Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol
Mirzo
www.ziyouz.com kutubxonasi
92
Go‘yo hech kim bilmas qadrimni.
Kitob
hidi bosgan hujramda
O‘zimga aytaman dardimni.
Sen – kapalak kabi beg‘ubor,
Sen – ninachi kabi o‘ynoqi.
Aldanishga
tayyorsan takror,
Qanday go‘zal, toza gunohing!
Men o‘zimcha
hammadan buyuk,
Men o‘zimcha hammadan xafa.
She’r o‘qiyman ovozim qo‘yib –
Yarmisi rost, yarmi – falsafa.
Alanglaysan oyoq uchida,
Hozir uchib ketgudek go‘yo.
Meni
bu odamzot ichidan,
Dilbar, topa bilmassan aslo.
1996
Do'stlaringiz bilan baham: