Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik


  Imom  Abu  Hanifa  va  hanafiylik  mazhabi



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

3. 
Imom  Abu  Hanifa  va  hanafiylik  mazhabi.  Hanafiylik  mazhabi 
asoschisi Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) bo‘lib, «Imomi A’zam», ya’ni 
eng  buyuk  imom  laqabi  bilan  mashhur  bo‘lgan.  Mazkur  mujtahid  olim  Kufa 
shahrida tug‘ilib shu erda vafot etgan. 
Bu olim sunniy mazhablar asoschilari orasida yoshi eng kattasi hisoblanadi. 
Rivoyatlarga ko‘ra  Abu  Hanifaning bobosi  o‘g‘li  Sobitni sahobiy  Ali  oldiga olib 
kelib, uning haqiga duo qilishlarini so‘raydi. Hazrat Ali Sobitni o‘zi va zurriyotiga 
barakot  so‘rab  duo  qiladilar.  Sobitning  zurriyotidan  o‘g‘li  Abu  Hanifa  katta 
shuhrat  qozondi.  Imom  Abu  Hanifa  otasining  kasbi  Kufada  ipak  va  jun  mato 
tijorati bilan shug‘ullangan.  
Imom  A’zam  yoshligidan  Qur’onni  yodlaydi.  Ma’lum  vaqt  savdo  ishlari 
bilan  shug‘ullanib  yurgan.  SHu  orada  Kufa  va  uning  atrofida  e’tiqodiy  bahs-
munozaralarda  faol  ishtirok  etib  borgan.  Bir  kuni  ko‘chada  imom  SHa’biyning 
yonidan  o‘tib  ketayotganida,  oldiga  chaqirib,  qaerga  ketayotganini  so‘raydi.  U 
bozorga  ketayotganini  aytganda,  men  sendan  uni  emas,  balki  qaysi  olimning 
darsiga borayapsan deb so‘raydi. Imom A’zam hech birining oldiga bormayapman, 
degandan  so‘ng,  imom  Sha’biy  shunday  deydi:  «Ilm  va  ulamolar  bilan  ko‘rishib 
turgin.  Seni  nihoyatda  zukko  va  ilmga  tashnaligingni  ko‘ryapman».  SHa’biyning 
bu gapiga kirib, Abu Hanifa ilm yo‘lini tanlaydi. 
Abu  Hanifa  Umaviylar  va  Abbosiylarning  siyosiy  kurashlari, hokimiyat  bir 
suloladan  boshqasiga  o‘tgan  davrda  yashagan  bo‘lsa  ham  qo‘liga  qurol  olib  ikki 
tomonning siyosatiga aralashmadi, balki o‘z ilmini oshirish va tarqatishga harakat 
qildi.  Bu  davrda  aqidaviy  oqimlar  orasida  kurashlar  ancha  qizigan.  Olim  bu 
kurashlarni  kuzatib  borgani  tabiiy.  Ibn  Bazzozning  rivoyatiga  ko‘ra  imom  Abu 
Hanifa  o‘g‘li  Hammodga  shunday  degan:  «Bizlar  munozara  qilgan  vaqtda 
suhbatdoshimizning  haq  va  to‘g‘ri  yo‘lgan  chiqib  ketishidan  qo‘rqar  edik,  lekin 
sizlar  munozara  vaqtida  raqibingizni  haq  yo‘ldan  chiqishini  istaysizlar.  Har  kim 
o‘z  suhbatdoshini  haq  yo‘ldan  og‘dirmoqchi  bo‘lsa,  uni  kufr  tomonga  yo‘llaydi, 
lekin uning o‘zi suhbatdoshidan oldinroq kufr yo‘liga o‘tgan bo‘ladi». 
Manbalarda  imom  Abu  Hanifaning  sahobiylar  bilan  ko‘rishgani  aytiladi, 
shuning  uchun  u  tobeinlardan  hisoblanadi.  U  Hammod  ibn  Abu  Sulaymon, 
Ibrohim  Naxaiy,  Sha’biy  kabi  va  boshqa  olimlardan  sahobiylar  Ali  va  Abdulloh 
ibn  Mas’ud,  Abdulloh  ibn  Abboslarning  fiqhini  o‘zlashtirdi.  Ayniqsa,  Hammod 
uning eng asosiy ustozi hisolangan. Unga 22 yoshida shogird tushib, u kishidan o‘n 
sakkiz  yil  davomida  fiqh  ilmini  o‘rganadi.  Bu  haqda  o‘zi  quyidagilarni  aytgan: 


94 
 
«Men  ilm  va  fiqhning  konida  edim.  Uning  ahli  ila  majlis  qurdim.  Ularning 
faqihlaridan birini lozim tutdim». Uzoq yillar dars olishi va ustozi vafotidan so‘ng 
uning  o‘rnida  dars  berishni  boshlagan.  Ustozi  o‘rniga  dars  berishi  natijasida, 
Hammod  qoldirgan  maktab  keyinchalik  imom  Abu  Hanifa  faoliyati  natijasida 
mazhabga aylandi. SHuningdek, ko‘p yurtlarga safar qilgan va o‘sha erlik olimlar 
bilan  ilmiy  bahs-munozaralarga  kirishgan.  Imom  Abu  Hanifa  viqor  va  salobatli 
kishi  bo‘lgan.  Ko‘p  fikr  yuritib,  kam  so‘zlar  edi.  Taqvoli,  parxezkor,  zohid, 
bekorchi  va  foydasiz  so‘zlarni  gapirmas,  gapirganda  qisqa  va  lo‘nda  so‘zlardi. 
Biror kishi masala so‘rab kelsa, hozirjavoblik bilan ishni xal qilgan. 
Imom Abu Hanifa Qur’on, sunnat, sahobiylarning so‘zlari, qiyos, istehson, 
ijmo, urf kabi fiqhiy manba va uslublariga ko‘ra hukm chiqargan.  
Fiqhda shunday maqomga erishganki, har bir oyat va hadisdan kerakli fiqhiy 
xulosalar  chiqara  olgan.  Abu  Hanifa  hadisni,  sahobiylar  so‘zini  puxta 
o‘zlashtirgan.  Hadislarning  sahih  va  zaifini  ajratib,  ayniqsa,  hadislardan 
chiqariladigan  hukmlarning  to‘g‘ri  bo‘lishiga  katta  e’tibor  qaratgan. 
Rivoyatlarning  birida  ustozi  SHa’biy  bir  masalada  murojaat  qiladi.  Abu  Hanifa 
unga  javob beradi. SHunda ustozi buni  (javobni va unga hujjatni) qaerdan  olding 
deb  so‘raganda,  Abu  Hanifa  o‘zingiz  rivoyat  qilgan  hadisdan  oldim  deb  hadisni 
aytadi.  Javobdan  so‘ng  SHa’biy:  «Sizlar  tabiblarsiz,  ey  faqihlar  jamoasi,  biz 
(muhaddislar) dorishunosmiz», deydi. 
Imom  Abu  Hanifa  hadis  ilmida  ham  yuqori  martabalarga  erishgan.  Quyida 
imom Abu Hanifaning juda ko‘p hadis bilishini isbotlovchi ba’zi omillarni keltirish 
mumkin.  Ulardan:  1.  Ko‘plab  olimlar  qatori  Imom  Abu  Hanifaga  muxolif 
bo‘lganlar  ham  ittifoqan  uning  mujtahidligini  tan  oladilar,  ya’ni  uning  mujtahid 
olim ekanida ixtilof yo‘q. Mujtahid bo‘lish shartlaridan biri hukm chiqarishga oid 
hadislarni  yaxshi  bilishdir;  2.  Manbalarda  aytilishicha,  Abu  Hanifa  sakson  uch 
mingdan ortiq masalaga javob bergan. Hadislarni yaxshi bilmaydigan kishi bunday 
ko‘p  masalaga  javob  berishi  mumkin  emas; 3.  Abu  Hanifa  hadis  rivoyatiga  ko‘p 
to‘xtalmagan.  Buning  sabablaridan  birini  o‘sha  davr  olimlari  hadislarni  yaxshi 
bilganlaridir.  SHuning  uchun  ular  ilm  majlislarida  hadislardan  chiqadigan 
masalalarga javob topishni, ya’ni istinbot bilan shug‘ullanishni asosiy maqsad qilib 
olganlar.  Hadisning  fiqhini,  uni  tushunishni,  nosix  va  mansuxini,  om  va  xosini, 
mutlaq va muqayyadini bilishga intilganlar, uning sahihligiga emas; 4. Abu Hanifa 
davrida  nafaqat  hadis  ilmini,  balki  barcha  ilmlarni  yozib  borish  odat  tusiga 
kirmagan,  xuddi  Payg‘ambar  (alayhis-salom)  va  sahobiylar  davrdagi  kabi. 
SHunday bo‘lsada, Imom Abu Hanifa nazdida hadislarni rivoyat qilish mas’uliyatli 
ish ekanini Imom Abu YUsuf rivoyatidan ham bilish mumkin. Imom Abu Hanifa: 


95 
 
«Kishi  hadisni  eshitgan  vaqtidagidek,  (ya’ni  qanday  eshitgan  bo‘lsa  o‘shanday) 
aytishi  lozim»,  degan;  5.  Abu  Hanifa  to‘rt  mingdan  ortiq  ustozdan  dars  olgan. 
CHunki u Basraga 10 marta, Makka va Madinaga esa undan ko‘proq marta borgan. 
U joylardagi ko‘pgina olimlar suhbatida bo‘lgan. Demak, bahs-munozara vaqtida 
ko‘plab hadislar eshitgani tabiiy.  
Imom  Abu  Hanifa  qiyos  va  istehsonni  (chiqarilgan  xulosalardan 
musulmonlar uchun foydaliroq tomonini olish tamoyili) ko‘p qo‘llagan. Hatto zaif 
hadisni  qiyosdan oldinga  qo‘ygan.  Bu  borada  imom  Abu  Hanifa  shunday  degan: 
«Rasululloh  (alayhis-salom)dan  kelgan  har  narsa  bosh  ustiga,  sahobiylardan 
kelganini  esa  orasidan  yaxshirog‘ini  tanlab  olamiz,  ammo  tobeiylardan  kelgan 
bo‘lsa, biz ham ulardek kishilarmiz». Bu bilan o‘z mazhabining usulini ko‘rsatgan. 
Imom  Abu  Hanifaning  mashhur  shogirdlaridan  biri  Abu  YUsuf  YA’qub  ibn 
Ibrohim Ansoriy va Muhammad ibn Hasan SHayboniydir. Abu Hanifaning bu ikki 
shogirdi uning ishini davom ettirib, boshqa olimlarga ustozlik qildilar. 
Hanafiylik  mazhabi  asoschisi  Abu  Hanifa  alohida  muayyan  mavzuga  oid 
kitob  yozmagan.  Balki  u  rivoyat  qilgan  hadislarni,  aytgan  fatvolarini  keyinchalik 
olimlar  kitob  holatiga  keltirganlar.  Jumladan,  «al-Fiqh  al-akbar»,  «al-Olim  va-l-
mutaallim»,  «al-Vasiyya»  va  «al-Musnad»  va  boshqalar.  U  dunyo  ishlari  va 
mansabga  qiziqmagan.  Xalifa  unga  bosh  qozilik  (qozi  al-quzot)  mansabiga  taklif 
qilganda rad etgan. SHunday bo‘lsada, eng katta shogirdi imom Abu YUsuf «qozi 
al-quzzot»  lavozimida  faoliyat  yuritib,  hanafiylik  mazhabining  yanada  keng 
yoyilishiga  xizmat  qilgan.  Imom  Muhammad  hanafiy  mazhabining  nazariy 
asoslarini  ishlab  chiqib,  o‘z  asarlarida  keltirib  o‘tadi.  Ushbu  mazhab  sunniy 
musulmonlar orasida keng tarqalgan, ya’ni 47% sunniy musulmon shu mazhabga 
amal  qiladi.  Tarixda  uning  juda  ko‘p  davlatlardagi  asosiy  mazhab  sifatida  e’tirof 
etilishi  jamiyat  ijtimoiy  hayotining  barcha  jabhalarida  qo‘llanishi,  milliy  urf-
odatlarga bag‘rikengligi, turli mintaqalardagi shart-sharoitlarga mos kelishi hamda 
boshqa omillar sababli uning ko‘p musulmon xalqlari tomonidan qabul qilinishiga 
sabab  bo‘lgan.  Uning  keng  miqyosda  tarqalish  sabablardan  biri  barcha 
mintaqalarda  yashayotgan  musulmonlarga  chiqarilgan  hukmlari  oson  amal 
qilishiga imkon bergan. O‘zbekiston hududida hanafiylik mazhabi buxorolik olim 
Abu Hafs Kabir harakati natijasida keng tarqalgan va shu mintaqa aholisi mazkur 
mazhabga amal qilib kelmoqda.  
4. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish