Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

dinor  yoki  dirham  emas,  balki  ilmni  meros  qilib  qoldirganlar»  (imom  Termiziy 
rivoyati), hadisini keltiradilar» deb sharhlagan. 
Bugungi  kundagi  hanafiy  olimlaridani  biri  shunday  deydi:  «Mohir 
ustozlarning huzurida fiqhni o‘rganmagan kimsaning fatvo berishi mumkin emas. 
Ustozlar  huzurida  fiqhni  o‘rgangan  kishining  fatvo  berishi  mumkin 
bo‘lmaganidek, o‘zi (mutaqil ravishdA) fiqhiy kitoblarni mutolaa qilgan kimsaning 
ham fatvo berishi mumkin emas. Hatto u ahkom usullari, qoidalari va illatlari bilan 
tanishib chiqib, malaka hosil qilgan bo‘lsa ham, mo‘‘tabar kitoblarni boshqalardan 
ajratib olgan bo‘lsa ham mumkin emas».  
Hatto  Payg‘ambar  (alayhis-salom)  zamonlarida  Qur’on  oyatlari  nozil 
bo‘layotganini  o‘z  ko‘zlari  bilan  ko‘rgan  va  din  ilmlarini  U  zotdan  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri  olgan  sahobalar  ham  fatvo  berishdan  ehtiyot  bo‘lib  va  xato  qilishdan 
qo‘rqib javob berishni bir-birlariga havola qilib «falonchidan so‘ra» deganlar.  


98 
 
YUqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, barcha odamlarga, hatto 
u  diniy  kitoblarni  o‘qib  tushunsa  ham  diniy  masalalarda  fatvo  berishi  mumkin 
emas. Balki fatvo berish chuqur bilimli, shu sohada o‘zini ko‘rsatgan mutaxassis 
kishilarga mumkin bo‘ladi. Bu fikrni qo‘llash quyidagi rivoyat qo‘llaydi. Kishilar 
muhaddis  olim,  hanbaliy  mazhabi  asoschisi  Ahmad  ibn  Hanbaldan  yuz  ming 
hadisni yod bilgan odam fatvo bersa bo‘ladimi, deb so‘raganlarida, u kishi, yo‘q, 
deb  javob  berganlar.  So‘rovchilar  yodlanishi  lozim  hadislarning  sonini  yuz 
mingdan oshirib borganlar, imom Ahmad yo‘q, deb javob beraverganlar, besh yuz 
mingga etganlarida, umid qilaman, deganlar. 
Odamlar shariat bilimlarini bilish darajasiga ko‘ra xos va ommaga bo‘linadi. 
Xos  kishilar  muayyan  soha  bilan  shug‘ullanib,  uni  mukammal  o‘rgangan 
mutaxassislar hisoblanadi.  Omma  esa,  o‘zlarining kasblari bilan  mashg‘ul  bo‘lib, 
kerakli  vaqtda  mutaxassisga  murojaat  qilib,  o‘z  masalasini  xal  qiladilar.  SHariy 
hukmlar  masalasida  ham  xos  kishilar  –  mujtahid-faqihlar  shug‘ullanib,  ommaga 
uning  masalalarini  etkazib,  tushuntirganlar.  Omma  esa  unga  amal  qilgan.  SHariy 
nuqtai nazardan odamlar mujtahid va muqallidga bo‘linadi. Manbalarda mujtahid 
deb ijtihod qilish (muayyan ilmiy salohiyatga ega faqih olim shariatning mufassal 
dalillaridan  shar’iy  hukmlarni  chiqarib  olishi,  ya’ni  istinbot  qilish  jarayoni) 
faoliyati  bilan  shug‘ullanadigan  kishiga  aytilgan.  Mujtahid  olimlar  shariatning 
mustaqil manbasi emas. Balki mujtahid shariat qonunlarini sharhlovchisi va uning 
manbalarni tushuntiruvchisi deb tan olinadi. 
Omma  ijtihod  qila  olmaydigan,  boshqacha  qilib  aytganda,  mustaqil  tarzda 
shariat  manbalarini  tushunmaydi  va  ulardan  qanday  hukm  olinishini  bilmaydigan 
kishilardir.  Ular  mujtahidga  taqlid  qiladi  va  u  muqallid-taqlid  qiluvchi  deyiladi. 
Taqlid qiluvchi mujtahidning hukmiga amal qiladi. Musulmonlarning asosiy qismi 
shu  guruh  –  taqlid  qiluvchilar  guruhidan  iborat.  SHu  kungacha  yashagan 
musulmon  olimlarining  faoliyati  natijasida  mazhablar  jamiyatda  o‘z  o‘rniga  ega 
bo‘lgan.  Mazhabsizlik  va  shunga  o‘xshash  fikrlarni  islom  dushmanlari 
musulmonlar  orasida  tarqatishga  harakat  qilmoqda.  Olimlardan  SHoh  Valiulloh 
Dehlaviy  to‘rt  mazhabdan  biriga  taqlid  qilish  haqida:  «Bilginki,  ushbu  to‘rt 
mazhabning birini ushlashda (taqlid qilishdA) ummat uchun katta foyda va afzallik 
bor. Ulardan yuz o‘girishda katta fasod bor», degan. 
Aslini  olganda,  musulmonlar  Payg‘ambar  (alayhis-salom)ga  ergashadi, 
mujtahidlarga  taqlid  qiladi  xolos.  Ulamolarning  tutgan  yo‘llari  haqida  mashhur 
muhaddis Zahabiy: «Biz, to‘rt imom (Abu Hanifa, Molik, SHofeiy, Ahmad), ikki 
Sufyon (Sufyon Savriy va Sufyon ibn UyaynA), Avzoiy, Dovud Zohiriy, Ishoq ibn 
Rohuvayh va boshqa imomlar haq yo‘lda bo‘lganlar, deb ishonishimiz lozim. Ular 


99 
 
o‘zlari haqda aytilayotgan ayb (gap)lardan pok bo‘lib, ularga e’tibor qaratilmaydi. 
Boshqa  mujtahid  muayyan  bir  mazhabga  ergashishi  shart...  Ikki  haram  imomi 
(Juvayniy)  ta’kidlaganidek,  sahobiy  va  tobeiylarga  ergashib  bo‘lmaydi,  chunki 
ularning  mazhabi  yozilmagan  va  shakllantirilmagan.  Qozilik  masalalari  va  fatvo 
berishda  to‘rt  mazhabdan  boshqasiga  taqlid  qilinmaydi»,  degan.  Boshqa  bir  olim 
Tojuddin Subkiy shunday yozadi: «Ushbu to‘rt mazhab (hanafiy, molikiy, shofeiy, 
hanbaliy),  Alloh  rahmati  ila,  e’tiqodda  bir  bo‘lgan.  Ularning  ayrim  izdoshlari 
mo‘‘taziliylar  va  mujassimaga  qo‘shilib  ketganlariga  qaramasdan,  mutlaq 
ko‘pchiligi  haqiqatga  rioya  qilganlar...».  «Ahli  sunna  val-jamoa»  olimlari  to‘rt 
mazhabdan biriga taqlid qilish shart ekani borasida ixtilofga bormaganlar. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, islomdagi fiqhiy mazhablar musulmonlarning 
birligini  saqlashga  va  xalqning  diniy  hukmlarga  rioya  etishlaridagi  qiyinchiliklari 
oldini olishga xizmat qilgan. Biroq mazhablarni inkor qilish musulmonlar qalbiga 
turli shubhalarni solish barobarida sof islom aqidasini buzish va jamiyatda ixtilofli 
holatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish