rayotgan noroziligini to ‘xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan
zulmiga qarshi norozilik harakati tobora kuchaydi. Bu hara-
katda aholining keng qatlamlari — burjuaziya, hunarmandlar,
dehqonlar, savdogarlar va hatto zodagonlarning bir qismi
qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo‘zg‘olonga rahbarlik
qildi. 1566-yilda Ispaniya zulmiga qarshi kurash qo‘zg‘olonga
aylandi. Qo‘zg‘olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining
tayanchi bo ‘lgan cherkov va monastirlarni vayron qildilar.
Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi.
Do'stlaringiz bilan baham: