Ekologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish deganda, butun insoniyat manfaatini ko’zlab, tabiatdan oqilona foydalanish, uni qo’riqlash hamda tabiiy boyliklarini ko’paytirish yo’lida davlatlar va xalqlar amalga oshirayotgan tadbirlarni ilmiy asoslangan kompleksini o’rganishga yordam beradi.
“Ekologiya” fanini o’rganishda u bilan o’zaro uzviy bog’liq fanlarni ham o’rganish, bu fanlar to’plagan bilimlardan xabardor bo’lish kerak bo’ladi. “Ekologiya” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligini quyidagicha ifodalash maqsadga muvofiqdir:
Ekologiya
Ko’rsatilgan fanlarning har biri ekologik muammolarni hal qilishda alohida vazifa va o’ringa ega. Kimyo, fizika, biologiya va geografiya fanlari ekologik muammolarni aniqlash, ularni oldini olish vazifalarini bajarish bo’yicha yuqori o’rinda tursa, falsafa, tarix ekologik muammolarni falsafiy jihatda tahlil qiladi; pedagogika, psixologiya esa yosh avlodni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularda ekologik tarbiyani shakllantirish, singdirish va o’stirishga xizmat qiladi. Fanlararo bog’lanish ekologik muammolarni yechishda, ularni bartaraf etishda va oldini olishda albatta, o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |