Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


Bilim,  uquv  va  ko  'nikmalarni  baholash



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/146
Sana31.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#252863
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi - pedagogik fan sifatida

Bilim,  uquv  va  ko  'nikmalarni  baholash.  o’quvchilarning  og’zaki  javoblari 
ularning  bilimlarini  aks  ettiradi  va  o’qituvchi  tomonidan  har  bir  o’quvchining 
qanday  o’zlashtirayotganligini,  u  o’quv  materialini  qanchalik  egallaganligini 
ko’rsatuvchi  baholar  bilan  qadrlanadi.  Shuning  bilan  biiga  ular  ma'lum  darajada 
o’qitishning  sifatini  ham  aniqlaydi,  chunki  o’quvchilar  bilimi  uning  asosiy 
o’lchovidir. 
Bilimlarni  baholash  intensivligini  oshirish  uchun  bir  necha  o’quvchiga  bir 
vaqtda  so’rash  uslubini  qo’llash  mumkin.  Masalan,  bir  o’quvchi  sinf  oldida 
o’qituvchiga  javob  beradi,  2-3  o’quvchi  didaktik  dasturlashtirilgan  kartochkalar 
bilan ishlaydi. 
O’quvchilar  bilimini  baholashda  materialni  ular  qanchalik  aniq  va  ravon 
tushunganliklari,  javobning  aniq  va  to’liqligi,  shuningdek,  shakli,  ya'ni  bilimni  bayon 


qilishning  izchilligi  va  to’g’riligi  hisobga  olinadi.  Tabiatshunoslik  bo’yicha 
o’quvchilar bilimlarini baholashning o’lchovlarini sinflar bo’yicha keltiramiz. 
1- sinf. 1- sinf yakunida o’quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak: 
Tabiat:  jonli  va  jonsiz  tabiat.  Yovvoyi  va  madaniy  o’simliklar,  daraxtlar, 
butalar,  maysalar.  Yovvoyi  va  uy  hayvonlari;  hasharotlar,  baliqlar,  qushlar, 
hayvonlar. 
Yil  fasllarining  asosiy  belgilari:  yashab  tuigan  joydagi  himoyaga  olingan  ba'zi 
o’simlik va hayvonlar. 
Tabiatda o’zini tutish qoidalari, o’zining shahri (qishlog’i)  haqidagi asosiy 
ma'lumotlar,  manzili,  transport turlari, ayniqsa,  ko’p tarqalgan  kasb-hunarlar, odam 
tanasining  a'zolari,  shaxsiy  gigiyena  qoidalari,  turli  fasllarda  sog’liqni  saqlash 
xususiyatlari,  ko’cha  harakati  qoidalari,  ota-onaning  ism-familiyasi,  iltimos  qilish, 
jamoat  joylarida  o’zini  qanday  tutishi  kerakligi.  o’zbekiston  shaharlarining  nomlari, 
dunyo  mamlakatlaridan  ayrimlarining  nomlari.  Shunday  qilib,  birinchi  sinfda  o’quv 
yilining  oxiriga  kelib,  bolalar  yil  fasllarining  xarakterli  belgilarini,  bir  nechta  buta, 
o’t  o’simliklarining  nomlarini  bilishlari  va  ularni  taniy  olishlari;  tabiatda  o’zini  tutish 
qoidalarini bilishlari hamda bajarishlari kerak. 
Ikkinchi  sinfda  “5”  baho  yil  fasllarining  ayrim  belgilarini  bilganlarga;  3-4 
daraxt,  buta,  o’t  o’simliklari  va  xona  o’simliklarini,  shuningdek,  qushlar  va 
hasharotlarning  3-4  turini  bilgan  va  farqiga  bora  olganlarga  qo’yiladi.  Bolalar, 
shuningdek, tabiatda muntazam kuzatishlar olib borgan va ularni “Kundalik kuzatish 
daftari”da  qayd  qila  olgan  bo’lishlari;  xona  o’simliklarini  to’g’ri  sug’ora  olishlari  va 
parvarish  qilishni  bilishlari;  shaxsiy  gigiyena  qoidalarini,  kun  va  ovqatlanish  rejimini 
bilishlari hamda bajarishlari kerak. 
“4”  baho  ham  “5”  bahodagi  o’lchovlar  bo’yicha  qo’yiladi,  hamma  javobda 
ba'zi noaniqliklarga yo'l qo’yilgan bo’ladi. 
“3” baho tabiatidagi o’z kuzatishlarini qayd qila olish, ular to’g’risida ravon 
so’zlab bera olish uquvlarini yetarli egallamagan o’quvchilarga qo’yiladi. 
Salbiy baho qo’yilmaydi. 
3- sinf. Bu sinf o’quvchilari o’quv yili oxirida quyidagilarni bilishlari kerak: 
o  tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar, belgilar, jonli va jonsiz tabiatning o’zaro 
aloqasi. 2- sinfda olingan bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish; 
o  jonsiz tabiatning, havo, suv, tuproq, foydali qazilmalarning nomlari va farqli 
belgilari; 

mahalliy o’simliklarning nomlari va farqlari (beshtadan kam 
bo’lmagan daraxtlar, butalar, o’tlar); 

qishloq xo’jalik o’simliklariga ishlov berish usullarining elementar biologik 
asoslari; 

suv o’tlari guruhlari, moxlar, paporotniklar, xushbo’y hidligullovchi 
o’simliklarning ayrim farqli ko’rinishlari, o’simlikshunoslik - qishloq 
xo’jaligining asosiy qismi; 

hayvonlar guruhi: hasharotlar, o’rgimchaksimonlar, baliqlar, sudralib 
yuruvchilar, qushlar, hayvonlar va ularning farqli tomoniari; 

hayvon gurahlari o’rtasidagi o’xshash va farqli belgilar; 
mahalliy sharoitda keng tarqalgan hayvonlarning hayot tarzi va tashqi 
tuzilishi; 



o’rganilgan hayvonlarning tabiat, hayot va inson xo’jalik faoliyatidagi 
ahamiyati; 

o’simliklarning o’simliklar bilan, hayvonlarning o’simliklar bilan, 
hayvonlarning hayvonlar bilan o’zaro aloqalari, insonning jonli va jonsiz tabiat 
bilan o’zaro aloqasi; 
o insonlarning tabiatga sovuqqonlik bilan qarashlari, tabiat muhofazasi, tabiatda 
o’zini tutish qoidalari; 
o inson tana a'zolarining joylashishi, tuzilishi va nomlari; 
o tana tuzilishi, a'zolarning vazifalari haqida oddiy tasavvur; 
o  chekish va alkogol ichimliklarni iste'mol qilishning  organizmga zararli 
ta'siri; 
o sanitar - gigiyenik qoidalar. 
“5”  baho  o’z  joyida  eng  ko’p  tarqalgan  mavsumiy  hodisalar  to’g’risidagi 
to’liq  bilimlarga,  ular  o’rtasida  sabab-oqibat  bog’la-nishlarini  ko’rsatish  bilan  va 
o’zining  tabiatdagi  kuzatishlariga  tayanib  hikoya  qila  olish  uquviga,  o’z  joyida 
ko’proq tarqalgan o’simlik va hayvonlar, ularning yashash sharoitlari to’g’risida (darslik 
va  tabiatni  kuzatish  kundaligi  hajmida)  hikoya  qila  olish  uquviga;  o’z  joyidagi 
odamlarning  yil  fasllari  bo’yicha  mehnatlari  to’g’risida  aytib  bera  olish  uquviga 
qo’yiladi. 
o’quvchilar odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida aniq 
tasavvurga  ega  bo’lishlari,  tabiatda  muntazam  kuzatish  olib  borishlari  va  ularni 
“Kundalik kuzatish daftari”da  qayd  qilib borishlari;  havo haroratini to’g’ri  o’lchay 
olishlari,  gerbariylarni  rasmiylashtira  bilishlari,  kundalik  materiallarga  oid 
kuzatishlariga yakun chiqara olishlari kerak. 
“4” bahoni qo’yishda ham o’sha talablarga rioya qilinadi, biroq  bunda  bir  oz 
noaniqlikka yo'l qo’yilgan bo’ladi. 
“5” va “4” baholari o’quvchilarga faqat darslik materialini  bilganlarigagina 
emas,  balki  o’quv-tajriba  maydonidagi,  shuningdek,  ekskursiya  vaqtidagi  faol 
ishlariga,  kuzata  olishlariga  hamda  tabiatning  o’zidan  bilim  ola  bilishlariga  ham 
qo’yiladi. 
“3”  baho  tabiat  to’g’risidagi  noaniqlik,  uzuq-yuluq  bilimlarga,  sabab-oqibat 
aloqalarini  aniqlay  olmaslikka, tabiatning mahalliy  hodisalari, o’simlik va hayvonlari, 
tabiatdagi  odamlar  hayoti  haqida  bilim  yetarli  bo’lmaganda,  tabiatda  kuzatishlarni 
muntazam  olib  bormaganda  va  kuzatishlar  kundaligini  muntazam  yuritmaganda 
qo’yiladi. 
Salbiy baho qo’yilmaydi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish