89
ikkisi orasida bo‘ladi, deganlar. Mo‘‘taziliylarning yana bir aqidasi bu Qur’onning
yaratilgani to‘g‘risida bo‘lib, sunniylar Qur’on Allohning kalomi desalar,
mo‘‘taziliylar Qur’on Allohning yaratgan narsasi, deb hisoblaganlar.
Xalifa Ma’mun (813-833) mo‘‘taziliylar ta’limotini davlat darajasiga olib
chiqdi. U qozilar, olimlar, amaldorlar e’tiqodini sinab ko‘rdi. Natijada kim
mu’taziliylar aqidasini (xususan, Qur’onning yaratilganini) tan olmasa, ishdan
bo‘shatdi, hatto o‘lim jazosini qo‘lladi. Xalifa Mutavakkil (847-861)
davrida ushbu
ta’limot ta’qib ostiga olindi. Mu’taziliylar aql-idrokni aqidaning asosi deb e’tirof
etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini tavhid va adolat (adl) tarafdorlari,
deb bilgan adashgan firqadir. Keyinchalik 13-14-asrlarga kelib mo‘‘taziliylar
butunlay yo‘qolib ketgan. Qadariya ham mo‘‘taziliylarga o‘xshab aqidaviy
masalada adashgan hisoblanadi. Ularning asosiy da’volari Allohning qazosi va
qadarini inkor etib, «Alloh bandalarining ishidan ojizdir», deydilar. Sunniylar esa,
Alloh har bir narsani oldindan biladi, degan bo‘lsa, qadariylar uni inkor qildilar.
Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo
oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas. Xudodan faqat adolatli ishni kutish
mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq, demak, inson iroda va
faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga kelib
o‘zlarining adashgan firqa ekanini qo‘rsatdilar. Ularning ta’limotini keyinchalik
mu’taziliylar davom ettirdi.
Jabariylar esa, qadariylar e’tiqodining aksini qilib, islomda taqdir masalasida
adashgan deb tan olingan firqalardan biridir. Ular ahli sunna val jamoada tan
olingan takdir masalasini inkor qiladi. Jabariylar inson taqdirini xudo mutlaq
oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q,
bular faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish
imkoniyatiga ega, degan aqidani ilgari surgan. Alloh bandalarga gunoh ishlarni
taqdir qilgan va inson gunoh amallarni qilishga majburdir, deb insondagi juziy
ixtiyorni rad etadilar, ya’ni qabih va yomon narsalarni Allohga nisbat beradilar
hamda bandalarni gunoh ishlardan poklaydilar. Alloh insonga toqati etmaydigan
narsani yuklashi mumkin, deb Allohga majbur qiluvchilik sifatini berdilar. Iroda
erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga jabariylar qarshi bo‘lgan.
Mushabbihalar (o‘xshatuvchilar) e’tiqodi bo‘yicha Allohni inson suratiga
o‘xshatib, uning inson a’zolariga o‘xshash jismi bor deydilar. Bu bilan «ahli sunna
val jamoa» aqidasiga qarshi chiqqan. CHunonchi sunniylar Allohni hech narsaga
o‘xshatmaydi va bunday o‘xshatish xato hisoblanadi.
Umuman olganda, islom tarixida vujudga kelgan adashgan firqalarning
o‘zlari ham bir necha guruhlarga bo‘linib ketganlar. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish
90
lozimki, hozirgi kunda paydo bo‘layotgan islom nomidan ish ko‘rayotgan turli
adashgan oqimlar tarixda o‘tgan o‘tmishdoshlarining aqidasini tutib, uni yangicha
ko‘rinishda taqdim qilishi kuzatilmoqda. Jumladan, hozirgi kundagi jangari
guruhlarning faoliyati o‘tmishdagi xorijiylarning buzg‘unchi amaliyotiga batamom
mos keladi. SHu bois ham bugungi kundagi dinni niqob qilib olgan terrorchi
guruhlarni «XXI asr xorijiylari» deb atash mumkin.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: