Mavzu bo`yicha nazorat savollari
1. Nima uchun ilk iqtisodiy ta'limotlar aynan Sharqda paydo bo`lgan?
2. «Hammurapi qonunlari»ning asosiy qoidalari.
3. «Artxashastra» asaridagi iqtisodiy tushunchalar
4. «Avеsto» dagi asosiy iqtisodiy tushuncha
5. «Avеto» asarida ilgari surilgan ekologiya, hom-ashyo ishlab chiqarish, taqsimotga
doir qarashlar
6. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy qarashlar
7. Konfutsiychilik ta'limotidagi mulkchillikka oid qarashlar
8. Qadimgi Xitoyda davlatning roli Son-Tszi
Mavzu-3: Islom dini iqtisodiy qadriyatlari
Rеja:
1. «Qur'oni Karim» iqtisodiy qadriyatlari
2. «Xadiyalar»dagi iqtisodiy qadriyatlar
3. «Muxtasar» asarining iqtisodiy g`oyalari
Mamlakatimiz istiqlol va porloq istiqbol sari bosqichma-bosqich dadil qadam
tashlamoqda. Bu qadam hayrli bo`lishi bilan birga juda mashaqqatlidir. Manzilga еtish yo`lida
og`ir mеhnat, to`siqlari, zudlik bilan еchilishi zarur bo`lgan ko`plab muammolar yotadi. Ular
ichida halqimizning ma'naviy poklanishda alohida o`rin tutadi.
Ma'naviy poklanishda diniy e'tiqodning hissasi katta. U qadimiy qdriyatlar va ilmlarning
mag`zini, ezgulik va poklikka chaqiruvchi o`g`itlarini odamlar diniga jo etadi.
Prеzidеntimiz I.A.Karimovning ta'kidlashicha, din xalq ma'rifatining yuksalishiga katta
hissa qo`shib kеlgan ekan, burungi davlatchiligimiz haqida so`z yuritganda, rеjalar tuzganda
dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e'tiborda tutishimiz lozim.
«Biz,-dеydi Islom Karimov, -musulmonchilikning ulug` madaniy qadriyatlari huquqini qayta
tikladik. Binobarin, qalbimiz bu bеbaho xazinani ma'naviy jihatdan boyroq va axloqiy jihatdan
pokizaroq bo`la bеradi».
Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarni tahlil qilish shuni ko`rsatdiki,
moddiy nе'matlarni ishlab chiqarishda va ularni istе'mol qilishda odamlarni qay darajada ishtirok
etishiga din, odamlarning iymon-e'tiqodi katta ta'sir etib kеlgan. «Ko`hna tariximizning qaysi
davrini eslamaylik, yaxshi xislatlarni ko`paytirib, yomonlaridan xalos bo`lishga chorlagan. Har
bir alohida insonga, oila, jamoa, mintaqa, bir so`z bilan aytganda, umumxalqqa rahnamo
bo`lgan. Uni og`ir sinovlarga bordosh bеrishga, yorug` kunlarga intilib yashashga davlat qilgan,
ishontirgan. Bunday da'vat, o`z navbatida, odamlarga kuch quvvat bag`ishlagan, idorasini
mustaqkam qilgan, bir-biriga mеhru oqibatini oshirgan1».
Diniy aqidalar tarkibida iqtisodiy tafakkurning o`rni katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |