5
ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi. Har qanday milliy til kabi o’zbek tili ham o’zbek
millatini birlashtiruvchi, uning milliy ruhini ifodalovchi vositadir. Chunki
Respublika Prezidenti ta’kidlaganidek: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga,
avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu
millatning ruhidir. Ona tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo
bo’lishi muqarrar”
1
.
XX asr oxiri va XXI asr boshi o’zbek nasri (xususan, qissa va romanlari)
borasidagi kuzatilgan tadqiqotlarda ularga, asosan, adabiyotshunoslik nuqtai
nazaridan yondashilib, yozuvchining ijtimoiy-falsafiy qarashlari, qahramon va
ruhiyat muammosi, psixologik tasvir, bayon usuli va boshqalar haqida fikr
yuritiladi.
Bu davr asarlaridagi mualliflarning til imkoniyatlaridan foydalanish
masalasi yoki qissa va romanlarning lisoniy jihati deyarli yoritilmagan, aytish
mumkinki, nasriy asarlarning bu jihatiga endi-endi e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Karimov S.A. “O’zbek tilining badiiy uslubi”doktorlik dissertatsiyasi,
Yo’ldoshev M. “Cho’lpon badiiy til mahorati” nomzodlik ishi, Normurodov
R.U. “Shukur Xolmirzayev asarlarining til xususiyatlari” nomzodlik ishlarini
keltirish mumkin.
Ilgariroq badiiy asar poetikasiga nisbatan lisoniy yondashuvga harakat
H.H.Niyoziy, Cho’lpon, A.Qodiriy, Oybek, G’.G’ulom, A.Qahhor, Said Ahmad
kabi adiblar ijodiga nisbatan kuzatiladi.
Shomaqsudov A. “O’zbek adabiy
tilining rivojlanishida Hamza ijodining ahamiyati”, Shoabdurahmonov Sh.
“Oybek romanlarining tili va stili”, To’rabekova S. “G’afur G’ulom
poemalarining tili va stili haqida”, Samadov Q. “Oybek til mahoratining ba’zi
masalalari”, Turdialiyev B. “Hamza va o’zbek adabiy tili”, Aliyev A.Yu.
“Abdulla Qodiriy «Obid ketmon» qissasining ba’zi til xususiyatlari” , Yuldashev
B. “Yaz
ыk i stil proizvedeniy Saida Axmada” ishlarini sanab o’tish mumkin.
1
Karimov I. A. Adolat, Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug’. –Toshkent: O’zbekiston, 1998. –B.59.
6
So’nggi davr yozuvchilari nasriy asarlari xususidagi ilmiy tadqiqotlar
xarakteri, asosan, adabiy tahlil doirasida ekanligi va badiiy asar tilini lingvistik
jihatdan o’rganishga ehtiyoj ortganligi bois, keyingi paytda lingvopoetik tahlilga
e’tibor ancha kuchaydi. Bu borada qator ishlar ham amalga oshirildi. Xususan,
R.U.Normurodovning «Shukur Xolmirzayev asarlarining til xususiyatlari»
(2000),
M.Yo’ldoshevning
«Cho’lpon so’zining
sirlari» (2002),
G.Muhammadjonovaning
«80-yillar
oxiri
90-yillar
boshlari
o’zbek
she’riyatining
lingvopoetik
tadqiqi» (2003),
M.Muhiddinov
va
S.Karimovlarning
«G’afur
G’ulomning
poetik
mahorati» (2003),
D.Ne’matovaning «Cho’lpon publitsistikasining lingvistik xususiyatlari» (2004),
S.Boymirzayevaning «Oybek prozasining lingvostilistik tadqiqi» (2004) kabi
tadqiqotlarida Cho’lpon, Oybek, G’afur G’ulom kabi so’z ustalari ijodini
o’rganishga bag’ishlangan an’anaviy mavzular yoki she’riyat borasida
tadqiqotlar olib borilgan. Bular ichida Shukur Xolmirzayev ijodi tahliliga
bag’ishlangan tadqiqotdagina belgilangan davr nasrining o’ziga xos poetik
xususiyatlarini o’rganish maqsad qilib olingan. Bu borada muayyan ishlar
amalga oshirilganiga qaramay, ko’rsatilgan davrdagi ayrim yetuk ijodkorlar
asarlarining lisoniy jihatlari deyarli o’rganilmaganligi ishning dolzarbligini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: