1.2-§. Uzluksiz ta’limda barkamol shaxsni tarbiyalash masalalari
Tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar
o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik
jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-
tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil
etishga hizmat qiladigan hulqiy odatlar hosil bo'ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to'g’ri
uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan ma'lum munosabatda bo'ladi. Bu munosabat
shaxsning ichki ehtiyoj va hoxishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning
tadqiqotlari shaxsga tashxis omillarning hox salbiy, hox ijobiy ta'siri bolaning
ularga munosabatiga bog’liqligini ko'rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas,
balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday
anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o'zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi
zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida
kechadi.
Tarbiya jarayonida o'quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham
o'stirib borish, unda jamiyatning shahsga qo'yadigan ahloqiy talablariga muvofiq
keladigan hulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun
o'quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi. Agar bularning
birortasi e'tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya
jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi. U o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning
ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy
tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o'quvchilar jamoasi manfaati va istagi
asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o'zini o'zi anglash
jarayoni yuzaga keladi. Bola o'z hulqi, hatti-harakati uchun jamoa oldida
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol
qatnashchisi bo'lib qoladi.
11
Tarbiyani samarali yo'lga qo'yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya
jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya
jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi.
Tarbiyachi bola shaxsining o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat o'sish,
menat, ijtimoiy ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik yordami bilan maxsus ta'sir
etish muhimdir.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi.
Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi
tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya mazmuni
ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum
shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi
A.Avloniy aytganlaridek: “Ilm insonlarning madori, hayoti,porloq kelajagi,
rahbari, najotiga aylangan”. Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas fazilatdir.
Shuning uchun ham avvalambor ilmli, tarbiyali bo’lmoq har bir yosh barkamol
shaxsning burchi hisoblanadi.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida
tashkil etiladi. Ta’lim- tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning
rivojlanish yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim - tarbiyaning
asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.
Tarbiya jarayonining natijasi.Ta’lim- tarbiyaning natijasi yuksak ma'naviy va
ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu
jarayon ikki tomonlama bo'lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o'quvchi
shaxsining o'zi tomonidan faollik ko'rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda
pedagog etakchi rol o'ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari
mohiyatini tushunadi, maqsad yo'lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan
12
yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab
oladi va ta’lim- tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan
muvaffaqqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin.
Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir.
Shaxsning ko'pdan-ko'p hislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o'zaro
mustahkam bog’langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas,
balki yaxlit ravishda rivojlanadi.
Bola o'sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib,
chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aq liy,
g’oyaviy-siyosiy, ahlohiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda
huquqiy tarbiya berish, o'quvchilarning ongi, hulq-atvori va faoliyatining birligi,
shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy
shakllarini qo'shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga
keltirish va bu tizim g’oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning
atrof-tevarak, jamiyat, odamlar hamda o'ziga nisbatan munosabatlari doirasini
vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy
munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo'lsa, uning ma'naviy
dunyosi shunchalik boy bo'ladi.
O'z tabiatiga ko'ra tarbiya jarayoni ko'p omilli harakterga ega. Ya'ni, bola
shahsining qaror topishi oila, ta'lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit,
shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta'sirlar ostida ro'y
beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir hil harakterda bo'lmaydi. Bu narsa
o'quvchilarning psihologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy
hususiyatlari, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasi, shaxsiy pozitiyasiga bog’liq.
Tarbiya jarayoni odatda, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini qayta tarbiyalash,
bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida
13
vujudga keladigan munosabatlar va ularning hususiyatlarini bartaraf etish bilan
olib boriladi.
O'zini o'zi tarbiyalash shaxsni o'zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni
hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy hislatlarni bartaraf etishga
qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi.
O'z-o'zini qayta tarbiyalash shaxsning o'zidagi salbiy odatlar, harakteridagi
zararli sifatlarni yo'qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati
jarayonidir. Bola hulqidagi «o’qish»lar oiladagi nosog’lom muhit, ota-onaning
tarbiyada yo'l qo'ygan hatolari, o'qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida
vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy hulqni hosil qilgan sabab,
sharoit o'zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta'sirini oila,
shu jumladan, ota-ona ham ma'qullashi lozim.
Demak, qayta tarbiyalash o'quvchining o'zigagina emas, balki uning ota-
onasiga ham qaratilishi lozim bo’ladi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |