Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik


-MAVZU. MISSIONERLIK VA PROZELITIZM: TARIX VA



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

 
6-MAVZU. MISSIONERLIK VA PROZELITIZM: TARIX VA 
BUGUN, TARG‘IBOT USULLARI 
 
REJA
1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. 
2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. 
3. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. 
4. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. 
 
Tayanch  tushunchalar:  Missionerlik,  prozelitizm,  sekta,  diniy  sektalar, 
diniy  tashkilotlar,  iegovo  shohidlari,  ettinchi  kun  adventistlari,  missiya,  Bibliya 
jamiyati.  
Mavzu  o‘quv  maqsadi:  missionerlik  va  prozelitizmning  asl  maqsadlarini 
tushuntirish,  missionerlik  tashkilotlarining  vazifalarini  ko‘rsatish,  ularning  salbiy 
oqibatlarini bayon qilish. 
1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so‘zi 
asli lotincha bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma’nolarni anglatadi.  
Missionerlik  bilan  yonma-yon  ishlatiladigan  prozelitizm  esa,  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni 
qabul  qilishga  qaratilgan  harakatlarni  anglatadi.  U  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra 
missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  dunyodagi  umumiy  missionerlarning  2/3  qismini 
xristian  missionerlari  tashkil  etadi.  Dastlabki  xalqaro  xristian  missiyalari,  1910 
yilda  SHotlandiyaning  Edinburg  shahrida  paydo  bo‘lgan  edi.  Bugungi  kunda 
yuzlab  shunday  maqomga  ega  missiyalar  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Ularni  yanada 
rivojlantirish,  etarli  moddiy,  ma’naviy  va  inson  resurslari  bilan  ta’minlash  juda 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Odatda, xalqaro missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir 
konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi. Masalan, tashkilotning nashriyoti 
uni  tegishli  adabiyotlar  bilan  ta’minlasa,  tadqiqot  markazi  muayyan  mamlakat 


101 
 
aholisi,  uning  hayot  tarzi,  urf-odatlari,  zaif  tomonlari  haqidagi  ma’lumotlarni 
yig‘ish va diniy adabiyotlarni  mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. 
Missiyani  moddiy-moliyaviy  ta’minlashda  ishlab  chiqarish  tuzulmalarining, 
missioner  kadrlar  tayyorlash  va  ko‘ngilli  homiylarni  topishda  missionerlik 
bazalarining  ahamiyati  beqiyosdir.  Mana  shunday  kuch  va  tayyorgarlik  bilan 
xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali 
tashkil etishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.  
Ayni  damda,  missionerlik  faoliyati  bilan  faol  shug‘ullanishga  harakat 
qilayotganlar  orasida  bahoiylar,  krishnachilar  bilan  bir  qatorda  yangi  paydo 
bo‘lgan  sektalar  borligini  ham  ta’kidlash  zarur.  Sekta  bu  –  faqat  o‘zini  haq  din, 
insonlarni najotga etkazuvchi deb da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va 
iqtisodiy  maqsadlarni  ko‘zlaydigan  guruh  hisoblanadi.  Psixologlar  mazkur 
sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg‘in quroli» deb ta’riflaydilar.  
Diniy  sekta  deganda  ma’lum  bir  dindagi  rasmiy  aqidalarga  zid  ravishda 
ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan 
holda  din  bayrog‘i  ostida  faoliyat  ko‘rsatadigan  guruhlar  tushuniladi.  Bugungi 
kunda  missionerlik  faoliyati  bilan  asosan  turli  sektalar  shug‘ullanadi.  Hozirgi 
kunda  taxminan  5000  ta  sektaning  faoliyati  aniqlangan.  Ma’lumotlarga  ko‘ra, 
mamlakatimiz  bilan  chegaradosh  bo‘lgan  davlatlarda  «Bogorodichiy  sentr», 
«Serkov  ob’edineniya»,  «Serkov  Iisusa»,  «Serkov  Novogo  Zaveta»,  «Beloe 
bratstvo», «Bojestvennыy orden Pervogo Angela», «Farxat ata», «Dianetika» kabi 
yuzlab  diniy  sektalar  faoliyat  olib  bormoqda.  Iblisga  ibodat  qilishga  asoslangan 
«Satanizm»  sektasi  ham  ayrim  qo‘shni  respublikalarda  keng  tarqalmoqda.  Ayrim 
ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta xavfli bo‘lgan mazkur sektaning Rossiyada 100 ming, Er 
yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor. 
Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning 
yaqinligi  bilan  qo‘rqitish  hamda  asosan  yoshlar  va  moddiy  ahvoli  nochor 
bo‘lganlar ichida tashviqot olib borish yo‘li bilan o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga 
harakat qilmoqda. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish