N sh. Abdullayev, M. Z. Komilov, Q. X. Majidov, D. S. Murodov


  Missellani filtrlash va qizdirish



Download 17,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/177
Sana31.12.2021
Hajmi17,26 Mb.
#255712
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   177
Bog'liq
osimlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi

6.9.  Missellani filtrlash va qizdirish
Moy saqlovchi xomashyodan ekstraksiyalab olingan mis-
sella o‘z tarkibida yengil uchuvchan erituvchi, moy va kunjara 
quyqalarining muallaq holda aralashib, suspenziya holatida tur-
gan аralashmadan iborat.
Missellani ishlashdan maqsad, uning tarkibidagi qattiq modda 
zarrachalaridan ajratib uni moy va erituvchiga ajratishdir. Qattiq 
modda zarrachalari filtrlash orqali ajratiladi.
Yengil bug‘lanuvchan komponent erituvchi bug‘ holatiga 
o‘tkazilib, bug‘lanmaydigan moydan ajratiladi. Bu jarayon yog‘-
moy sanoatida distillatsiya deb aytiladi.
Distillatsiya vaqtida erituvchi moydan imkon qadar past haro-
ratda va qisqa vaqt oralig‘ida ajratilishi kerak. Erituvchining bu-
tunlay ajralganligi ekstraksiyalab olingan moyni alangalanish ha-
roratini aniqlash orqali nazorat qilinadi.
Missella tarkibidan erituvchini ajratishda quyidagi usullardan 
foydalaniladi:
●  bug‘ yordamida ajratish;


258
● o‘tkir suv bug‘i yordamida atmosfera bosimida yoki vaku-
umda ajratish.
Ekstraktirdan chiqayotgan missella benzinda erigan moy, eri-
tuvchi, rang beruvchi moddalar, fosfatidlar, suv, moy kislotalari
muallaq holdagi shrot zarrachalaridan iborat.
Missella tarkibidagi aralashmalar uchta guruhga: haqiqiy 
 
eritma hosil qiluvchi, kalloid eritma va muallaq zarrachalarga 
bo‘linadi.
Turli guruhdagi yog‘lar: erkin yog‘ kislotalar, moyda eruv-
chi vitaminlar, rang beruvchi moddalar haqiqiy eritma, missel-
la tarkibidagi qattiq zarrachalar esa kolloid eritma hosil qiladi. 
Bu kolloid moddalar distillatsiya vaqtida issiqlik ta‘siriga uch-
rab, moyning sifatini pasaytiradi, distillatsiyalаsh qurilmasining 
qizdiriladigan yuzalariga quyqa bo‘lib yopishib qoladi va issiq-
likning o‘tishini qiyinlashtiradi.
Missella tarkibida 0,1% dan 1,0% gacha qattiq holatdagi 
zarrachalar bo‘ladi. Suspenziyalar tarkibiga kiruvchi moddalar-
ning hajmi bir xil: 100 mkm dan 0,1 mkm gacha bo‘lganligi 
uchun kolloid eritma bilan suspenziya chegarasidagi qattiq mod-
dalar o‘rtasida Broun harakati sodir bo‘ladi, shu sababli quyqa 
o‘z vazni ta‘sirida cho‘kmaydi. Emulsiya esa bir-biri bilan ara-
lasha olmaydigan suyuqliklardan tashkil topgani uchun bir-biri-
dan ajralib, og‘irrog‘i pastki, yengilrog‘i yuqori qavatga chiqib 
qoladi. Missellani bu aralashmalardan tozalash kerak, aks holda 
bu aralashmalar distillatsialash jarayonida issiqlik ta‘siriga uch rab 
moyning sifatini pasaytiradi, distillatorning qizdiriladigan yu-
zalarida quyqa bo‘lib qotib qoladi. Moyning kislota soni ortadi, 
moyning rangi quyuqlashib qora-qo‘ng‘ir tusga kiradi. Missella 
tarkibida sirti aktiv moddalar bo‘lganligi sababli distillatsiyalash 
vaqtida missella ko‘pik hosil qiladi.
Missella tarkibidagi erigan moddalar distillatsiyalash vaqti-
da missella tarkibidagi qattiq zarrachalar bilan o‘zaro ta‘sirlashib 
murakkab birikmalar hosil qiladi, bu birikmalar moyda o‘ziga 
xos hidni hosil qiladi, rangini quyuqlashtiradi va mazasini 
o‘zgartiradi. Shu sababdan ham yuqori sifatli ekstraksiyalangan 
moy olish uchun missellani distillatsialashdan oldin uni tarkibi-
dagi erigan va erimagan aralash moddalardan tozalash kerak.


259
Missella tarkibida 0,02% gacha qoldiq qolguncha tindirish, 
sentrifugalash va filtrlash usullari yordamida tozalanadi.
Missella tarkibidagi qattiq zarrachalarni ajratishda tindirish 
usuli, alohida jarayon sifatida ishlatilmaydi, lekin bu jarayon eks-
traksiyalash qurilmalarining ichida ketadi. Shnekli ND–1250M 
ekstraktorida, missellani bir qism tindirish yordamida tozalash, 
ekstraktorning dekantatorida amalga oshiriladi. Bundan tashqari 
missellani yig‘ish sig‘imlarida missella tinishi natijasida bir qism 
aralashmalardan tozalanadi.
Markazdan qochma kuch ta‘sirida sentrofugalashda missellani 
tozalash hali sanoat miqyosida qo‘llanilgan emas. Bu usulni sa-
noatda qo‘llash ustida tajriba ishlari olib borilmoqda.
Filtrlash usulida missellani tozalash, keng tarqalgan usul 
hisob lanadi va ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelinmoqda.
Missellani filtrlash bu missellaga erimagan qattiq aralashma-
larni vakuumda yoki bosim ostida filtr to‘siqdan o‘tkazib, filtr 
yuzasida saqlab qolib ajratish jarayoni.
Filtrlashning 3 turi mavjud:
a)  filtrlash to‘sig‘ida cho‘kma hosil qilib filtrlash;
b) 
quyuqlashtirilgan filtrlash, bunda ajralayotgan qattiq 
zarrachalar cho‘kma holida emas, balki yuqori konsentratsiyali 
suspenziya holatida bo‘ladi;
d)  tiniqlashtirib filtrlash, bunda filtrlangan suyuqlik tarkibida 
kam miqdorda quyiqa qoladi.
Ekstraksiyalash usulida moy ishlab chiqarishda, missellani 
 
filtrlashda, filtrlashning birinchi turidan foydalaniladi.
Missellani to‘siqda cho‘kma hosil qilib filtrlashda, missella 
tarkibidagi eng kichik qattiq zarrachalar, filtrlanishning bosh-
lanishida, filtr to‘siq tirqishlaridan o‘tadi, lekin vaqt o‘tishi bilan 
tirqishlarga zarrachalarning tiqilib qolishi natijasida, filtr to‘siq 
sirtida filtrlovchi qatlam hosil bo‘ladi va buning natijasida filtr-
dan toza missella o‘tadi. Shunday qilib hosil bo‘lgan cho‘kma 
qavat, asosiy filtrlash vazifasini bajaradi. Bunda filrlanish tez-
ligi har bir vaqt ichida bosimlar farqiga to‘g‘ri proporsional, 
missella qovushqoqligi va hosil bo‘lgan cho‘kma qatlamining 
qalinligiga teskari proporsonal bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan filtrlash 
to‘sig‘idan hosil bo‘lgan cho‘kmalarni olish orqali gidravlik qar-


260
shilik kamaytirib turiladi. Filtratsiya doimiy o‘zgarmas bosim-
da, doimiy tezlikda yoki o‘zgaruvchan bosim va tezlikda amal-
ga oshiriladi.
Missellani filtrlash o‘zgaruvchan bosim va o‘zgaruvchan tez-
likda amalga oshiriladi. Filtrlovchi to‘siq sifatida paxta tolasidan 
tayyorlangan brezent, kapron, metall setka va boshqalardan tay-
yorlangan materiallardan foydalaniladi. Missellani filtrlashda 
ramali filtr-press, patronli filtr, rotor diskali va diskali filtrlash 
quril malari  ishlatiladi.
Missellani patronli filtrlash, qurilmasida filtrlash sxemasi 
91-rasmda ko‘rsatilgan.

Download 17,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish