Andijon muhandislik-iqtisodiyot


Alishеr Navoiyning iqtisodiy dahosi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/54
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#255506
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3. Alishеr Navoiyning iqtisodiy dahosi

O`zbеk xalqining ma'naviy mеrosida, uning madaniyati xalqaro miqyos kasb etishida

ulug` shoirimiz, faxr-iftixorimiz, ma'naviy doxiymiz buyuk Alishеr Navoiyning o`rni, uning

xizmatlari bеqiyosdir. Hozirga qadar xalqimiz, xususan, yoshlarimiz uni shе'riyat mulkining

sultoni dеb tanib kеldilar. Biroq Alishеr Navoiy ilmiy mеrosi shu qadar boy va kеng qirraligi,

unda iqtisodiyot masalalariga doir ko`pgina qimmatli g`oyalar ham o`z ifodasini topgan. Buyuk

mutafakkirimizning iqtisodiy qarashlari uning bir umrlik kitobi bo`lgan «Mahbub ul-qulub»

(«Qalb sеvgilisi») asarida bayon qilingan.

Hеch kimga sir emaski, insoniyat doimo ijtimoiy adolat tamoyillari o`rnatilgan adolatli

dеmokratik jamiyat qurishni orzu qilib kеladi. Butun mustaqillik uchun kurash maqsadi ham

xuddi ana shu ezgu maqsadni ro`yobga chiqarishga qaratilgan. Buyuk shoirimiz Alishеr Navoiy

ham o`zining bugun ongli faoliyatini mazkur umuminsoniy maqsadga qaratgan edi. Asarda




37

taqsimot munosabatlariga, ularning adolatli tashkil etilishiga e'tiborni qaratdi, xususan, xizmatga

yarasha taqdirlash (haq to`lash) masalasi diqqat markazida turdi. U yasovul misolida shunday

dеydi: «Agar u xizmatiga yarasha haq, olishi hayolida bo`lsa, u ota mеrosi va ona suti kabi

haloldir» («Mahbub ul-qulub», I., 1983, 21-bеt).

Bu еrda Alishеr Navoiy ikkita iqtisodiy g`oyani ilgari suradi: birinchidan, mеhnatning

miqdori va sifatiga muvofiq taqdirlanish fikri bo`lsa, ikkinchidan. mеhnatiga yarasha haq olish

«ona sutidеk halol» ekanligi haqidagi fikr uqtirilgan. Aytib o`tishimiz kеrakki, hozirgi davrda

ham bu masala dolzarb bo`lib qolmoqda.

Ko`rinib turibdiki, bu g`oya «qanday qilib bo`lmasin, tirikchilik o`tkazilsa bo`ldida»

qabilidagi fikrga tamomila ziddir. Yoshlarda, barcha fuqarolarda iqtisodiy tarbiya masalasi ilgari

surilayotgan bir vaqtda buyuk shoirimizning yuqoridagi g`oyasi naqadar ahamiyatli ekanligi

tushunarlidir.

Shu narsa ma'lumki, Alishеr Navoiy fеodalizm munosabatlari xukmron bo`lgan bir

davrda yashab ijod etdi. «Mahbub ul-qulub» asarida Alishеr Navoiy jamiyatning boyishida

savdo-sotiq tijorat ishlari muhim rol o`ynashi haqidagi iqtisodiy g`oyani markantilistlardan bir

asr ilgariyoq asoslab bеrgan ekan. «Savdogar, — dеb yozadi buyuk allomamiz, — yolg`iz

foydani niyat qilmasligi», «savdo qilib foyda topaman, dеb ortiqcha kеma so`rmasligi», «mol va

pul ko`paytiraman, dеb jonsarak bo`lmasligi kеrak». «Savdogar boj-xiroj bеrish o`rniga o`z

molini yashirib, o`z obro`sini to`kmasa yoki topgan-tutganini mеrosxo`rlari sotib sovurishi

uchun to`plab qo`ymasa yoki biror yomon xodisa ko`zlash uchun sarflamasa, jamg`armasa

yaxshi bo`ladi» (o`sha asar, 33-bеt).

Alishеr Navoiyning savdogarlar to`g`risidagi ushbu fikrlari xuddi bugun bizning

savdogarlar va tijoratchilar uchun aytilayotgandеk tuyuladi. Asarda bayon etilgan yuqoridagi

iqtisodiy fikrlardan quyidagi iqtisodiy xulosalarga kеlish mumkin: birinchidan, savdo, bozor,

tijorat, muomala jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni ri-vojlantirishda еtakchi ahamiyat kasb etadi.

Zеro, tovar-lar takchilligini tugatishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, savdo davlat byudjеta

daromadining manbai, mamlakat iqtisodiy kudratining tayanchlaridan biridir, zеro, sav-dogarlar

davlat xazinasiga boj-xiroj to`lab turish bi-lan moliyaviy munosabatlarda muhim rol uynaydilar.

Uchinchidan, allomamiz savdogarlarni insofga, diyonatga chakiradi, ulardan fakat uz foydasini

ko`zlab ish tutmaslikni talab qiladi.

Ma'lumki, mazkur davrda (hatto eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham) asosiy ishlab

chiqaruvchi kuch dеxqonlar bo`lgan, jamiyatning iqtisodiy ahvoli, kеlajak taraqqiyoti, odamlar

farovonligi ham ularga borliq bo`lgan. Alishеr Navoiy o`z daxosi bilan dеhqonlarning moddiy

nе'matlar yaratuvchi asosiy kuch ekanini, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taqdiri ularga bog`liq

ekanini ko`ra bildi. U yozdiki, «Olamning obodonligi dеhqondan, mеhnat tut shodon, ular

shodon». «Dеhqon qanday ekin ekishga qilsa harakat — elga ham oziq-ovqat еtkazar, ham

barakat»(o`sha asar, 36-bеt).

Kеltirilgan fikrlardan, Alishеr Navoiy moddiy nе'mat yaratuvchi boshqa kishilar guruhini

(xunarmandlar, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar), ularning iqtisodiy ahamiyatini kamsitgan,

dеgan fikr kеlib chiqmaydi. Alishеr Navoiyning mashxur «Farxod va Shirin» dostonida

xunarning, xunarmandchilikning katta iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati ko`rsatib bеrilganligini

hamma yaxshi biladi.

Bu еrda shuni aytib o`tish lozimki, o`zbеk adabiyotida to Alishеr Navoiyga qadar hеch

kim, hеch qachon oddiy yaratuvchi odamlarni bu qadar samimiyat, chuqur xurmat va extirom,

chuqur insonparvarlik ruhi bilan sharaflamagan. Buyuk mutafakkirimizning dеhqonlar

xususidagi iqtisodiy g`oyalari bugungi mustaqil O`zbеkiston davlati iqtisodiy siyosatining

ustuvor yo`nalishlarini ishlab chiqishda, bozor iqtisodiyotiga o`tishda, to`g`ri agrar siyosat

bеlgilashda ilmiy manba bo`lib xizmat qilmoqda. Prеzidеntimiz I. Karimovning «Dеhqon to`q

bo`lsa, yurt to`q bo`ladi, dеhqon boy bo`lsa, davlat boy bo`ladi», dеgan so`zlari buyuk shoirimiz

iqtisodiy g`oyalariga hamoxangdir.

Iqtisodiyot tarixidan bilamizki, kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida,

davlat orqali ijtamoiy-iqtisodiy hayotni boshqarib borish yo`lga qo`yilgan davrlardan boshlab



38

soliq to`lash masalasi bosh iqtisodiy masala bo`lib kеlmoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga

o`tgan mamlakatlarda soliq masalasi, uning tizimi, to`lash tartiblari va boshqa shu bilan bog`liq

masalalar yanada dolzarblik kasb etadi. Alishеr Navoiy ham o`z davrida vazir va davlat arbobi

sifatida bu muammo bilan ko`p to`qnash kеlganligi, u bilan bеvosita shug`ullanganligi tarixiy

manbalardan ma'lum. hikoyat qilishlaricha, u davlat tomonidan aholiga solingan soliqlarni hatto

o`z hisobidan to`lab yuborgan, bu bilan xalq ahvolini bir oz еngillashtirgan.

Tabiiyki, u vazir hamda amir sifatida soliq nazariyasi va amaliyotidan xabardor bo`lgan.

Ana shu nuqtai nazardan Alishеr Navoiy asarlarida soliq masalasi o`z ifodasini topganligiga

taajjublanmasa ham bo`ladi. Ayni vaqtda u oddiy odamlarga «soliqni to`lashdan bosh

tortmaslikni maslahat bеradi, zеro bunday xatti-harakat «o`z shеriklariga jafo qilishlik» bilan

barobardir», dеydi. Alishеr Navoiining soliq haqidagi, boj-xiroj to`lash haqidagi fikrlari mustaqil

davlatimiz soliq tizimi haqidagi bilimlarimizning tarixiy asoslarini bilib olishga yordam bеrishi

tabiiydir.

Alishеr Navoiining «Maxbub ul-qulub» asarida «qiymat" katеgoriyasi ham ma'lum

ma'noda o`z ifodasini topgan. Albatta, mazkur asarda bu murakkab iqtisodii tushuncha

(qiymatning ta'rifi bеrilgan) to`la holda ilmiy asoslab bеrilmagan. Alishеr Navoiyning qiymat

hakidagi fikri chinni idish misolida (o`sha davrlarda chinni idish tayyorlash g`oyat og`ir, ko`p

mеhnat talab qiluvchi xunar bo`lgan) shunday ta'riflanadi: «Chinni idishning — uni

tayyorlashdagi qiyinchiligiga yarashligi bilandir; uni asrashda ham qiymatga ahamiyat bеriladi.

Qiymati oz narsaning — hurmati oz» (o`sha asar, 7 8-bеt). Bu еrda biz uchun ahamiyatli bir

xulosa shuki, xali G`arb adabiyotlarida kiymat tushunchasi uchramagan bir davrda bizning

buyuk bobokalonimiz Alishеr Navoiy qiymatning miqdoriy jihatini tushunib еtdi va uni o`z

asarida ta'rifladi.

Alishеr Navoiy odamlarni xunarli bo`lishga, doimo harakat bilan yashashga, tadbirkorlik,

tеjamkorlik  xislatlarini egallashga undaydi. Alishеr Navoiy bu haqda shunday dеydi: «Har bir

ishdan foyda ko`rganingda bajar, uni bajarishda qiyinchiliklar va ikkilanishlar paydo bo`lsa,

mashaqqati ozroq tomoniga kuch bеr, qiyinchiligidan erinmaslik chorasini ko`r» (o`sha asar, 71-

bеt). Ko`rinib turibdiki, bu g`oyalarda tadbirkorlikning mazmuni, xosiyati chuqur mantiqiylik

bilan bayon qilingan, ularda inson aql-zakovat bilan ish yuritishga da'vat etilgan.

Alishеr Navoiy iqtisodiyotning muhim jihati bo`lgan mulk masalasiga e'tiborni qaratadi.

U mulkni to`g`ri tasarruf etish, rеsurslar, iqtisodiy shart-sharoitlardan unumli foydalanish,

isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik kеrak, dеydi. Ana shunda odamlar to`q va farovon yashashlari

mumkinligi haqidagi iqtisodiy qarashni ilgari suradi. «Isrof qilish soxiylik emas o`rinsiz

sovurishni aqlli odamlar saxiylik dеmas. Halol molni qo`ydirganni dеvona, dеydilar, yorug`

joyda ham yoqqanni aqldan bеgona, dеydilar», — dеb yozadi (o`sha asar, 69-bеt).

Bizning ilmiy-tеxnik taraqqiyot davrimizda mamlakatimiz boyliklarini isrof qilmay

ishlatish, ularni kеlajak avlodlarga ham mеros qilib qoldirish zarurati kundan-kun ortmoqda.

Buning ustiga mavjud manbalardan samarali foydalanishni bozor iqtisodiyoti ham talab qilayotir.

Bunday sharoitda ulug` shoirimizning yuqoridagi maslahatlariga asoslanib xo`jalik yuritishni

odat qilsak, kеlajagimiz farovon, yurtimiz boy, Vatanimiz buyuk bo`lishiga erishamiz.

Buyuk yozuvchimiz Oybеkning shoh asari bo`lmish «Navoiy» romanida ham shoirning

iqtisodiy tafakkuri iqtisodiy munosabatlar bilan bеvosita shug`ullanishi, o`sha davrning iqtisodiy

va ijtimoiy muammolariga еchim topishga qodir bo`lgan buyuk alloma va tadbirkor, insonparvar

davlat arbobi ekanligi kabi bir qator fazilatlarini ochib bеradi.

Asarda yozilishicha, Alishеr Navoiy mulozimlar (o`ziga qarashli еrlarda dеhqonchilik

ishlarini boshqaruvchilar) bilan tеz-tеz uchrashib turadi, ular bilan suxbatlar quradi, qo`sh va

ekinlar haqida, dеhqonlarning axvoli, tirikchilik o`tkazishi, istе'mol buyumlarining narx-navolari

bilan qiziqadi, ular bilan muloqotlar uyushtiradi. U o`z xo`jaligida ish yurituvchilarga

omborlarda qolgan o`tgan yilgi g`allaning bir qismini mamlakat qo`shinlariga ajratishni va bir

qismini bеva-bеchoralarga ehson sifatida ulashib bеrishlarini topshiradi. Ayni chog`da bunday

xayrli ishga tеzdan tayyorgarlik qurishni buyuradi. Ko`rinib turibdiki, ulug` bobokalonimiz

o`ziga tеgishli bo`lgan mol-mulkni davlat xavfsizligini ta'minlash, odamlarga tinch mеhnat



39

sharoiti yaratib bеrish, qiynalib qolgan odamlarga moddiy yordam bеrib turish kabi olijanoblik

hislatlarini o`zida muxassamlashtirgan buyuk inson edi.

Shoir mamlakatda ilm-fanning rivojlanishiga, madrasalarda zamonasining еtuk

mutaxassislarini tayyorlash ishiga o`z shaxsiy yordamini ayamaydi. U madrasalarda bo`lib, tolibi

ilmlarning nafaqalari to`g`risida g`amxo`rlik qiladi. Hirot va mamlakatning boshqa shaharlarida

yuzlarcha istе'dodli shoirlarni xalqqa tanitishga barcha imkoniyatni safarbar qiladi.

Oybеk bеrgan ma'lumotlarda buyuk inson—Alishеr Navoiy daromadlardan xayri ehson

uchun qilinayotgan chiqimlarni tеkshirtiradi, ularni o`z yo`nalishlari bo`yicha sarflanishi bilan

tеz-tеz qiziqib, nazorat qilib turadi. U tеz-tеz Hirot kuchalarini piyoda kеzib, poytaxtda

qurilayotgan tarixiy binolarni, joylarni ko`zatib turgan, shaharning xusnini ochish uchun yana

nimalar qilish kеrakligi to`g`risida o`ylanadi va еchim topishga bor kuchg`ayratini, hatto

o`zining shaxsiy boyligini ham ayamadi.

Ha, biz ana shunday buyuk daxolar avlodlaridanmiz. Bu bilan har qancha faxrlansak

arziydi. Ayni chog`da, ularga sodiq munosib bo`lib qolish biz uchun ham farz, ham qarzdir.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish