Jahon tarixi


Rossiya  podshosi  Ivan  IV



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/251
Sana31.12.2021
Hajmi3,83 Mb.
#255909
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   251
Bog'liq
[@e tarix] 8-sinf Jahon tarixi (2)

Rossiya  podshosi  Ivan  IV.  1547-yilda 
Rus  pravoslav  cherkovining  boshlig‘i 
mitropolit  Makariy  vafot  etgan  Buyuk 
knyaz  Vasiliy  III  ning  o‘g‘li  Ivan  IV  ga 
Rossiya  tarixida  birinchi  bor  podsholik 
tojini  kiydirdi.  Bu  voqea  katta  xalqaro 
aham iyatga  ega  b o ‘ldi.  C hunki,  Rus 
davlati hukmdorlari  bu  davrgacha  Buyuk 
knyaz  deb  atalib  kelingan.  Ivan  IV  ga 
podsholik  unvonining  berilishi  uni  G ‘ar- 
biy  Yevropa  davlatlari  qirollari  bilan  bir 
qatorga  qo‘ydi.  Ivan  IV ichki  siyosatining 
asosiy  vazifasi  dvoryanlar  tabaqasini  kuchaytirish  orqali 
boyarlar  mavqeyini  zaiflashtirishdan  iborat  edi.  Shu  maqsadda 
1549-yilda  Ivan  IV  birinchi  bor  erkin  aholi  turli  toifalari 
vakillarining  yig‘ilishini  —  Zemstvo  soborini  chaqirdi.
Ivan  IV  Zemstvo  soborida  boyarlar  hokimiyatini  keskin 
qoraladi.  Sobor  yangi  Sudebnik  tuzish  haqida  qaror  qabul 
qildi.  Unga  ko‘ra,  bundan  buyon  dvoryanlarni  ayblari  va
Ivan  IV .
27


nojo‘ya  qilmishlari  uchun  boyarlar  sudiga  berish  taqiqlandi. 
Dvoryanlardan  ming  nafariga  Moskva  uyezdidan  yer-mulk 
ajratib  beriladigan  bo‘ldi.  Davlat  lavozimlarini  faqat  zodagon 
naslidan  bodganlar  egallashi  tartibiga  ham  chek  qo‘yildi.
Boyarlarning  o ‘zlari  uchun  aholidan  yig‘adigan  soliqlar 
bekor  qilindi.  Joylarda  boyarlar  boshqaruvi  o‘rniga  Zemstvo 
(mahalliy  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari)  tuzildi.  Sudebnik 
krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga  o‘tishini 
yiliga  bir  kun  —  26-noyabr  bilan  cheklab  qo‘ydi.
Oprichnina.  Boyarlar hokimiyatiga  zarba  berish  maqsadida 
1565-yilda  Ivan  IV davlat  yerlaridan  katta  qismini  ajratib  oldi. 
Bu  yerlar  oprichnina  deb  ataldi.  Boyarlarning  yerlari  ham 
oprichninaga  qo‘shib  yuborila  boshlandi.  Oprichnina  podsho 
yerlari  deb  ham   atalib,  ularga  dvoryanlar  joylashtirildi. 
Oprichnina  yerlari  ularga  bo‘lib  berildi.  Endi  ular  dvoryan 
oprichniklar  deb  atala  boshlandi.  Binobarin,  oprichnina 
yerlarning  podsho  hokimiyatining tayanchi bo‘lgan  dvoryanlar 
foydasiga  qayta taqsimlanishi  ham  edi.  Ivan  IV bundan buyon 
boyarlarni  Boyarlar  dumasisiz  o‘zi  sud  qilishini  va  o ‘zi  jazo 
belgilashini  e ’lon  qildi.  Davlat  yerlarining  oprichninaga 
tortilmagan  qismiga  katta  miqdorda  soliq  joriy  etdi.  Oprich­
nina  o‘z  qo‘shiniga  ega  bo‘ldi.  U  podshoning  o ‘z  raqiblarini 
jazolash  quroliga  aylantirildi.
Mamlakatda  shafqatsiz  terror,  qatl  va  surgun  davri  bosh­
landi.  Shuning uchun  Ivan  IV «Grozniy»  («Dahshatli»,  «Qo‘r- 
qinchli»)  laqabi  bilan  ataldi.
Oprichnina  — podsho  hokimiyati  dushmanlarini  zo ‘rlik  va 
terror  vositalari  bilan  bostirishga  urinish  siyosati  edi.
Oprichnina boyarlar va  feodal tarqoqlik  qoldiqlariga  kuchli 
zarba  berdi.  Ayni  paytda,  oprichnina  mamlakat  xo‘jaligiga 
katta  talafot  yetkazdi.  Nafaqat  boyarlar,  o‘n  minglab  oddiy 
odamlar  ham  qurbon  bo‘ldi.  Bu  esa  jamiyatning  turli  qat- 
lamlarida  oprichninadan  norozilikni  kuchaytirdi.  Natijada 
Ivan  IV  1572-yilda  oprichninani bekor  qilishga  majbur bo‘ldi. 
Biroq  mamlakatda  terror,  ayovsiz  qatl  davom  etaverdi.  Kre- 
postnoylik  tartiblari  yanada  kuchaydi.

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish