Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Ko‘ngillarin matoh kabi tutaverdi
Tutgan sari azoblarim ortaverdi. 
 
Ota uyim eshigida chim bo‘lmadim, 
So‘ritokni bog‘lagan bir sim bo‘lmadim, 
Birodarlar, kim bo‘ldim men, kim bo‘lmadim? 
Onam yuzim unutsa-da kutaverdi, 
Kutgan sari azoblarim ortaverdi. 
 
Endi, ayting, men qarimi, otam qari? 
Men otamdan ko‘ra so‘nggi yo‘lga qariyb. 
Dilim o‘ldi fojeamdan she’r axtarib, 
Peshonamga hayot she’rlar bitaverdi, 
Bitgan sari azoblarim ortaverdi. 
 
1995 
 
 
SEVGI 
 
Yo‘g‘u borimga bois borliqsan, sevgi, 
Yagona yordan yolg‘iz yorliqsan, sevgi. 
 
Yuragimni tars yorgan lazzatsan, lazzat 
Ongimdagi abadiy og‘riqsan, sevgi. 
 
Kapalak chang chalganda sochilgan changsan
Chumoli torta kelgan tortiqsan, sevgi. 
 
Momo Havo to‘ymagan havosan, harir, 
Odam Ato so‘ymagan jonliqsan, sevgi. 
 
Cho‘kayotib tutganim xassan, men uchun – 
Sevgilimdan ming karra ortiqsan, sevgi. 
 
1995 
 
ALVIDO 
 
Alvido, ey xush xayollarim, 
Sizni changday puflab uchirdim. 
Hayot, sizga yo‘q savollarim, 
Hayot, hammasiga tushundim. 
 
Yengim bilan artdim yoshimni, 
Ko‘z oldimdan tarqadi tuman. 
Endi yurtning gulu toshini 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
Aql ko‘zi bilan ko‘raman. 
 
Kechagina huv elas-elas 
Yulduz mening deya o‘ylardim. 
Titroq emas, qaltiroq emas, 
Men qaldiroq bo‘lib kuylardim. 
 
Yuzlarimga suv urdi samo
Seskandimu o‘zimga keldim. 
Kimligimni sezdim avvalo, 
Keyin hech kimmasligim bildim. 
 
Bu kamolmi yoki zavolim, 
Quvradimmi yo qayta undim, 
Hayot, sizga yo‘qdir savolim, 
Hayot, gapingizga tushundim. 
 
1995 
 
QACHONDIR 
 
Qachondir dovdirab turgan qulunlar
Quyoshni ilk bora ko‘rgan qulunlar, 
Tuyog‘i chalmashib turgan qulunlar 
Uchqur saman bo‘pti allaqachonlar. 
 
Qachondir urgandim unga boshlarim, 
Poydevor bo‘libdi cho‘tir toshlarim. 
Kulaymi-yig‘laymi, aziz dashtlarim 
Bog‘u chaman bo‘pti allaqachonlar. 
 
Qachondir osmonni ag‘darardi ham, 
Dimog‘im achishdi, ko‘zga keldi nam: 
Meni yelkasida ko‘targan akam – 
Qaddi kamon bo‘pti allaqachonlar. 
 
Qachondir ko‘zida ko‘rgandim yulduz, 
Yuzi olma kabi tarang va qirmiz. 
Menga ro‘molchasin bergan o‘sha qiz – 
Rangi somon bo‘pti allaqachonlar. 
 
Qachondir bu yerdan yuzim burib men 
Yuribman, yuribman, tinmay yuribman
Olisda holimni bilmay yuribman – 
Menga yomon bo‘pti allaqachonlar! 
 
1995 
 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish