zbekiston respublikasioliy va rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 10,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/266
Sana31.12.2021
Hajmi10,34 Mb.
#249805
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   266
Bog'liq
021futbolnazariyasivauslubiyatipdf

Nazorat savollari:
1. Ko’p yillik tayyorgarlik tizimi qaysi omillarga bog’liq?
2.  0 ’quv-mashg’ulotni  rejalashtirishda  nimalami  hisobga  olish 
kerak?
3. BO’SM va OZBO’SM guruhlarining asosiy o’qitish maqsadi.
4. 0 ’quv-mashg’ulot jarayonini rejalashtirish.
5. Istiqbolli rejalashtirish.
6. Bir yillik reja.
7. Tayyorlov davrida qanday vazifalar hal etiladi?
8. 
0 ’quv-mashg’ulot 
mikrotsiklida 
yuklamalar 
qanday 
taqsimlanadi?
9. Musobaqa davrining davomiyligi qancha?
10. 
Musobaqa  davrida  o’yinlararo  sikllarida  yuklamalami 
taqsimlanishi.
11. 0 ’tish davri nima?
239


IX ВОВ. TAYYORLOV DAVRIDA FUTBOLCHILARNING 
MASHG’ULOTI
Sportchilar  tayyorgarligi  yillik  siklini  davriylashtirishga  oid 
savollar,  sport  trenirovka  nazariyasi  va  amaliyotida  eng  muhim  o’rin 
tutadi.  Shuning  uchun  yoshi,  soni  va  maxorati  xilma-xil  bo’lgan  sport 
turlarida  bajarilgan  tadqiqot  ishlarining  ko’pchiligi  aynan  shu 
muammolarga yechim topishga qaratilgan.
Futbolda  tayyorgarlik  davri  2,5-3  oy  davom  etadi.  Jamoalaming 
chempi-onlar ligasi, OFK Kubogi va terma jamoaning Osiyo o’yinlarida 
ishtirok  etishlari  bilan  bog’liq  bo’lgan  bu  davr  musobaqa  davri 
hisoblanib,  8-8,5  oy  davom  etishiga  qaramay  ikki  oygacha  qisqaradi. 
Tayyorgarlik davrining murakkabligi ham huddi shundadir.
Sport  trenirovka  nazariyasida,  bu  davr  umum  tayyorgarlik  va 
maxsus-tayyorgarlik  bosqichlariga  ajratiladi.  Ulaming  birinchisi  ancha 
yuqori  texnik-taktik  darajaga  erishishga  olib  bomvchi  sportchi 
organizmining fiinksional imkoniyatlari darajasini va jismoniy sifatlarini 
ko’tarishga  yo’naltirilgan  funda-mental  tayyorgarlik  davri  hisoblanadi. 
Ammo,  kuzatuvlar  shuni  ko’rsatadiki,  mamlakat  futbol  amaliyotida 
oxirgi yillarda bu bosqich deyarli unutilgan.
V.M.  Zatsiorskiy  (1982),  L.V.  Matveyev  (1999),  V.N.  Platonov 
(1995)  kabi  sport  nazariyasi  sohasining  mashhur  mutaxassislari  ishlari 
bir tomonlama trenirovkaning zarari  haqida maMumot beradi,  chunki tor 
doiradagi  doimiy  ish,  organizmning  plastik  ta’minoti  qonuniyatiga 
to’g’ri  kelmaydi  va  patologiyaga  olib  kelishi  mumkin.  Bunday  g’oya 
o’zbek  futboli  amaliyotida  ham  ko’rib  chiqilmoqda.  Ikki  tomonlama 
o’yinni  ko’payishi,  tezlik,  kuch,  egiluvchanlik  ziyoniga  asosan 
chidamkorlik, jismoniy sifatlami  rivojlantirishning bir tomon-lamaligi -  
buning barchasi bizning futbolchilar tayyorgarligi orqada qolib ketishiga 
sabab  bo’ldi.  Shuning  uchun  bizning  fikrimizcha,  futbolchilaming 
tayyorgarlik  davri  trenirovka  uslubiyatini  qayta  ko’rib  chiqish  talab 
qilinadi.
M.A.  Godik (2007)  flkricha,  ilmiy  va  amaliy  (murabbiylik)  nuqtai 
nazari-dan, 
tayyorgarlik 
davrining 
davomiyligi, 
o’yin 
talabi 
darajasigacha  texnik-taktik  va  davomiy  sifatlami  yetkazish  mumkin 
bo’lgan  vaqt  bilan  aniqlanishi  lozim.  Davomiy  sifatlar  bilan  bu 
muammolarga  yechim  topish,  alohida  qiyinchilik  talab  qilmaydi:  6-8 
haftalik  tayyorgarlik  davri,  bazaviy  jismoniy  sifatlami  (masalan,
240


jismoniy  ishchanlik  qobiliyati  va  chidamkorlik)  tiklanish  uchun 
yetarlidir.
Ammo  tayyorgarlik  davrining  asosiy  vazifasi:  futbolchilar  va 
umuman jamoa tayyorgarligini shunday darajada shakllantirish kerakki, 
natijada  birin-chidan  mamlakat  chempionatlarining  birinchi  doirasi 
musobaqalarida  muvaf-faqiyatli  o’yin  ko’rsata  olsin,  ikkinchidan 
musobaqa  davrining  yinlararo  siklida  katta  hajm  va  intensivlikdagi 
trenirovkalami  o’tkazish  imkoniyati  tug’ilsin.  Tayyorgarlik  davrining 
shaxsiy  vazifasi,  o’yin  samaradorligi  va tomoshabop bo’lishiga bog’liq 
bo’lgan,  yuqori  darajadagi  jismoniy  tayyorgarlik  va  maxsus  harakat 
sifatlariga erishish hisoblanadi.
Tayyorgarlik  davri  bir  nechta  sikllardan  iborat  bo’lib,  har  bir 
siklning o’ziga xos maxsus vazifalari mavjud.
Asosiyga jalb qiluvchi sikl:  futbolchilaming harakat imkoniyatlarini 
optimal darajagacha ko’tarish va kelgusi shiddatli ishga tayyorlash.
Bazaviy 
sikllar 
(boshlanich): 
o’yinchilaming 
harakat 
imkoniyatlarini;  oshirish,  avvalo  -   aerob  imkoniyatlar:  tayyorgarlik 
davrining aynay shu va keyingi bosqichlarida juda katta,  intensiv va har 
doim  ham  yoqimli  bo’lmagan  trenirovka  yuklamasini  bajarish 
zaruriyatiga  ko’rsatmani  shakllantirish,  jamoa  va  guruh  texnik-taktik 
harakatlarini asosiy sxemasini tiklash.
Bazaviy  sikllar 
(yakuniyj: 
barcha  o’yinchilaming  harakat 
imkoniyatlari  darajasini  oshirish,  awalo  -   maxsus  jismoniy  sifatlar: 
guruh  va  jamoaning  yangi  harakat  sxemasini  o’rganib  chiqish;  jamoa 
asosiy tarkibini boshlang’ich bos-qichini shakllantirish.
Musobaqa 
oldi 
sikli: 
jismoniy 
tayyorgarlik 
tuzilmasini 
optimallashuviga  erishish  bo’yicha  ishlar: jamoa  va  guruh  bo’lib  o’yin 
olib borishning taktik sxemasini takomillashtirish.
Futbolchilaming  jismoniy 
tayyorgarligini 
takomillashtirishga 
yo’naltirilgan  tayyorgarlik  davri  yuklamasining  umumiy  taqsimlanish 
sxemasi jadvalda keltirilgan.
241



Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish