shariat uzra (barqaror) qildik...» (Josiya, 18), oyatida shariat so‘zi «to‘g‘ri yo‘l»
ma’nosida kelgan. SHariat – islom huquqiga ko‘ra, ulamolar nazdida, Qur’on va
sunnatda kelgan ilohiy ko‘rsatmalar (hukmlar)ning majmuidir. Boshqacha
aytganda, islom dinining amaliy qismidir. Huquqshunoslar esa, islom qonunchilik
majmuini nazarda tutadilar.
«Fiqh» so‘zi lug‘atda «chuqur tushunish», «idrok etish», «bilish»
ma’nolarini bildiradi. Istilohiy ma’noda esa «fiqh» – shariat hukmlarini o‘rganish,
shariat qoidalarini barcha qismlari bilan anglash hamda qaysi maqsadda ishlab
chiqarilganini tushunish va o‘zlashtirilgan ushbu ilmni amalga tadbiq etishdir.
Fiqhning asosiy manbasi: Qur’on, sunnat, ijmo va qiyos.
91
Fiqh bilan chuqur shug‘ullangan olimlar faqihlar (fiqh olimi, huquqshunos)
deb nomlandi. Bular orasida eng ko‘zga ko‘ringan va fiqhiy mazhabi hozirgacha
etib kelgan mujtahid olimlar quyidagilardir: Imom Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit
Kufiy, imom Molik ibn Anas Madiniy, imom Muhammad ibn Idris SHofeiy va
imom Ahmad ibn Hanbal SHayboniy.
Mazkur mazhablar, aqida nuqtai nazardan bir xil, faqat fiqhiy jihatdan bir-
biridan farq qiladi. SHuningdek, bular bir-birini inkor etmaydi, balki qo‘llab-
quvvatlaydi. Mazhablarning maqsadi diniy manbalardagi matnlarni keng xalq
ommasiga oson tushuntirish bo‘lgan va bu bilan oddiy xalq o‘z kundalik
masalalarini tezda xal qilganlar.
«Mazhab» arabcha so‘z bo‘lib, «yo‘nalish», «yo‘l», «diniy ta’limot»
ma’nolarini bildiradi. Islom shariati va aqidasining muayyan bir tizimga solingan
holatdagi ko‘rinishi mazhab deyiladi. Ko‘rib o‘tganimizdek, mazhablar fiqhiy va
aqidaviy degan ikki qismga bo‘linadi. Fiqhiy mazhablar to‘rtta: hanafiy, molikiy,
shofeiy va hanbaliy. Aqidaviy mazhablar: moturidiylik va ash’ariylikdir.
Molikiy mazhabiga madinalik olim imom Molik ibn Anas Abu Abdulloh
(713-795) asos solgan. U «Madina imomi» unvoniga sazovor bo‘lgan. Imom
Molik Madina olimlari qarashlari asosida o‘z mazhabini shakllantirgan. SHuning
uchun ushbu imom Madina faqihlaridan fiqhni o‘rganib, ahli hadis qo‘llaydigan
uslubni qabul qilgan va ushbu qoida asosida o‘z shogirdlarini tarbiyalagan. Imom
Molik Qur’on, sunna va ijmoga tayanib hukm chiqargan. SHu bilan birga
madinalik olimlar ittifoqini ham hukm chiqarishda e’tiborga olgan. CHunki
Muhammad (alayhis-salom) shu shaharda yashagan va bu shahar aholisi
payg‘ambar va sahobiylarning ko‘rsatmalari hamda qilgan ishlarini mukammal
o‘zlashtirgani bilan ajralib turadi. Olim «al-Muvatto» nomli hadis ilmiga oid
to‘plam muallifi hisoblanadi va mazkur asar molikiy mazhabining asosiy manbasi
sifatida qadrlanadi. Muhaddis buning uchun qirq yil umrini sarflagan. Bu asar ilk
hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, bir necha ming hadisni o‘z ichiga olgan.
Imom Molik ibn Anasning shogirdlari orasida taniqli muhaddis va hanafiy
mazhabi faqihi imom Muhammad Shayboniy (vaf. 805 y.), shofi’iylik mazhabi
asoschisi Muhammad ibn Idris Shofeiy (vaf. 820 y.) bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham
bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya nikoh-oila va mulkka
oid huquqiga sezilarli ta’siri bor.
Muhammad ibn Idris SHofeiy (767-820) ham alohida mazhabga asos solgan.
Bu olim imom Molik va imom Abu Hanifaning katta shogirdi imom
Muhammaddan dars olgan. Shu nuqtai nazardan ushbu mazhabning huquq tizimi
xanafiylar va molikiylarning diniy-hukuqiy ta’limoti asosida ishlab chiqilgan, deb
92
aytish mumkin. Shunday bo‘lsada, u ko‘proq molikiylarga yaqin turadi. Boshqacha
qilib aytganda, ahli hadis va ahli ra’yning qarashlarini birlashtirgan hamda o‘ziga
xos uslubni yaratgan. Olim ijmo bo‘yicha ko‘proq ummat ijmosiga e’tibor
qaratgan bo‘lsa, shu mazhabning keyingi ulamolari olimlar ijmosini ham qabul
qilishga majbur bo‘ldilar. Shofeiylik ham boshqa mazhablar kabi Qur’on, sunna
ijmo va qiyosga tayanadi. Imom SHofeiyning «al-Umm» va «ar-Risola» kitoblari
ushbu mazhab usuliga asos bo‘ldi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, hijriy uchinchi-to‘rtinchi (milodiy 9-10)
asrlarda Markaziy Osiyoda SHofeiy mazhabi Hanafiy mazhabi bilan raqobat
qilgan. Uning yirik vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil
Qaffol SHoshiy (904-976) edi. U kishi fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot bo‘yicha o‘z
davrining mashhur olimlaridan bo‘lgan. Toshkentda vafot etgan, qabri Hastimom
(Hazrati Imom) madrasasi yonida joylashgan.
Hanbaliy mazhabi asoschisi Ahmad ibn Hanbal (780-855) hisoblanadi. Olim
yashagan Bag‘dod shahrida ilmu fan rivoj topishi bilan birga turli e’tiqodiy
qarashlar markazi bo‘lgan. Hanbaliy mazhabida Qur’on, sunnat, ijmo va
sahobiylarning so‘zlari asosiy o‘rin egallaydi. Qat’iy zarurat sezmagan holatlardan
tashqari qiyosdan foydalanmaydi. Barcha hadislarni va rivoyatni (sahobiylar
so‘zini) qiyosdan ustun qo‘ygan. Imom Ahmad xulafoi roshidin, sahobiylar,
tobeiylar, shuningdek, o‘zidan oldingi uch mazhab fiqhini o‘zlashtirgan.
CHunonchi u ilk marta fiqhni imom Abu Hanifaning shogirdi imom Abu
YUsufdan o‘rgangan. SHuningdek, «men hadis yozib olgan birinchi kishi Abu
YUsuf edi», deganidan hadisni ham shu kishidan olgani bilinadi. Keyinchalik
imom SHofeiydan ham fiqhni o‘rgangan. O‘zi esa, imom Buxoriyga ustozlik
qilgan. Hadis ilmi bo‘yicha «al-Musnad» asari juda mashhur hisoblanadi. Bu
kitobda qiriq ming atrofida hadis jamlangan bo‘lib, asar hanbaliy mazhabining
asosiy qarashlarini o‘zida ifoda etadi.
YUqorida keltirilgan fiqhiy mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Ular bir-
birining fikriga qarshi chiqmaydi va o‘zlarini boshqasi bilan teng deb hisolaydilar.
Mazhablar shariatning biror masalasida engilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishi
bilan ajralib turadi. SHuningdek, mazhablar o‘zi tarqalgan mintaqalar sharoitidan
kelib chiqqan holda fatvolar berganlar. Jumladan, shofeiy mazhabida tahoratdan
so‘ng yuz-qo‘linini artmaslik afzal hisoblansa, hanafiy mazhabida yuz-qo‘lini
artish afzaldir. Hanafiy mazhabi sovuq o‘lkalarda ham tarqalganini e’tiborga
olinsa, shofeiy mazhabi asosan issiq o‘lkalarda yoyilgan. Mazhablar turlicha
bo‘lishiga qaramay asoschi mujtahidlarning barchasi bir-biriga ustoz-shogird
martabasidadir. Ular bir-birlarining mazhabini tan oladilar. To‘rtta mazhab ham
93
hijriy ikkinchi asrning o‘zida shakllanib ulgurgan. Ammo musulmon kishi ushbu
mazhablarning faqat bittasiga amal qilishi lozim deb uqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |