KIRISH
“ Inson qalbiga yo’l avvalo, ta’lim-
tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari
ichida eng ulug’i maktab bo’lsa ,
kasblarning
ichida
eng
sharaflisi
o’qituvchilik va
murabbiylikdir “
I.Karimov
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash , halqimizning azaliy
orzusi bo'lib ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh
avlodga o'rgatish - ularni komillikka etaklash yo'llari, qonun - qoidalarni muttasil
izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Chunki,
insonni ma'rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining
etakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika - grekcha so'z bo'lib "paydogogos"
- bola etaklovchi ma'nosini anglatadi. Insonlarning ma'rifiy va ma'naviy
barkamollikka munosabatlarini o'zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani
to'g’ri hayotga boshlash san'ati) fani halq orasida o'z mavqeiga ega bo'ldi. Shu
tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi
qatoridan alohida o'rin egalladi. Uning bosh masalasi tarbiyadir.
Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog’langan holda
barkamol insonni voyaga etkazishni o'zida mujassamlashtiradi.
Insonni tarbiyasi haqidagi g'oyalar, qoidalar, yozma yodgorliklarda, halq og’zaki
ijodida asoslab berilgan bo'lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o'z mavqeini
mustahkamlaydi.
Zotan, ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar.
Imom al-Buhoriy, Iso at-Termiziy, Beruniy, Az-Zamahshariy, Navoiy, Bobur,
Ogahiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo'lpon singari ulug’'
olimu adiblar, fozilu fuzolalar ta'lim-tarbiya borasida ko'p asarlar bitganlar.
Sharq pedagogikasining asoschilari hisoblanmish Forobiyning "Fozil odamlar
4
shahri", Yusuf Hos Xojibning "qutadg’u bilig" asari Alisher Navoiyning "Mahbub
ul-qulub"i, Kaykovusning "Qobusnoma"si, Voiz Koshfiyning "Futuvvatnomai
Sultoniy" asari kabilar bunga dalilldir. Tarixdan ma'lumki, bir vaqtlar SHarq
pedagogikasi gullab-yashnagan. Olmon olimi Herler "SHarq Еvropaning
muallimidir" deganda ana shu rivojlanish davrini ko'zda tutgandir, ehtimol.
Bugun respublikamizdagi barcha oliy o'quv yurtlarida pedagogika fanini kiritilishi,
ya'ni har qanday kasb-ixtissoslik egasi pedagogika asoslaridan habardor bo'lishini
ta'minlash zamirida inson kamoloti yotadi.
Qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning milliy modelidagi bosh
muddaosi komil inson tarbiyasi, mustaqil fikrlovchi ijodkor shahsni tarbiyalash
masalalaridir. Bu vazifani esa pedagogika asoslaridan habarsiz kishi me'yoriga
etkazishi amrimaholdir.
Ushbu ma'noda bo'lajak o'qituvchilar oldiga qo'yiladigan yangi pedagogik
tafakkurni shakllantirish vazifasi bugungi pedagogika fanining mohiyatini tashkil
etadi shuningdek, jamiyat oldiga ko'ndalang turgan milliy maktab modelini
yaratish milliy ta'lim tizimini uning mazmunini jahon tajribasi mezonlariga mos
davlat standartlari asosida yaratish vazifasini hal etish o'zbek pedagogikasi
fanining ham oldiga qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasidagi pedagogik oliy o'quv yurtlarida o'rganiladigan
pedagogika fani o'qituvchilik kasbiga tayyorlash tizimida alohida o'rin tutadi va
ihtisosga yo'naltiruvchi fan hisoblanadi.
Mazkur o'quv fani o'zbek halqining milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari, halq
pedagogikasi aqidalariga asoslanib, bo'lajak o'qituvchini milliy mustaqillik
sharoitida yosh avlodni tarbiyalash, shahsini kamol toptirish, e'tiqod va
maslaklarini shakllantirish, ma'naviy- ahloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi.
Ma'rifat darg'asi Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yohud ahloq” asarida
pedagogika faniga quyidagicha ta'rif bergan edi:
“Pedagogiya - ya'ni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi ahloqning asosi tarbiya .
. . bolaning salomatliligi, saodati uchun uni yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok
tutmoq, unga yaxshi hulqlarni o'rgatmoq, yomon hulqlardan saqlab o'stirmoqdir”.
5
Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda
yuksak ma'niviyatni, milliy mafkurani shakllantiruvchi, qonun - qoida va
metodlarni o'rganuvchi hodisalar doirasidagi fandir.
Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o'zining nazariy, ilmiy va amaliy
asoslariga ega.
Pedagogikaning nazariy asoslari: Pedagogika fanining nazariy asoslari inson
kamolotiga qaratilgan, halq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va
metodik manbalarga O'rta Osiyo va jahon ma'rifatparvar, mutafakkir olimlarning
asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o'qitishning qoida va umumiy
qonuniyatlariga asoslanadi.
Pedagogikaning milliy asoslari: Pedagogikaning milliy asosi ta'lim masalalarini har
bir millatning milliy merosi bilan umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlarni
holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o'ziga xos meros va qadriyatlariga
suyangan holda tarbiyashunoslik masalalarining milliy asosda yosh avlodga
etkazish mazmuni, shakli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.
Bir so'z bilan aytganda, bugungi pedagogika fani haqli ravishda tabiatni oliy
mahsuli-insonning ma'naviy-ma'rifiy shakllanishi uning shahs sifatida rivojlanishi
va mustaqil fikr yurituvchi komil inson bo'lib etishishi yo'lidagi qonuniyatlarini
o'rgatuvchi fan sifatida jamiyatda o'z o'rnini topishi lozim.
Bu esa insoniyat o'zligini anglashga yangicha yondoshish faqat uning o'ziga,
jamiyatga, tabiatga munosabatlarida emas, balki uning faoliyatida ilmiy-amaliy,
islohiy o'zgarishlar sodir etib, yangicha fikrlash asoslarini egallashga zamin
yaratadi. har qanday mutahassis o'zligini anglashi fuqaro ma'naviy-intellektual etuk
shahs bo'lib etishishi uchun pedagogika asoslaridan etarli habardor bo'lishi shart.
6
Kurs ishining maqsadi:
Umumiy o’rta-ta’lim maktablarida matematika ta’limi jarayonida tarbiya
muammolarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |