8-§. Niderlandiya inqilobi
Niderlandiya haqida. XVI asrda Niderlandiya hozirgi
Belgiya, Lyuksemburg, Gollandiya hududlari hamda
Fransiyaning bir qismidan iborat b o ‘lgan. Antverpen
shahri (hozirgi Belgiyada) Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo
markazi, ayni paytda, jahon savdosining markazi ham edi.
Antverpen Niderlandiyani daryo orqali Germaniya va Fran
siya, dengiz orqali esa Angliya hamda Skandinaviya mam-
lakatlari bilan bog‘lar edi. Antverpen ko‘chalaridan har kuni
kamida 2 mingta savdo furgonlari (aravalari) o‘tgan. Turli
mamlakatlardan yuzlab kemalar shahar portiga kirib kelardi.
Bir so‘z bilan aytganda, Niderlandiya sanoati, savdosi, qishloq
xo‘jaligi rivojlangan boy mamlakat edi. Biroq u mustaqil
emasdi. Ispaniya uni o ‘z mulkiga aylantirgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |