7-§. XVI—XVII asrlarda Rossiya
Rus yerlarini birlashtirishning tugallanishi. Siz VII sinf
«Jahon tarixi» darsligidan Moskva knyazligi yetakchiligida
Rus yerlarining
Oltin 0 ‘rdaga qaramligiga 1480-yilda
barham berilganligini bilib olgan edingiz.
Mustaqillikdan so‘ng ham Moskva knyazligi rahbarligida
Rus yerlarini birlashtirish jarayoni davom ettirildi. 1485-yildan
boshlab Moskva knyazi Ivan III butun Rus hukmdori unvonini
qabul qildi. Bu davlat bora-bora Rossiya deb ataladigan bo‘ldi.
Nihoyat, 1520-yilda Rus yerlarini birlashtirish, asosan, ni-
hoyasiga yetkazildi. Markazlashgan Rossiya davlatining tashkil
topishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |