Pedagogika va psixologiya kafedrasi bolalar pedagogika fanidan



Download 51,14 Kb.
bet1/6
Sana13.07.2022
Hajmi51,14 Kb.
#789299
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
A.Zuhra kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

BOLALAR PEDAGOGIKA FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: INGLIZ TILIDA YOSH AVLODNI FARZANDGA MUHABBAT VA INSONPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA " OYSULUV" ,
" KUNTUG'MISH" DOSTONLARI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH.

Bajardi: Ingliz tili 2-fakulteti 3-kurs, MT-1907 guruh talabasi Abdusattorova Zuhra
Ilmiy rahbar: Urishev. Sh

TOSHKENT – 2022




MAVZU: INGLIZ TILIDA YOSH AVLODNI FARZANDGA MUHABBAT VA INSONPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA " OYSULUV" ,
" KUNTUG'MISH" DOSTONLARI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH.

Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………..3

    1. BOB. Yuksak merosimizni yosh avlodlarning hayotidagi ahamiyati …………………………………………………..…………….………………...5

    1. Oysuluv dostoni tarixiy-qahramonlik dostoni sifatida........................................5

    2. Kuntuģmish dostoni va uning badiiyati……………………………………….10


II. BOB. Ingliz tilida dostondagi yetakchi obrazlarning qiyosiy tahlili..........15
2.1. Kuntuģmish dostonining syujeti, tarixiy ildizlari.…………………………...15
2.2 Oysuluv dostonidagi mifologik obrazlar.……….………………………........34

Xulosa ………………………………………………..………..………….……..38
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………..…..39
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda ta’lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati bilimdon, aqlan rivojlangan , ongli, zamonaviy dunyoqarashga ega, jismonan soglom, axloqan pok, erkin, ijodkor , komil insonni shakllantirishdan iborat. Mamlakatimizda soglom va barkamol avlodni tarbiyalash, farzandlarimizni ijodiy va intellektual salohiyatini royobga chiqarish, ularni XXI asr talablariga toliq javob beradigan shaxslar qilib voyaga yetkazish barchamizning ezgu vazifamiz. Inson qadimdan atrof muhitda ro’y bеrayotgan voqеa-hodisalarga o’z munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakatlar, ovozlar, ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Kеyinchalik his-tuyg’ularni so’zlar, so’z yig’indisi, raqslar ifodalagan. Yana kеyinroq odamlar o’zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o’simliklar, tog’lar, suvlarning paydo bo’lishini izohlovchi to’qima hikoyalar o’ylab topadilar. Yigitlar, qizlar muhabbat qo’shiqlarini to’qiydilar. qabila-urug’ning mard va jasur yigitlari haqida, ularning g’aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo bo’ladi.
Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kеlmasdan oldin jamoa-jamoa bo’lib yashayotgan aholi o’rtasida shuhrat topadi. Bugungi kunda biz ularni “xalq og’zaki ijodi” dеb atashga odatlanganmiz. Ota-bobolarimizning aytmoqchi bo’lgan pand-nasihatlari, el e'zozlagan odam bo’lishning talab-qoidalari, Alp Erto’nga, To’maris, Shiroq, Jaloliddin Mangubеrdi, Tеmur Malik kabi ajoyib yurt farzandlarining botirliklari, xalqimizning urf-odatlari, milliy fazilatlarimiz san'at darajasiga ko’tarilgan so’z tizimlaridan iborat maqol, qo’shiq, ertaq doston, bolalarga bag’ishlangan asarlar va boshqa janrlardagi namunalarda ifodasini topadi.
Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodini milliy qadriyatlar dеb atash odat bo’lgan. Xalq og’zaki ijodi ilmda folklor dеb yuritiladi. Bu atamani 1846 yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo’lib, uning ma'nosi “xalq donoligi” dеgan tushunchadan iborat. Aslini olganda, folklor dеganda, xalq tomonidan yaratilgan hamma san'at namunalari tushuniladi. Mе'morliq naqqoshliq ganchkorliq zardo’zliq musiqa, raqs, og’zaki adabiyot namunalari hammasini folklor dеb tushunish qabul qilingan. har bir san'at sohasida ish olib borayotgan mutaxassis o’zi tanlagan to’rni “folklor” dеb atayvеradi. Masalan, musiqachi xalq kuylarini, xorеograf xalq raqslarini, arxitеktor xalq mе'morchiligini, folklorshunos olim xalq dostonlari, ertaklarini folklor asari dеb hisoblaydi. Biz so’z san'ati sirlarini o’rganuvchi sohada ish yuritganimiz uchun maqol, topishmoq, lof, askiya, latifa, qo’shiq, ertaq dostonlarni folklor namunasi sifatida yozib olamiz, tahlil qilamiz. “Folklor” atamasini talaffo’z qilganimizda xalq og’zaki ijodini tushunamiz. Xalq og’zaki ijodini o’rganuvchi olim folklorshunos hisoblanadi.

Download 51,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish