3.2-
§
.O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi matematika fanlarini
o’qitishda o’quvchining qobiliyatlarini namoyon etish, rivojlantirish,
muloqot madaniyatini tarbiyalash
Matematika o’quvchilarda iroda , diqqatni to’plab olishni , qobiliyat va
faollikni, tasavvurini, shaxsning ahloqiy sifatlarini mehnatsevar, intizomli,
mustaqil , hamda o’zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya
himoya qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Matematikani o’rganishda o’quvchilar o’zlarining fikr, mulohazalarini aniq
va tugal , lo’nda va mazmunli bayon qilishga , matematik yozuvlarni
tushunarli , batartib , bajarish malakalarini egallaydilar.
Matematikadan darslarni rejalashtirish va tashkil etishda o’tilgan
mavzularni amaliy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar ko’proq anglab olishi
va o’zlashtirishiga qaratish muhim. Buning uchun esa ham nazariyani
o’rganishda , ham masalalar yechishda , og’zaki va yozma ko’rinishdagi
ishlarni ratsional tarzda olib borish lozim bo’ladi.
Kasb –hunar ta’limi o’quvchilarining kasb-hunarga moyilligini,
layoqatlarini,bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan
yo’nalishlari bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi.
O’rta maxsus ,kasb-hunar ta’limidan o’rin olgan matematik ta’limning maqsadi,
mazmuni va vazifalari umumta’lim fanlari davlat ta’lim standartlarida qayd
etilgan akademik litseiy va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’zlashtirishlari
zarur bo’lgan umumta’lim fanlari maqsadi vazifalari va mazmuniga qo’yilgan
talablardan kelib chiqadi. Matematika fanlarini kasb –hunar kollejlarida o’qitish
metodlari va vositalarini tanlashda ;ayniqsa nazariy bilimlarni mystahkamlash ,
fanga qiziqtirish,fanni bo’lg’usi kasb bilan bo’g’lashda amaliy mazmunli
masalalarni o’quvchilarga tavsiya etishda ular tanlagan soha xususiyatlaridan
kelib chiqish maqsadga muofiqdir. Matematika fanlarini o’qitish jarayoni
o’quvchilarning matematik tafakkurini uzluksiz rivojlantirish jarayonidir.
24
O’quvchilar matematik tafakkurini rivojlantirish uchun avvalo tafakkur
metodlari yordamida ularning matematik tafakkur darajasini aniqlash zarur.
O’quvchining uy vazifasini bajarish va mustaqil bilim olish, qo’yilgan muammoni
paydo bo’lishi , uni hal qilish imkoniyatlari to’g’risida o’ylash , masala yoki
topshiriqni yechishga kirishish, yechish variantlari, yo’llari va usullarini tanlash,
yechish davomida vaqti-vaqti bilan ichki nutqning tashqi ko’chib turishi, psixo-
fiziologik xatti-xarakatlarning namoyon bo’lish jarayonini kuzatish orqali uning
faoliyatiga baho beriladi. O’quvchi m’lum bir muammoni hal qilish maqsad qilib
olingan suhbat qurish orqali uning matematik tafakkuri , aql- zakovati ,mulohaza
yuritish uslubi aniqlanadi. Suhbat yordamida oz’-o’zini nazorat qilish , o’z-o’zini
baholash , tafakkurning tanqidiyligi , mahsuldorligini, teranligi kabi fikr yuritish
xususiyatlarini o’rganish mumkin. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan
ko’rgazmali qurollar , chizmalar, yozilgan yozma ishlar ,ishlangan misol va
masalalarni tahlil qilish orqali o’quvchining ijodkorligi , topqirligi, idroki, fikr
yuritish doirasi haqida hulosalar chiqariladi. O’quvching matematik tafakkurini
rivojlantirish uchun matematik tushunchalar, obyektlarga to’g’ri ta’rif
berishga,ularni tahlil qilishga va umumlashtirishga ,o’z fikrini to’g’ri , ravon va
aniq bayon etishga o’rgatish, mustaqil ravishda hukm va xulosa chiqarish
ko’nikmalarini shakllantiradi.
25
XULOSA
Prezidentimiz ISLOM KARIMOV aytganlaridek yoshlarimiz bizdan ko’ra
bilimli kuchli ,sog’lom bo’lmoqliklari va albatta yurtimizni dunyoga tanitishlari
kerak buning uchun esa biz bo’lajak o’qituvchilar toliblarimizni yuksak madaniyat
egasi qilib tarbiyalashimiz ularda vatanga yurtga bo’lgan muhabbatni
shakillantirishimiz lozim.
“Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda,
qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan TA”LIM-TARBIYASI
uning yetuk shaxs va malakali mutaxasis bo’lib shakillanishida ulkan ahamiyatga
ega ekani shubhasiz”
Mustaqillik yillaridan boshlab ta’lim – tarbiya jarayoniga katta e’tibor
berila boshladi. Juda ko’plab ta’lim muassasalari, ta’lim dargohlari barpo etila
boshladi. Barcha sohalarda yoshlarimizga imkoniyatlar eshiklari ochildi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning qobiliyatlarini, imkoniyatlarini
hisobga olgan holda ularni ma’lum bir kasbga yo’naltirish lozim bo’ladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari ,o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limlarini
zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlanishi biz yoshlarga yaratib
berilayotgan imkoniyatlardan biridir.
Mustaqil yurtimizning ma’naviyati ,ertangi kelajagini qurayotgan buyuk
davlatimizning mustahkam poydevoridir. O’quvchilarning ma’naviy
madaniyatini tarkib toptirish uchun barcha ta’lim muassasalarida tarbiyaviy
ishlarni tog’ri tashkil etish, tarbiyaviy soatlarni o’tkazishni ommalashtirish ,
darsdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarni ko’proq tashkil etish
maqsadga muofiqdir.
Tarbiyachilarni tayyorlash dasturi o'qitish jarayonida yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish o’yinlardan, vositalardan foydalanib dars
o’tishlari zarur bo’ladi.Ta’lim –tarbiya olgan yoshlarimiz chet davlatlarga
chiqib o’z bilim malakalarini rivojlantirmoqdalar.
26
LUG’AT
Do'stlaringiz bilan baham: |