2.2-§. O’rta maxsus , kasb –hunar ta’limi matematika fanlarini
o’qitishda ko’zlangan tarbiyaviy maqsadlar.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmuni ta'limni rivojlantirishga oid
davlat siyosati bilan belgilanadi. Bu siyosat “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
belgilangan, ta'limni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy tizimni yaratish
hisoblanadi.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumiy o'rta ta'lim negizida tashkil etilib,
uch yillik muddatda amalga oshiriladi. Majburiy-ixtiyoriy harakterga ega bo'lgan
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimidagi mustaqil ta'lim turi
sanaladi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi bu yo'nalishda ta'lim
olishga voyaga etmagan o'quvchilarning barchasi to'la jalb etilishi shartliligi bilan
belgilansa, ihtiyoriyligi ta'lim yo'nalishi, Akademik litsey va kasb-hunar ta’limini
o'quvchilar tomonidan o'zlarining qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlaridan kelib
chiqib tanlash imkoniyati mavjudligini ifodalaydi.
Akademik litey va kasb-hunar kollejlarida ham o'rta mahsus ta'lim davlat
standartlariga muvofiq tashkil etiladi.
Akademik litseylar o'quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga
olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqurlashtirilgan,
sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan hamda kasbga yo'naltirilgan ta'lim olish uchun
imkoniyatlarni yaratadi.
Ushbu ta'lim muassasalarida gumanitar, texnika, agrar, mashinasozlik, qurilish-
arxitektura, tibbiyot, pedagogika, tilshunoslik va boshqa sohalar bo'yicha nazariy
bilimlarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O’rta maxsus , kasb-hunar
o'quvchilarga muayyan fan asoslarini chuqurlashtirib o'rgatish hamda ularda
boshlang’ich kasbiy ko'nikmalarni beradi. O'zlashtirilgan kasbiy ko'nikmalar esa
o'quvchilarga ma'lum yo'nalishlarda ta'limni davom ettirish, ya'ni oliy o'quv
yurtlarida o'qishlari uchun poydevor bo'ladi.
18
Kasb-hunar kollejlari tasdiqlangan davlat ta'lim standartlariga muvofiq
o'quvchilarga o'rta maxsus, kasb-hunar bilimlarini beradi, ularda amaliy ko'nikma
va malakalarni hosil qiladi. Bu kabi muassasalar “o'quvchilarning kasb-hunarga
moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning
tanlagan yo'nalishlari bo'yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallashlari
uchun sharoit yaratadi. Kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar tayyorlanadi.
Ma'lum hunar yoki kasb asoslarini o'rgatishga yo'naltirilgan kasb-hunar
kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o'quv
jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta'lim muassasalari sanaladi.
Yangi turdagi kollejlarda o'quvchilar bir yoki bir necha yo'nalishlar bo'yicha bilim
va ko'nikmalarni egallashlari mumkin.
O'quvchilar akademik litey hamda kasb-hunar kollejlarida ta'lim olish bilan
birga mavjud bilimlarini mustahkamlaydilar va o'zlari tanlangan ixtisosliklar
bo'yicha kasbiy faoliyatga tayyorlanadilar. Ushbu ta'lim muassasalarining tugatgan
o'quvchilar davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomni olishga muvaffaq
bo'ladilar. Aynan bu diplomlar o'quvchilarga uzluksiz ta'lim tizimining keyingi
bosqichi (oliy ta'lim tizimi)da o'qishni davom ettirish huquqini beradi.
Bugungi kunda respublikamizda akademik litey va ta kasb-hunar kollejlari
faoliyat olib bormoqdalar. Ularning faoliyati quyidagi vazifalarning ijobiy hal
qilinishi hisobiga ta'minlandi:
-yangi turdagi o'quv muassasalari faoliyat ko'rsatishining normativ
bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
-oliy ta'lim, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohalarining
mutahassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutahassislarni (jumladan, chet
ellarda) tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
-o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi DTSni ishlab chiqish va joriy
etish;
-o'rta mahsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun ta'lim va
kasb-hunar dasturlari, o'quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
19
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish aniq fanlar bo’yicha tafakkurini
shakllantirish ,aniq fanlar bo’yicha o’z mutaxasissliklarini tanlashi zarur
bo’ladi,shu yo’nalish bo’yicha o’z faoliyatlarini olib boradilar . Ularni
akdemik litsey va kasb-hunar kollejlariga jalb qilish umumiy o'rta ta'lim
maktablarining jamoalari bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikka
asoslangan holda o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-
pedagogik tashxis markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Tashxis markazlar
o'quvchilarning qobiliyatlari, ma'lum kasb yoki hunarga layoqatlariini aniqlash,
sog’liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda ularni har yili tibbiy-
pedagogik ko'rikdan o'tkazish, o'quvchilar va ularning ota-onalariga psixologik-
pedagogik yordam ko'rsatish asosida o'quvchi tomonidan akdemik litsey yoki
kasb-hunar kollejini tanlashga ko'maklashadi, bu borada o'zining tavsiyalarini
beradi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |