Iboralar
Iboralar tuzilishiga ko’ra so’z birikmasiga, gapga teng, semantik
jihatdan bir butun, umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq jarayonida
yaratilmay, nutqqa tayyor holda kiritiladigan lug’aviy birlik
2
bo’lib,
voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko’zi o’ngida aniq va to’la
gavdalantirishda ularning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.Tilshunos olim
Mamatov fikricha, iboralar tilning alohida birligi bo’lib, tuzilishiga ko’ra erkin
bog’lanma yoki gapga teng, to’liq yoki qisman semantik qayta shakllangan
obrazli, turg’un so’z birikmalarini o’z ichiga oladi.
3
Iboralar hayotdagi voqea-
hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat-holatlarni
baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan
xulosalarning o’ziga xos obrazli ifodalaridir.
4
Umuman olganda, frazeologik
ma’noning hajmi leksik ma’noning hajmiga nisbatan keng va va murakkabligi
bilan ajralib turadi. So’z ma’nosida bo’lmagan, uchramagan komponentlar
ko’p frazeologizmlar ma’nosida mavjud bo’ladi.
5
Yozuvchilar odatda tasvir
maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo’llash bilangina kifoyalanib
qolmaydilar. Balki qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab
o’zgartiradi va qayta ishlaydi. Shu tarzda xalq iboralari sayqallanib, yangi
ma’no nozikliklari bilan to’yinib boradi. Xalq iboralarini qayta ishlashning
1
Nurmonov A., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili. (Akademik litseylarning 2-bosqich
talabalari uchun darslik). T.: “Sharq”, 2002y, 103b
2
Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. T.: “Fan”, 2002, 124b
3
Mamatov A. O’zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. DDA. – T.: 1999y, 11b
4
Yo’ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlilli asoslari. T.: “Fan”,2006,53 b
5
Vafoyeva M. O'zbek tilida frazelogik sinonimlar va ularning structural-semantik tahlili. Filol.fanlari
nomzodi…diss.avtoref. – T., 2009, 17b
28
usullari, ularga yangicha rang va tus, yangicha ma’no talqini berishning
yo’llari juda xilma-xildir. Bunga “umumtil iborasi zamiridagi ma’noning
yangicha talqinini ochish, iboraning leksik tarkibini o’zgartirish va uning
semantik-stilistik funksiyalarini kengaytirish, iboraga yangicha majoziy va
obrazli ma’nolar kiritish kabi usullarni kiritish mumkin”
1
Frazeologik
iboralarni qayta ishlashning turli usullari B.Yo’ldoshev tomonidan keng
o’rganilgan.
2
Tilshunoslikda
frazeologizmlarning
o’zgaruvchanlik
xususiyatlari “struktural o’zgarishlar”, “formal o’zgarishlar”, “frazeologik
transpozitsiya”, “leksik qayta shakllanish” kabi terminlar bilan atalgan.
Tilshunos olimlar Mamatov va Boltayevalar fikricha, frazemalar
transformatsiyasi termini frazemalardagi o’zgarishlarni to’liq qamrab oladi.
3
Qahramonlarning tashqi qiyofasi bilan birga, ma’naviy dunyosini ham,
psixologiyasini ham ishonarli va ta’sirli qilib tasvirlab berish maqsadida
yozuvchilar frazemalardan keng foydalanadilar. Ayni paytda, ular frazemalarni
qisman o’zgartirib qo’llaydilar yoki butunlay yangi individual-muallif
frazemalarini ham yaratadilar. Tadqiqotimiz jarayonida adib asarlarida
uchraydiga quyidagi frazeologik transformatsiya shakllarini uchratdik:
Frazema tarkibidagi muayyan so’zlarni almashtirish:
1.
Tilning rivojlanish bosqichida frazemalar tarkibidagi u yoki bu
komponent faol ifoda qiluvchi yangi leksemalarga almashtirilishi mumkin.
M.Vafoyeva fikricha, frazemalar tilda tayyor, yaxlit holda mavjudligi sababli,
bir qarashda ularning structural tartibi o’zgarmasdek tuyulsada, ammo
so’zlashuv nutqida, ayniqsa, badiiy asarlarda, publisistik nutqda oddiy
qo’llanishdan tashqari yozuvchining badiiy mahorati tufayli ma’lum tashqi
structural va ichki –semantik o’zgarishlarga uchraydi. Natijada yangi-yangi
ma’no nozikliklariga ega bo’ladi.
4
Masalan, Tolibjon “Luqmonov yolg’on-
Do'stlaringiz bilan baham: |