1. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot va ekologiya
Reja:
Ekologiya fani maqsad va vazifalari
Odamzot Koinotning gultoji
3. Inson va atrof muhit
4. Inson va atrof muhit
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng barcha sohalar qatori ta’lim sohasiga ham yuqori darajada davlat e’tibori qaratildi. Mutaxassisliklar ta’lim dasturlariga o’zgarishlar kiritildi, yani mintaqaviy shart-sharoitlar e’tiborga olinib, o’qitiladigan fan dasturlari qayta tuzildi. Jumladan, Oliy o’quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablarda “Ekologiya” alohida fan sifatida chuqur o’rganiladigan bo’ldi.
“Ekologiya” fani o’z oldiga talabalarga ekologik halokatlarning kelib chiqishi, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotiga ta’sirini o’rgatish bilan birga ularda ekologik madaniyat, ekologik tarbiya va ekologik ong tushunchalarini chuqur singdirishni maqsad qilib qo’ygan. Chunki bugungi o’quvchi, talaba, ertangi pedagog, tarbiyachi yosh avlodni to’g’ri yo’lga boshlovchi mutaxassis pedagog-kadr hisoblanadi.
Ma’lumki, Toshkent va bizning Navoiy mamlakatimizdagi yirik sanoatlashgan shaharlar hisoblaniladi. Navoiydagi tog’-kon, mineral o’g’itlar va sement mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari O’zbekistonda yetakchi o’rinni egallaydi. Shu bois, biz Malakaviy bitiruv ishida ba’zi ekologik muammolar va ularni hal etish bo’yicha olib borilgan ekologik tadbirlar aynan shu korxonalar asosida, aniq dadillar bilan yoritdik.
Inson tabiat bilan o’zaro aloqada bo’lib, uning hayotini tabiatdan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Shu ma’noda 1-Prezidentimiz I.A.Karimovning “Ona zaminimiz – boyligimizning, mustaqilligimizning va go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir” – degan so’zlarida juda katta ilmiy-falsafiy mazmun bor. Insoniyat yashayotgan zaminning o’z qonuniyati mavjud. Zaminda bitmaydigan, tugamaydigan ne’matning o’zi yo’q. Biz esa bundan ogoh bo’lishimiz zarur. Inson va jamiyat tabiatning ajralmas qismi. Inson tabiatning shunchaki bir qismi emas, balki uning ongli, aql idrokli va faol mavjudotidir. Inson hech qachon tabiatdan tashqarida, u bilan doimiy aloqa va munosabatdan bo’lmasdan turib yashamagan va yashay olmaydi ham. Tabiiy resurslar, ya’ni yoqilg’i, ma’danlar, metallar, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, is’temol qilinadigan go’sht, sut, don sarxil mevalar, daryo va ko’llardagi baliqlar, har xil shifobaxsh giyohlar, turli-tuman xom ashyolar bo’lmasa bir daqiqa ham yashay olmasligimizni juda yaxshi bilamiz. Tabiiy boyliklar Ollohning odamzotga in’om etgan buyuk ne’matlaridir. Olloh taoloning barcha nozu-ne’matlari, tabiiy boyliklardan bahramand bo’lishning o’zi bir necha ming yillik tarixga ega. Bu tarix Yer yuzida insoniyat paydo bo’la boshlagan kezlardanoq boshlangan. Insoniyatning tabiat bilan bo’lgan aloqasi vaqtincha emas, balki doimiy va zaruriydir. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi aloqadorlik, jamiyatning tabiatga aksincha tabiatning esa jamiyatga ta’siri kishilarning ongi va irodasiga bog’liq bo’lmagan obyektiv zaruriyat, qonuniyatdir.
Jamiyatning tabiat bilan aloqadorligi, ta’siri va aks ta’siri kurrayi zamindagi ayrim bir xalqlar, elatlar, millatlar, davlatlar va jamiyatlarga taaluqli bo’libgina qolmay balki barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xildagi umumiy va zaruriydir.Tabiiy muhit inson hayoti va faoliyatining doimiy, abadiy va zaruriy shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |