Mashinasozlik tехnologiyasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/188
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#253435
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   188
Bog'liq
raqamli dasturda boshqariladigan texnologik zhixozlari va tizimlari

4 – jadval  
Datchik 
 
Izoh 
Ishqalanma  
Impulsli  datchik  bilan  bog‗langan  ishqalanma  gardish  detalni 
aylanib  o‗tishiga  bog‗liq  holda  detal  parametriga  proporsional 
sondagi impuls beradi 
Ultra - tovushli 
Ultratovush  to‗lqinlari  datchigidan  nurlanuvchi  impuls  detalni 
tegadi  va  har  bir  aylanib  o‗tishda  qabul  qilgichda  signal  hosil 
qiladi.  Qabul  qilgichdagi  impulslar  orasidagi  vaqt  detal 
parametriga proporsional bo‗ladi 
SHchupli  
O‗lchash  RDB  tizimi  yordamida  avtomatik  boshqariluvchi 
tutashuv indikatori (shchup) bilan yoki avtonom monitor bilan 
amalga oshiriladi  
Foto – elektrik 
Soyali bir tomonlama usul shundan iboratki, bunda cheklangan 
yorug`lik  dastasi  differensial  fotodiodga  tushadi.  Ayri  (vilka) 
ning siljishini o‗lchagan holda detal razmerlari aniqlanadi  
Soyali  
Soyali ikki tomonlama usul shundan iboratki, bunda lazerning 
nurlanuvchi  dastasi  detalni  ko‗zgu  yordamida  ikki  tomonidan 
paypaslaydi.  Foto  qabul  qilgich  o‗rnatilgan  qiymatdan  oishini 
baholaydi, bundan esa detal o‗lchamlari aniqlanadi  
Differensial  
O‗lchash  tizimi    ayri  ko‗rinishdagi  differensial  o‗lchash 
qurilmasini  ifodalaydi.  Detalni  aniq  o‗lchashni  pnevmatik, 
hajmiy, o‗lchash va akustikaviy datchiklar ta‘minlaydi 


Optikaviy  
Ayri  shaklidagi  optikaviy  tizim  video  kuchaytirgich  va 
televizion  qabul  qiluvchi  naycha  bilan  ulangan.  Qatorlar 
orasidagi masofa o‗lchashning sonli miqdorini beradi 
Kontaktli tutashuvli  Servoyuritma  bilan  ishlaydigan  tutashuvli  qo‗zg‗aluvchan 
o‗lchash tizimi 
Akustik 
Devorcha 
qalinligini  ultratovush  yordamida  o‗lchash. 
Detalning  ichki  va  tashqi  devorchalari  orasida  impulsning 
tarqalish vaqti o‗lchanadi. 
Akustik  o‗zgartirgichlar  keng  qo‗llanilmoqda.  Bu  o‗zgartirgichlar 
kesishdagi  plastik  deformatsiya  va  yemirilish  natijasida  energiyani  ajralishi 
natijasida  xosil  bo‗luvchi  va  kesuvchi  asbobga  va  zagotovkaga  tarqaluvchi 
(akustik  impulslarning  chastotasi  dastgoxni  suruluvchi  qismlarini  shovqini  va 
titrashi  chastotasidan  yuqori  bo‗ladi)  signallarni  qabul  qiladi.  Bu 
o‗zgartirgichlarni  afzalligi  yuqori  chastotadagi  signallarni  qabul  qilishi, 
kesuvchi  asbobga  o‗rnatish  osonligi,  konstruksiyasini  soddaligi  va  olingan 
signallarning oson qayta ishlanishidir. 
Kesuvchi  asbobning  eyilishini  bilvosita  usullaridan  keng  tarqalgan  usuli 
bu  kesuvchi  qirradagi  temperaturani  o‗lchashga  asoslangan  usuldir.  Bunda 
temperatura termoelektrik va termoximik usullarda o‗lchanadi. Birinchi usulda 
asbobning  kesuvchi  qismini  temperatrasi  suniy,  yarim  suniy  va  tabiiy 
termoparalar 
yordamida 
bajariladi. 
Temperaturani 
o‗lchashni  tabiiy 
termoparadan  foydalanish  usuli  keng  tarqalgan.  Chunki  bu  termoparalarni 
sezgirligi,  inersiyasi  yo‗qligi  va  ishonchliligi  yuqori  bo‗ladi.  Uni  kamchiligi 
tarirovka qilishni murakkabligidir va foydali signalni turli buzuvchi signallardan 
himoya qilish zarurligidir.  
Pirometr  yordami  bilan  temperaturani  o‗lchash  usuli  kesuvchi  asbob 
yuzalaridagi  temperaturani  tarqalishini  aniqlashga  imkon  beradi.  Bu  usulning 
kamchiligi 
kontakt 
zonasida 
issiqlik 
nurlanishini 
bir 
miqdorda 
intenferensiyalanishidir.  Bu  esa  natijani  olishga  va  pirometrik  kolibrlashda 
xatolikka olib keladi. 
Kesishdagi  temperaturani  o‗lchash  uchun  (masalan,  tokarlik  ishlov 
berishda)  optik  pirometrlardan  oydalaniladi.  Bu  asbobning  maksimal  stabil 
emasligi pezoelektrik ±3% ni tashkil qiladi. 
Temperaturani  o‗lchashni  termoximik  usuli  xozirda  keng  tarqalmagan. 
Ishlov berish jarayonida keskichdagi o‗lchamli eyilish tufayli keskich ushlagich 
va ishlov berilgan yuza orasidagi masofa qisqaradi. 
Ko‗rsatilgan  o‗lchamni  nazorat  qilishda  elektrik  va  pnevmatik 
o‗zgartirgichlardan, bundan tashqari ultratovush qurilmasidan foydalaniladi. 


Elektrik o‗zgartirgichlar keskich  ushlagichga o‗rnatiladi va uni  ishlov berilgan 
yuzani  bevosita  nazorat  qiladi.  Bu  usulning  yaxshi  tomoni  ishlov  berilgan 
yuzani  siljishi  qayd  qilinadi,  kesuvchi  asbobga  tegilmaydi.  Lekin  keskichning 
temperaturada  kengayishi,  shupni  detal  bilan  ishqalanishi  natijasida  yeyilishi, 
ishlov  berilgan  yuzadagi  tirqalgan  yuzalar,  zagotovkaning  titrashi  va  boshqa 
zararli omillar avtomatik o‗lchashni qiyinlashtiradi. 
Pnevmatik o‗zgartirgichda esa o‗lchovchi soploni sirt yuzasi bilan to‗sish 
qopqog‗i rolini o‗ynovchi ishlov berilgan yuzi orasidagi masofa o‗lchanadi. 
Kesish  jarayonida  kesuvchi  asbobning  yeyilishi  ko‗rsatilgan  masofani 
o‗zgarishiga  olib  keladi  va  shunga  mos  ravishda  o‗lchov  kamerasida  bosim 
o‗zgaradi.  Bu  o‗zgarishga  qarab  eyilishni  miqdori  to‗g‗risida  xulosa 
chiqarishimiz  mumkin.  Bu  uslning  afzalligi  shundaki,  keskichni  yeyilishini 
o‗lchash  kesuvchi  qirra  yaqinida  amalga  oshirish  mumkin,  kamchiligi  olingan 
natijalarga  yuzaning  egriligi,  uni  g‗adir  budurligi  va  o‗lchovchi  soploni 
tayyorlash aniqligi ta‘sir qiladi. 
Ultra  tovushli  qurilma  ultra  tovush  generatoridan  foydalanishga 
asoslangandir.  Bu  qurilma  keskich  ushlagichga  o‗rnatiladi.  Kesish  jarayonida 
ishlov berilgan yuzadan qaytgan impulslarni kelish vaqti o‗lchanadi qaysiki bu 
vaqt  keskichning  eyilishi  oshishi  bilan  kamayadi.  Bu  qurilmaning  kamchiligi 
konstruksiyasining murakkabligidir. 
Toza  ishlov  berishda  kesuvchi  asbobning  eyilishini  ishlov  berilgan  yuza 
tozaligiga  qarab  aniqlashimiz  mumkin.  Bunda  optik  o‗zgartirib  beruvchilar 
ishlov  berilgan  yuzaning  qaytarish  qobiliyatini  o‗zgarishini  qayd  qiladi.  Bu 
o‗zgarish 
kesuvchi 
asbobning 
o‗tmaslashishidan 
kelib 
chiqadi. 
Konstruksiyasining murakkabligi va keng qo‗llash imkonini bermaydi. 
Kesish jarayonini chiquvchi parametrini (detalni diametri) nazorati uchun 
asosan o‗lchovchi o‗zgartirgichlarni ikki tipi ishlatiladi  – o‗lchovchi barmoqni 
uchini  ishlov  berilgan  yuzaga  doimo  tegishib  turuvchi  (vibrogeneratorli  va 
dumalab o‗lchovchi rolikdan foydalanilsa) va tegishishmovchi (bezkontaktnыy)  
(pnevmatik  va  optik).  Aylanayotgan  detalni  shakli  va  o‗lchamini  katta  aniq 
optik  o‗zgartirgichlar  ikki  detektorli  o‗lchash  sxemasidan  foydalanilganda 
erishiladi.  Buni  natijasida  o‗lchash  aniqligiga  texnologik  sistemani    asosiy 
elementlariga issiqlik va kuch deformatsiyalarini ta‘siri yo‗qoladi. 
Tokarlik  ishlov  berish  jarayonning  o‗ziga  xosligi  (qirindi  va  SESni 
ko‗pligi), katta tezlikda ishlash kerakligini o‗lchashni kontaktli usullarini keng 
qo‗llash imkoni bermaydi. Bunda birinchi navbatda barmoq uchini tez eyilishini 
va  o‗lchash  aniqligiga  barmoqni  bosish  kuchini  ta‘sir  etishini  hisobga  olishga 


to‗g‗ri  keladi.  Bu  esa  tegmaydigan  o‗lchovchi  o‗zgartirgichlarni  keng 
qo‗llashga sabab bo‗layapti. 
Soplo  –  to‗sqich  tipidagi  tegmaydigan  pnevmatik  o‗zgartirgichni  qator 
afzalliklari 
mavjud: 
ishlatish 
ishonchliligi, 
vibratsiyaga 
befarqliligi, 
konstruksiyasini  oddiyligi  va  uni  tayerlash,  texnologikligi  va  boshqalar.  Ishlov 
berilgan  yuzadagi  qiyshiqliklarni  ta‘sirini  pnevmatik  o‗lchovchi  skobkadan 
foylanib kamaytirishimiz mumkin. 
Optik    o‗zgartirgichning  bir  qancha  afzalliklari  mavjud  bo‗lib,  bularga 
nazorat  qilishni  kesish  zonasiga  yaqinligi  va  o‗zgartirgichni  konstruktiv 
elementlarini o‗lchanayotgan oboektdan ancha yuqorida joylashtira olishimiz. 
Detalning  yuza  qatlamini    nazorat  qilish  uchun  quyidagi  usullar  mavjud  (№5 
jadval).  Bu  usullarda  parametrlar  sifatini  faqat  ishlov  berishdan  keyin 
baholashimiz  mumkin.  Juda  yuqori  aniqligiga  qaramay  bu  usullarni  qator 
kamchiliklari  bor,  ya‘ni  ular  avtomatlashtirilgan  sistemalarni  qurish  uchun 
yaramaydi. 
Shuning  uchun  ishlov  berilgan  yuzadan  avtomatlashgan  nazorat  uchun 
foydalanilgan.  Bunda  simli  datchikda  plastinka  va  detal  orasidagi  simni 
o‗lchash  orqali  yuza  tozaligi  to‗g‗risida  xulosa  chiqarishimiz  mumkin.  Bunda 
etalon  qildib  olingan  yuza  bo‗yiga  kolibrovka  qilinadi  va  bu  etalonga  ishlov 
berish jarayonida o‗lchashlar solishtiriladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish