2. 1-§. Maktablari matematika fanlarini o’qitishda ko’zlangan tarbiyaviy maqsadlar



Download 381,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi381,46 Kb.
#255102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
matematika talimi jarayonida tarbiya muammolari

                                     KIRISH 

 

“    Inson  qalbiga    yo’l    avvalo,  ta’lim-



tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari 

ichida    eng  ulug’i    maktab  bo’lsa  , 

kasblarning 

ichida 


eng 

sharaflisi 

o’qituvchilik va

 murabbiylikdir “

 

                                                                                      I.Karimov                                                         



 

Insonni        har    tomonlama    barkamol    qilib    tarbiyalash  ,  halqimizning    azaliy  

orzusi  bo'lib ajdodlarimiz  ma'rifat,  ma'naviyat va madaniyatni qanday  qilib yosh 

avlodga  o'rgatish  - ularni  komillikka  etaklash  yo'llari,  qonun  - qoidalarni  muttasil 

izlaganlar.  Bu  esa  pedagogika  fanini  maydonga  kelishiga  sabab  bo'lgan.  Chunki, 

insonni  ma'rifatli  va  ma’naviy  komillikka  erishishi  pedagogika  fanining 

etakchiligida amalga oshiriladi.

 

Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika - grekcha so'z bo'lib "paydogogos" 



- bola etaklovchi ma'nosini anglatadi.  Insonlarning ma'rifiy va ma'naviy 

barkamollikka munosabatlarini o'zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani 

to'g’ri hayotga boshlash san'ati) fani halq orasida o'z mavqeiga ega bo'ldi. Shu 

tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi 

qatoridan alohida o'rin egalladi. Uning bosh masalasi tarbiyadir. 

Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog’langan holda 

barkamol insonni voyaga etkazishni o'zida mujassamlashtiradi. 

Insonni tarbiyasi haqidagi  g'oyalar, qoidalar,  yozma yodgorliklarda, halq  og’zaki 

ijodida asoslab berilgan bo'lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o'z mavqeini 

mustahkamlaydi.  

Zotan, ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar. 

Imom al-Buhoriy, Iso at-Termiziy, Beruniy, Az-Zamahshariy, Navoiy, Bobur, 

Ogahiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf  Fitrat, Abdulhamid CHo'lpon  singari ulug’' 

olimu adiblar, fozilu fuzolalar ta'lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar.    

Sharq pedagogikasining asoschilari hisoblanmish Forobiyning "Fozil odamlar 



 

shahri", Yusuf Hos Xojibning "qutadg’u bilig" asari Alisher Navoiyning "Mahbub 



ul-qulub"i, Kaykovusning "Qobusnoma"si, Voiz Koshfiyning "Futuvvatnomai 

Sultoniy" asari kabilar bunga dalilldir. Tarixdan ma'lumki, bir vaqtlar SHarq 

pedagogikasi gullab-yashnagan. Olmon olimi Herler "SHarq Еvropaning 

muallimidir" deganda ana shu rivojlanish davrini ko'zda tutgandir, ehtimol. 

Bugun respublikamizdagi barcha oliy o'quv yurtlarida pedagogika fanini kiritilishi

ya'ni har qanday kasb-ixtissoslik egasi pedagogika asoslaridan habardor bo'lishini 

ta'minlash zamirida inson kamoloti yotadi. 

Qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning milliy modelidagi bosh 

muddaosi komil inson tarbiyasi, mustaqil fikrlovchi ijodkor shahsni tarbiyalash 

masalalaridir. Bu vazifani esa pedagogika asoslaridan habarsiz kishi me'yoriga 

etkazishi amrimaholdir. 

Ushbu ma'noda bo'lajak o'qituvchilar oldiga qo'yiladigan yangi pedagogik 

tafakkurni shakllantirish vazifasi bugungi pedagogika fanining mohiyatini tashkil 

etadi shuningdek, jamiyat oldiga ko'ndalang turgan milliy maktab modelini 

yaratish milliy ta'lim tizimini uning mazmunini jahon tajribasi mezonlariga mos 

davlat standartlari asosida yaratish vazifasini hal etish o'zbek pedagogikasi 

fanining ham oldiga qo'yilgan.  

O'zbekiston Respublikasidagi pedagogik oliy o'quv yurtlarida o'rganiladigan 

pedagogika fani o'qituvchilik kasbiga tayyorlash tizimida alohida o'rin tutadi va 

ihtisosga yo'naltiruvchi fan hisoblanadi. 

Mazkur o'quv fani o'zbek halqining milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari, halq 

pedagogikasi aqidalariga asoslanib, bo'lajak o'qituvchini milliy mustaqillik 

sharoitida yosh avlodni tarbiyalash, shahsini kamol toptirish, e'tiqod va 

maslaklarini shakllantirish, ma'naviy- ahloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi.  

Ma'rifat darg'asi Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yohud ahloq” asarida 

pedagogika faniga quyidagicha ta'rif bergan edi: 

“Pedagogiya - ya'ni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi ahloqning asosi tarbiya . 

. . bolaning salomatliligi, saodati uchun uni yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok 

tutmoq, unga yaxshi hulqlarni o'rgatmoq, yomon hulqlardan saqlab o'stirmoqdir”. 



 

Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda 



yuksak ma'niviyatni, milliy mafkurani shakllantiruvchi, qonun - qoida va 

metodlarni o'rganuvchi hodisalar doirasidagi fandir. 

Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o'zining nazariy, ilmiy va amaliy 

asoslariga ega. 

Pedagogikaning nazariy asoslari: Pedagogika fanining nazariy asoslari inson 

kamolotiga qaratilgan, halq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va 

metodik manbalarga O'rta Osiyo va jahon ma'rifatparvar, mutafakkir olimlarning 

asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o'qitishning qoida va umumiy 

qonuniyatlariga asoslanadi. 

Pedagogikaning milliy asoslari: Pedagogikaning milliy asosi ta'lim masalalarini har 

bir millatning milliy merosi bilan umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlarni  

holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o'ziga xos meros va qadriyatlariga 

suyangan holda tarbiyashunoslik masalalarining milliy asosda yosh avlodga 

etkazish mazmuni, shakli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir. 

Bir so'z bilan aytganda, bugungi pedagogika fani haqli ravishda tabiatni oliy 

mahsuli-insonning ma'naviy-ma'rifiy shakllanishi uning shahs sifatida rivojlanishi 

va mustaqil fikr yurituvchi komil inson bo'lib etishishi yo'lidagi qonuniyatlarini 

o'rgatuvchi fan sifatida jamiyatda o'z o'rnini topishi lozim. 

Bu esa insoniyat o'zligini anglashga yangicha yondoshish faqat uning o'ziga, 

jamiyatga, tabiatga munosabatlarida emas, balki uning faoliyatida ilmiy-amaliy, 

islohiy o'zgarishlar sodir etib, yangicha fikrlash asoslarini egallashga zamin 

yaratadi. har qanday mutahassis o'zligini anglashi fuqaro ma'naviy-intellektual etuk 

shahs bo'lib etishishi uchun pedagogika asoslaridan etarli habardor bo'lishi shart. 

                                                                                    

 

 

 




 

               Kurs ishining maqsadi:



  

  

 Umumiy  o’rta-ta’lim  maktablarida  matematika  ta’limi  jarayonida  tarbiya 

muammolarini  o’rganish.     


Download 381,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish