Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Menyer kasalligi
Kasallik fransuz shifokori nomi bilan atalib, labirint-
dagi endolimfa bosimining ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
quloqning shang‘illashi, eshituvning yomonlashuvi, bosh 
aylanishi, muvozanatning buzilishi, ko‘ngil aynishi va 
qayt qilish bilan xarakterlanadi. Kasallik 30–60 yoshda-
gi odamlarda, ko‘proq ayollarda kuzatiladi. Bu kasallik 
xurujining vaqti-vaqti bilan yuzaga chiqishi, remissiya 
davrida bemor ahvolining yaxshi bo‘lishi tashxis qo‘yi-
lishida yordam beradi. Xuruj vaqtidagi qusish yengillik 
olib kelmaydi. Xurujlar haftada bir marta, oyda, yilda bir 
marta yoki kunda va bir kunda bir necha marta qaytari-
lishi mumkin.
Kasallik ko‘pincha quloqda shovqin bo‘lishi bilan bosh-
lanib, biroz vaqtdan so‘ng bunga vegetativ buzilishlar bilan 
birga sistemali bosh aylanish xurujlari qo‘shiladi. Xuruj 
vaq tida bemor majburiy holatda bo‘ladi: boshi yon to-
monga egilgan, ko‘zi yumilgan, sog‘lom quloq tomoniga 
yo‘nalgan nistagm kuzatiladi.
Davolash: xuruj vaqtida simptomatik davo qo‘llaniladi. 
Ya’ni ko‘ngil aynishiga, qusishga, bosh aylanishiga qarshi 
sedativ vositalar buyuriladi. Xuruj tutgan paytda bemorni 
yorug‘ va tinch xonaga yotqizib, oyoqlariga grelka qo‘yish 
kerak va vena ichiga 2 ml 4% li glukoza eritmasi, teri ostiga 
1 ml 0,1% li atropin yuboriladi. Xurujlar orasida residiv-
larni oldini olish uchun tuzsiz parhez, suyuqlik iste’mol 
qilishni cheklash tavsiya etiladi. Betaserk, stugeron, A va E 
vitaminlari, arterial qon bosimini mo‘tadillashtiruvchi  dori 
moddalar buyuriladi. Alkogol iste’mol qilish, chekish, aqliy 
va jismoniy zo‘riqish man etiladi.
Og‘ir hollarda, xurujlar tez-tez kuzatilganda ope-
rativ davo choralarini qo‘llash mumkin. Keyinchalik 
vitaminlar (B, PP, A, E,), 5% li natriy gidrokarbonat 
eritmasidan 50 ml vena ichiga 15 kun mobaynida yubo-
riladi.


56
Otoskleroz
Otoskleroz – bu keng tarqalgan suyakli labirint kasal-
ligi. Uning oqibatida tez avj oluvchi karlik yuzaga kelishi 
mumkin.
Bu ichki quloq kapsulasining birlamchi distrofik kasal-
ligi bo‘lib, eshitish qobiliyatining tobora pasayib borishi 
bilan xarakterlanadi.
Kasallik boshlanishida, ichki quloqning suyak qismida 
o‘zgarish kuzatiladi, ya’ni qattiq suyakning ba’zi joylari 
qalin spongioz to‘qimaga aylanadi. Bunday holat ko‘proq 
yassi darcha sohasida, so‘ngra chig‘anoq ichida va ichki 
eshituv yo‘li atrofida qayd etiladi.
Quloq tekshirilganda nog‘ora parda o‘zgarmagan bo‘lib, 
eshituv nayining o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Kasallik 
rivojlanib chig‘anoqda ham o‘zgarish yuz beradi, bunda 
tovush qabul qiluvchi bo‘lim ham buziladi.
Otosklerozning diagnostikasida eshitish faoliyatini tek-
shirish muhim ahamiyatga ega. Kamerton va audometriya 
yordamida tovushning suyak orqali o‘tishining yomonlash-
gani aniqlanadi.
Davolash: asosan jarrohlik yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Ko‘pincha stapedoplastika o‘tkaziladi, bu uzangini pro-
tez bilan almashtirishdan va shu tariqa eshitish suyakcha-
lari zanjiri ning harakatchanligini tiklashdan iborat bo‘lgan 
ope ratsiyadir  (22-rasm).
22-rasm. Porshenli stapedo-

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish