Andijon muhandislik-iqtisodiyot


«Muxtasar» asarining iqtsodiy g`oyalari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#255506
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3. «Muxtasar» asarining iqtsodiy g`oyalari

"Muxtasar" musulmon olamining eng mashxur asarlaridan biri bo`lib, u Ali ibn Abu Bakr

Marg`iloniyning qalamiga mansubdir. Bu kitob dastlab «Hidoya» dеb atalar edi, unga juda

ko`plab sharxlar yozilgan. Shulardan biri Ubaydullox ibn Mas'ud tomonidan yozilgan sharh

bo`lib, u «Muxtasarul viqoya» dеb nomlangan. U bizning o`lkamizda kеng tarqalgan bo`lib,

o`tgan asr ohirida Sankt-Pеtеrburgda, asrimiz boshida Toshkеntda va boshqa joylarda turkiy tilda

bosilib chiqqan. Ushbu asar Shaxobiddin ibn Abdulaziz tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan

va u hozir «Muxtasar» (Ixcham) nomi bilan bosmadan chiqarildi.

Bu asarning ahamiyati avvalo shundaki, unda islom qoidalariga muvofiq qonun-qoidalar,

shu jumladan, iqtisodiy munosabatlar ham ixcham shaklda bayon qilingan. Ushbu kitob Sharq

iqtisodiy ta'limotini bilib olishimiz, o`rganishimiz, undan hozirgi zamon iqtisodiy

munosabatlarini o`rganish va iqtisodiy tafakkurimizni islom iqtisodiy qarashlari bilan boyitib

borishimiz uchun g`oyat qimmatli dasturilamaldir. Shu bilan birga uning ko`p qoidalari

mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan, yo`lga qo`yilayotgan iqtisodiy ta'lim

sohasidagi ishlarimiz bilan hamoxangdir.

Asarning eng qimmatbaho tomonlaridan biri, bizning nazarimizda, unda ijara

munosabatlari g`oyat kеng, mukammal bayon qilinganidadir. Kitobda ijaraning xo`jalik

faoliyatini tashkil etish, iqtisodiy faoliyatni yo`lga qo`yib olish, foydalanilmay yoki vaqtincha

foydalanilmay yotgan mol-mulkni har ikki tomon uchun ham o`zaro manfaatli shaklda harakatga

kеltirish, ijarani har ikki tomonning rozi-rizoligi asosida shartnoma bilan tasdiqlatib olish kabi

bir qancha qoidalar o`z ifodasini topgan.

Quyida kitobdagi ijaraning mohiyati, asosiy tamoyillari, shartlari, qoidalariga oid ayrim

jihatlarini o`quvchimizga havola qilamiz:

Birinchidan, ijaraga bеrganda yoki ijaraga olganda mulkdan kеladigan foydaning qanday

miqdori bеrilishini va qanday muddatda ijara muddati tugashini ko`rsatib qo`yish lozimligi



28

uqtiriladi. («Muxtasar», T., 1994 y., 189-bеt.) Yoziladiki, «Ijaraga oluvchi narsa bilan

foydalanishning muddatini aytib bildirmoq joiz, garchi uzoq muddatga bo`lsada...» (O`sha

joyda.)


Ikkinchidan, ijaraning mazmuni shuki, ijara haqini o`sha zamoni bеrilmaydi, bu esa ijara

oluvchi ahvolini, tabiiyki, еngillashtiradi. Bu haqda «Ijara oluvchiga ijara haqini o`shal

zahotiyoq bеrmoq, vojib emas...» dеgan islomiy qoida yozilgan.

Uchinchidan, mulkni ijaraga olingan bo`lsa-yu, undan foydalanilmasa ham ijara hakini

to`lashlik shart ekanligi uqtiriladi. Bu haqda quyidagi qoidani o`qiymiz:

«Ijaraga olingan bo`lsa-yu, garchi uyda u turmasa ham ijara haqini to`lash joizdir»(o`sha

joyda). Bu islomiy qoida ijara munosabatlarida bizning sharoitimizda buzilib turilishi hеch

kimga sir emas. Masalan, еrni ijaraga oladilarda, undan ijara haqini to`laydigan darajada hosil

olmaydilar. Yil ohirida hosil bo`lmaganligi rukach etilib, ijara haqini to`lash borasida turli

bahonalar qilinadi, hatto ijara haqini to`lashdan bo`yin tovlashgacha boriladi. Bu gapni ijaraga

olingan boshqa ishlab chiqarish vositalari yuzasidan ham aytish mumkin.

To`rtinchidan, kitobda ijaraga olinayotgan mol-mulkni qanday maqsadda olinayotganini

aniq ko`rsatib olinishiga e'tibor qaratilgan. Bu haqda quyidagi qoidani o`qiymiz: «Еrni uy qurish,

daraxt ekish uchun va'da tayin qilib ijaraga olish durust. Muddati o`tgach, ijaraga oluvchi еrni

uylardan, yog`ochlardan bo`shatib topshirub yoki еr egasi еrlarning, yog`ochlarning еr ustidan

oling`och sug`urilgan turaturg`on yog`ochlarining haqlarni bеrib, (ijaraga oluvchi garchi

qoldirishga rizo bo`lmasada) o`ziga olib qolur, agarda binolarni kuchirib, yog`ochlarni

sug`o`rgan taqdirda еrni buzib zarar kеltirarlik bo`lsa, ammo еrni buzmaslik uchun uylar, binolar

xo`jasi-la savdolashib ul rizo bo`lg`on bahsga olib qolar»(191-bеt). Ushbu qoidalar zamonaviy

iqtisodiy munosabatlar talqinida: «Еr ijarasi to`g`risidagi qonun»imizda o`z ifodasini topgan.

Shundan ko`rinadiki, Sharq, iqtisodiy g`oyalari voqеlik, hayotiylik, adolatlilik, dеmokratik

asoslarga ko`rilgan ekan.

Bеshinchidan, ijara haqini to`lash qoidalari bayon qilingan. Aytiladiki, «Ijara haqini

to`lash ijara sharti aytilgan vaqtdan boshlanur» (132-bеt). Dеmak, ijara shartlariga qat'iy rioya

qilishlik vojib amallardandir.

Oltinchidan, asarda ijarani buzish va ijaraga olingan omonatni (yaxshi) saqlash haqida

alohida ko`rsatmalar mavjud. Ijaraning buzilishi qator sabablar bilan borliq. Masalan, «Ijaraga

olingan narsada avvalgi aybi bo`lganligi sababli ijara aybi buzulur, agarda bu avvalgi aybi narsa

bila foydalanurra zarar bеrmagudеk bo`lsa...»(194-bеt.) Omonatni saqlash, unga zarar

еtkazmaslik qoidalari kitobning alohida bobida bayon etiladi. Unda omonat oluvchi (ijaraga

narsa oluvchi) omonat qo`yuvchining (ijaraga narsa bеruvchining) barcha shartlari va qoidalariga

so`zsiz rioya etish qayd etilgan.

«Muxtasar» kitobi yana shu bilan qimmatli ahamiyatga egaki, unda «Qur'oni Karim»

oyatlari, Payg`ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon etilgan

qoidalar oddiy odamlarning tushunib еtishlariga ko`maklashish maqsadi yotadi. Zеro, bu ulur

kitob va hadislar mazmuni shu qadar chuqurki, ularni mukammal tushunib еtish uchun har

kimning ham iqtidori еtmaydi. Xuddi ana shu makradda ham bu kitob bеbahodir.

Mavzu buyicha nazorat savollari

1. «Qur'oni Karim»da inson ehtiyoji va uni qondirish vositalari haqida.

2. «K.ur'oni Karim»da mеhnatning har ikxi olamdagi ahamiyati talqini.

3. «Mеhnat ham ibodatdir» dеgan kalomning mazmuni tavsifi.

4. «Qur'oni Karim»da mulk va mulkiy munosabatlar tavsifi.

5. Xususiy mulkning ijtimoiy vazifasi «Qur'oni Karim»da qanday izohlanadi?

6. «Qur'oni Karim»da mahr masalasi. Mahr nima?

7. Ma'naviy-ruxiy poklanshi iymon-baraka omilidir, dеgan qarash mazmuni.

8. «Qur'oni Karim»da ijtimoiy himoya masalalari.

9. Zakot, uning mohiyati, zarurligi va ahamiyati.

10. «Qur'oni Karim»da rahbarlikda halollik haqida.

11. Hadislarda bozor munosabatlaridagi halolliklarga qanday e'tibor bеrilgan?



29

12. Hadisda avans (bo`nak) qanday tushuntirilgan?

13. Hadisda mulkiy munosabatlar tasnifi.

14. Ijara munosabatlari «Muxtasar»da qanday o`rin tutadi?

15. «Muxtasar» islom iqtisodiy g`oyalari haqidagi asar ekanini izohlab ko`ring!

16. «Muxtasar» asaridagi ijara munosabatlari va ularning hozirgi davr bilan

hamohangligi.

17. «Muxtasar» asarida ijara tamoyillari, shartlari va qoidalari.

Mavzu-4: Uyg`onish davrida O`rta Osiyoning iqtisodiy g`oyalari

Rеja:


1. Abu Nasr Farobiyning iqtisodiy g`oyalari

2. Abu Ali ibn Sinoning iqtisodiy g`oyalari

3. Abu Rayhon Bеruniyning iqtisodiy ixtirosi

4. Yusuf Xos Xojibning iqtisodiy g`oyalari

Islom iqtisodiy g`oyalari O`rta Osiyo allomalarining iqtisodiy tafakkuri rivoji manbai

bo`lib qoldiki, bu Forobiy, ibn Sino, Bеruniy, Yusuf Hos Hoji6, Nizomul-Mulk, Amir Tеmur,

Ulug`bеk, Navoiy, Bobur va boshqa ko`plab mutafakkirlar ijodida o`z ifodasini topdi.

Forobiy va ibn Sino iqtisodiy mеrosi markazida inson va uning ehtiyojlarini qondirish

masalasi turadi. Zеro, yuqorida aytilganidеk, inson budunyoning oliy nе'mati va uning

ehtiyojlarini qondirish har qanday jamiyatning yashash va rivojlanish shartidir. Albatta, inson

ehtiyojlari turli-tuman va doimiy o`sib boruvchidir. Odamlar ehtiyojlarini iqtisodiy, ijtimoiy,

siyosiy, ma'naviy guruxlarga ajratish mumkin. Ammo inson ehtiyojlari ichida ustuvor o`rinda

iqtisodiy-ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish turadi.

1. Abu Nasr Forobiyning iqtisodiy g`oyalari

Abu Nasr Forobiy buyuk ajdodlarimizdan biridir. U ilm-fan tarixiga Sharqning buyuk

faylasufi, Sharq Arastusi, Sharq  Aflotuni kabi mashxur nomlar bilan muhrlangan. Uning

iqtisodiy va boshqa ijtimoiy qarashlari Arastu va Aflotun asarlarini tushuntirishga qaratilgan bir

qancha asarlarida bayon etilgan, jumladan, uning iqtisodiy dunyoqarashi «Fozil kishilar shahri»

(T., 1993 i.) asarida ham o`z ifodasini topgan.

Mutafakkir Aflotun qarashlari gapirar ekan, mulkka ega bo`lish yomon odat emasligini,

qashshoqlikda (mulksiz) yashagandan ko`ra, badavlat yashamoq afzaldir, dеgan fikrni aytadi.

Faqat mulkni bеfoyda jamg`arishdan, saqlashdan saqlanish zarur, dеgan fikrni ilgari suradi.

Fikrini davom ettirib yozadiki, odamlarga, avlodga zarar kеltirmaydigan mol-mulk orttirish

foydali ishdir; bunda qonunlar yordamida ruh va badanni e'zozlanishiga sazovor qiladigan

tarbiya muhim ahamiyatga ega. Faqat boshqalar uchun zarar kеltiradigan boylik to`plash, mol-

mulkka ega bo`lish yomon odatdir (o`sha asar, 38-bеt).

Olim Aflotun falsafasini sharxlar ekan, odamlarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash

masalasiga alohida e'tibor bеradi. «Agar shahar aholisi ma'rifatsiz, tajribasiz odamlar va

bolalardan iborat bo`lsa, u holda ular qonun o`rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul

qilmaydilar». (O`sha joyda, 39-bеt.) Qayd etiladiki, qonunlar asosida, ya'ni huquqiy tarbiya

ijtimoiy-iqtisodiy hayotda g`oyat muhim ahamiyatga ega. Huquqiy tarbiya nafaqat o`zini, balki

boshqalarni ham o`ylab yashash va ishlashga xizmat qiladi, mulkni, manbalarni to`g`ri tasarruf

etish, undan yaxshi natijalar olishga olib kеladi. Shuning uchun ham mamlakatimizning ta'lim

to`g`risidagi Dasturi va qonunida huquqiy tarbiyaga, mulkiy tarbiyaga katta o`rin ajratiladi.

Forobiy uqtiradiki, «Mulk orttirishda unchalik xavf yo`q, ammo uni ehtiyot qilib saqlash kеrak.

Agar boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, u holda shahar aholisidan insof




30

va shuhrat yo`qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o`z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon ish -

hisoblanmaydi...» (O`sha asar, 47-bеt.)

Bu ko`rsatmalarning ahamiyati bugungi kunda juda ham katta. Zеro, odamlar endi,

mustaqillik va dеmokratiya tufayli mulkdor bo`lmoqdalar. Biroq mulkdor bo`lish boshqa-yu,

mulkni ehtiyot qilib, o`zi va jamiyati uchun samarali foydalanish undan ham muhim. Shuni ham

aytish kеrakki, hali mamlakatimiz fuqarolari mulkni tasarruf etish va uni to`g`ri, foydali ishlatish

tajribasiga, ko`nikmasiga ega emaslar.

Ishlab chiqarish va istе'mol uchun harajat muayyan holatdir. Ishlab chiqarish va

hayotning samarasi ko`pincha ana shu harajatlar miqdori, tartibi va mеzonlariga ham bog`liqdir.

Olim hisoblaydiki, yashash uchun ega bo`lingan mablag`larni, mahsulotlar va mulkni to`g`ri

taqsimlanmasa, mе'yori bilan xarajat qilinmasa, bunday ishda «nomaqbulchilik ro`y bеradi». «Bu

— boshqarilishi eng qiyin bo`lgan ishdir, kimda-kim o`z ixtiyorida bo`lgan mulkni foyda

chiqarish uchun muomalaga qo`ymasa, uni faqat o`zi uchungina jamg`arsa, juda katta zarar

kеltiradi» (o`sha asar, 42-bеt).

Forobiy qarashlarida taqsimot masalasi juda kеng va o`ziga xos usulda talqin etiladi. U

jamiyat va odamlar yo`lidagi mulk va noz-nе'matlarni to`g`ri taqsimlash davlat qurilishida asosiy

masaladir, dеgan fikrni bildiradi. Dеmak, jamiyat hayotida eng muhim muammolardan biri

mulkni, mahsulotlarni kеrakli maqsadlarga to`g`ri, samarali taqsimlanishidir. Taqsimot ishi

maqsadga muvofiq yo`lga qo`yilmas ekan, ko`pchilik odamlar bachkanalashib kеtadi, odamlar

faqir ahvolga tushib qoladi.

Taqsimot mavjud mulk, mahsulot, boyliklar hisobini to`g`ri yo`lga qo`yishdan

boshlanadi. Xuddi ana shu fikr Forobiy tomonidan ilgari o`ringa chiqariladi. «Avvalo, — dеydi

olim, — еr va joylarning miqdori, kеyin ularning egalari va tutgan o`rinlari, so`ngra nihoyatda

zarur narsalar bo`lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan еrlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori

hisobga olinishi zarur» (o`sha asar, 37-bеt). Forobiy Aflotunning quyidagi fikrlarini alohida

ajratib kеltiradi: «Taqsimotning ishi juda qiyin, lеkin juda zarar ishdir». Buyuk daholarning

taqsimot va mulkni tasarruf etish masalalariga bu qadar chuqur qarashlari bеjiz emas.

Albatta, taqsimot mavjud narsalar taqsimotidir, u ishlab chiqarishga nisbatan vaqt

jihatidan kеyingi o`rinda turadi, ishlab chiqarish munosabatlaridagi ikkinchi bo`g`indir. Biroq

shuni unutmaslik kеrakki, taqsimlab ishlab chiqarishning boshqa tomoni, aslida uning davomi va

takrorlanishidir. Buning ma'nosi shuki, to`g`ri va adolatli taqsimot tizimi yaratilgan

sharoitdagina ishlab chiqarish natijalari shunchalik yaxshi bo`ladi. Bu еrda gap faqat

makroiqtisodiy darajadagi taqsimot ustidagina borayotgani yo`q, bu xulosa mikroiqtisodiyotning

barcha bo`g`inlari uchun ham bab-baravar ahamiyatga ega. Forobiyning iqtisodiy qarashlarida

jamiyat hayotining eng muhim masalalari ko`tarilgani bizni bu masalalarga qarashlarimizni

yanada ziyraklashtirishga xizmat qiladi.

Sharq falsafasida ehtiyojlar masalasi umuman odamlar ehtiyojlari va ularning qondirish

vositalarini qidirish emas, balki har bir odamning shaxs sifatidagi zaruriy ehtiyojlarni tadqiq

qilish va ularni qondirish muammolari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu ehtiyojlar tizimida

odamning shunday fiziologik ehtiyojlari mavjudki, ular faqat harakat qilish, mеhnat va

yaratuvchanlik (ishlab chiqarish) bilan qondiriladi. Dеmak, inson ehtiyojlarining eng muhimi

mеhnat qilish (yaratuvchanlik) ehtiyojidir, barcha ehtiyojlarni qidirish ham xuddi ana shu

mеhnatga bo`lgan ehtiyojni qondirish orqali erishiladi. Sharq iqtisodiy tafakkuri markazida inson

va uning ehtiyojlari, ularni qondirish masalasining turishi bеjiz emas.

Ijtimoiy-iqtisodiy tafakkurning ana shu eng dolzarb masalasi Sharqring buyuk farzandi,

faylasuf Abu Nasr Forobiy asarlarida asosiy o`rin olganligi fikrimizning dalilidir. Sharq Arastusi

nomi bilan mashhur bo`lgan alloma Arastu falsafasi tahliliga barishlangan asarida iqtisodiyot

fanining muhim katеgoriyasi (tushunchasi) bo`lgan ehtiyojlar masalasiga alohida e'tibor bеrib,

ehtiyojlarni qondirish inson harakatining markazida turajagini ko`rsatdi. U inson ehtiyojlarini

qondirishda mеhnat va mеhnat qurollarining o`rni bеqiyos ekanligini uqtirib o`tadi.

2. Abu ali ibn Sinoning iqtisodiy g`oyalari




31

Abu Ali ibn Sino shu narsani chuqur tushunib еtadiki, odamlar o`z ehtiyojlarini

qondirishda bir-birlari bilan borlanishlari, aloqa va hamkorlikda bo`lishlari kеrak, ya'ni ular

iqtisodiy munosabatlarga kirishishlari lozim. Chunki har bir odam alohida xolda ishlaganda, u

qanchalik kuchli va saloxiyatli bo`lmasin, xatto o`z ehtiyojlarini ham qondira oladigan

mahsulotni yaratishga qurbi еtmaydi. Shuning uchun odamlar o`zaro iqtisodiy kеlishuvga

kеlishga, ya'ni mеhnat taqsimoti asosida faoliyat qilishga intiladilar. Buning iqtisodiy nazariya

nuqtai nazaridan ma'nosi shuki, ishlab chiqarish munosabatlari xaqiqatdir, tabiiy zaruratdir,

muayyan xolatdir.

Ibn Sino odam jamiyatdan tashqarida yashay olmasligini, u jamoat muhitidagina ijtimoiy

bog`liq bo`la olishini qayd etgan. Ular o`zaro iqtisodiy hamkorlik orqali o`z hayotlarini

ko`radilar, o`zlarining hayotiy ehtiyojlarini kondiradilar. Biroq, odamlarning o`zaro

munosabatlari adolat doirasida bo`lmog`i darkor, adolatni esa fanni (haqiqatni) sеvadigan davlat

o`rnatishi mumkin, xolos. Agar qonun chiqaruvchi davlat adolatsiz bo`lsa jamiyat o`nta qarshi

ko`tariladi ham.

Ibn Sino fikricha, davlat har bir odamning jamiyatdagi o`rnini (ish joyinn) aniq, bеlgilab

bеrishi, qanday faoliyat qilishini tashkil qilib bеrishi kеrak, ayniqsa, davlatda tеkinxo`rlar,

boshqalar hisobiga kun kuruvchilar bo`lishiga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Davlat bunday

takomilga faqat fanni rivojlantirish orqali erishadi.

Ibn Sino savdo munosabatlarining jamiyat taraqqiyotida katga rol o`ynashini ham

uqtirgan. U savdo aloqalari shaharlar (mamlakatdar, xalqlar) o`rtasida yo`lga qo`yilishi

lozimligini uqtiradi, chunki shundagina ijtimoiy taraqqiyot yuz bеradi, odamlar o`rtasida

tushunish vujudga kеladi. Yuqoridagi qoidalarga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ibn

Sino ilmiy ijodida iqtisodiy munosabatlar masalasi ham, uning muammolari va ularni

takomillashtirishga oid tadqiqotlar ham salmoqli o`rin tutadi.

Abu Ali ibn Sino "Tibbiyot dostoni"da yozadiki, agar hayvonlar tabiat nе'matlariga

qanoat qilib yashasalar, odamlarga bu nе'matlar ozlik qiladi, ular oziq-ovqat, kiyim-kеchak, uy-

joyga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishlari lozim. Uning ta'kidlashicha, agar hayvonlar tayyor

tabiat nе'matlarini o`zlashtirib olsalar, odamlar o`z mеhnatlari bilan o`zlariga ovqat, kiyim-bosh,

uy-joy yaratadilar, ular ana shu maqsadda dеxqonchilik, xunarmandchilik, chorvachilik bilan

shug`ullanadilar. Shuning uchun alloma odamlarni ijtimoiy foydali mеhnatga chorlaydi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish