iqtisodiyoti 

tamoyillarida  yuzaga  keladigan  operatsiyalarda  pul  naqd  pullar  yoki  cheklar 

ko‗rinishida  tovarlar  va  xizmatlar  to‗lovi  uchun  foydalanilib  ayirboshlash 

funksiyasini  namoyon  qiladi.  Pulning  ayirboshlash  vositasi  sifatida  foydalanilishi 

ayirboshlash  operatsiyalarida  vaqt  xarajatlarini  kamaytirib  iqtisodiyotning 

samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan shunday ekanligini tushunish uchun 

tovarlar  va  xizmatlar  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  boshqa  tovar  va  xizmatlarga 

ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni ko‗rib chiqamiz.  

Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya‘ni 

iqtisodiyot bo‗yicha ma‘ruza o‗qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter 

iqtisodiyotda  nafaqat  unga  mos  keladigan  maxsulotlar  ishlab  chiqaradigan  balki 

uning  iqtisodiyot  bo‗yicha  ma‘ruzalariga  qiziqadigan  ferma  topishiga  to‗g‗ri 

keladi.  Ko‗rinib  turibdiki,  Elen  faqatgina  uning  leksiyalariga  muhtoj  bo‗lgan 

odamlarga  ma‘ruza  o‗qiy  olishi  ko‗p  vaqt  va  kuch  talab  qiladi.  Bunday  holat 

ochlikdan  o‗lishiga  olib  kelishi  mumkinligi  bois  u  ma‘ruza  o‗qishni  to‗xtatib, 

fermerlik bilan shug‗ullanishiga to‗g‗ri keladi. 

Tovar va xizmatlarni ayirboshlashga sarflangan vaqt – operatsion xarajatlar 

hisoblanadi.  Barter  iqtisodiyotda  operatsion  xarajatlar  juda  yuqori  hisoblanib, 

odamlar ―xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ ni qondirishlariga to‗g‗ri 

kelib, ular zaruriy tovar va xizmatlarga ega va bir vaqtning o‗zida ushbu tovarlar 

va xizmatlarni ayirboshlashni xohlaydigan kishilarni topishi zarurdir. 

Elenning  iqtisodiyotida  pullar  paydo  bo‗lsa,  nimalar  sodir  bo‗lishini  ko‗rib 

chiqamiz.  Bunday  holatda  uning  ma‘ruzalari  uchun  pul  to‗laydigan  har  bir 

odamning  hisobini  yuritish  imkoniyatiga  ega  bo‗ladi.  Keyinchalik  u  har  qanday 

fermer  (supermarket)  ga  borishi  yoki  ma‘ruza  o‗qishi  natijasida  ishlab  topilgan 

pullarga zaruriy ist‘emol maxsulotlarini sotib olishi mumkin bo‗ladi. ―Xohish va 

istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ muammosi tugatilsa, Elen kuplab vaqtni tejashi 

orqali, o‗zining eng sevimli ishi hisoblangan dars berish  bilan shug‗ullanadi.   

Ko‗rib  chiqilgan  misoldan  ko‗rishimiz  mummkinki,  pullar  iqtisodiyotning 

samaradorligini  oshirib, tovarlar  va  xizmatlarni  ayirboshlashga  ketadigan  vaqtni 

tejash  imkonini  beradi.  Odamlarning  yuqori  malaka  to‗plash  orqali  ma‘lum 

ishlarga  ixtisoslashuvi  iqtisodiyotning samaradorligini  oshishiga  olib  keladi.  O‗z 

navbatida,  pul  –  iqtisodiyotning  muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanib,  o‗zining 

xususiyatiga  ko‗ra  moylovchi  material  sifatida  operatsion  xarajatlarni 

kamaytirish,  ishchi  kuchini  ixtisoslashuvi  va  taqsimlanishini  chuqurlashtirish 

xisobiga iqtisodiyotning ancha moslashuvchanligini oshiradi.  

Pulga  bo‗lgan  talab  shu  darajada  yuqoriki,  eng  primitiv  ko‗rinishidagi 

jamiyatdan tashqari xar qanday  jamiyat pulni o‗ylab topadi. Xar qanday tovar pul 

sifatida  samarali  ishlashi  uchun  bir  nechta  talablarga  javob  berishi  zarurdir: 


birinchidan,  osonlik  bilan  uning  qiymatini  aniqlash  uchun  standartlashgan 

bo‗lishi;  ikkinchidan,  umumqabul  qilingan  bo‗lishi;  uchinchidan,  qismlarga 

bo‗linishi;  to‗rtinchidan,  bir  joydan  ikkinchi  joyga  osonlik  bilan  ko‗chirilishi; 

beshinchidan,  tezda  parchalanib  ketmasligi  lozim.  Insoniyat  tarixida  ushbu 

talablarga  javob  beruvchi  pullar  sifatida  ko‗plab  noodatiy  shakllar,  ya‘ni 

amerikalik  xindular  tomonidan  foydalanilgan  marjonlardan  tortib  birinchi 

amerikalik kolonistlar tomonidan foydalanilgan tabaka va viskilar hamda ikkinchi 

jahon urushida harbiy asirlar uchun lagerlarda sigaretlargacha ishlatilgan. 

17

 

   Pulning turli shakllaridan  foydalanish  –  ishlab  chiqarish  vositalarining  va 

tilning rivojlanishi kabi insoniyat topqirligining yana bir belgisidir.  


Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish