O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Kimyo kafedrasi kimyo yo’nalishi 2- kurs 20.64-guruh talabasi Abdusattorova Hilolaxonning
“ Analitik kimyo” fanidan
“ Amperometrik titrlash”
mavzusidagi
KURS ISHI
BAJARDI:
QABUL QILDI:
Amperometrik titrlash
Mundarija;
Kirish.
Asosiy qism.
Amperometrik analiz metodi haqida ma’lumot.
Amperometrik titrlash egri chiziqlari.
Amperometrik titrlash usulida ishlatiladigan elektrod turlari.
Amperometrik titrlashning afzalligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.
Sh.M.Mirziyoyev.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi.
Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning- Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Respublikamiz ta’lim tizimida tub islohotlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha mamlakat rivoji iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda har qanday davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va kuch-qudrati kimyo sanoatining, jumladan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish sanoati va neft kimyosi rivojlanish darajasi bilan baholanadi. Chunki mazkur sohalar neftni, tabiiy gazni, toshko’mirni qayta ishlash, sintetik kauchuk, polimer materiallar, bo’yoq moddalar, dori-darmonlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan moddalar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24- fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo'yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
So'nggi yillarda sohani modernizatsiya qilish, moliyaviy-iqtisodiy sog'lomlashtirish va yuqori qo'shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish bo'yicha ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tarmoq korxonalarining rentabelligini ko'tarish maqsadida joriy etilib, narxni shakllantirish tartibi butunlay qayta ko'rib chiqildi. Natijada kimyo tarmog'i o'tgan yilni 2018 - yilga nisbatan 2,3 barobar ko'p foyda bilan yakunladi. "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Sho'rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg'i, "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodlari qurilmoqda. Davlatimiz rahbari shu yil yanvar oyida parlamentga yo'llagan Murojaatnomada va Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida kimyo sohasiga alohida e'tibor qaratib, hukumat oldiga uni modernizatsiya qilish, ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish bo'yicha qator vazifalar qo'ygan edi. Bu bejiz emas. Chunki mazkur tarmoqda muammolar, hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko'p. Jumladan, yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo'lgan, murakkab tarkibga ega bo'lmagan kimyo mahsulotlari chetdan olib kelinmoqda. Eksport strukturasi diversifikatsiya qilinmagan, bunda hanuzgacha mineral o'g'itlar ulushi juda katta. Ishlatilayotgan uskunalar 60 foiz eskirgan, energiya sarfi me'yordan 2-3 baravar ortiq. Tanqidiy-tahliliy ruhda o'tgan yig'ilishda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo'yicha vazifalar belgilandi. Tarmoqdagi har bir korxona faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hisobiga tannarxni pasaytirish bo'yicha topshiriqlar berildi. "Raqamli texnologiyalar" ni qo'llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasini ko'tarish muhimligi qayd etildi. Kimyo sohasida yangi yo'nalishlarini rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligi ta'kidlandi. To'qimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, iste'mol tovarlari, oziq-ovqat va farmatsevtika uchun zarur xomashyo ishlab chiqarish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid ishlab chiqarishni tez muddatda loyiha quvvatiga olib chiqish hamda ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. "Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati, Qo'ng'irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodida davlat ulushini investorlarga sotish masalalariga ham to'xtalib o'tildi. Kichik tonnali kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, shu maqsadda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida bo'sh turgan maydonlar negizida ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil qilish
zarurligi qayd etildi .
Analitik kimyo zamonaviy jamiyat hayotida katta amaliy ahamiyatga ega, chunki u kimyoviy tahlil vositalarini yaratadi va uning amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Polyarografiya analiz qilinayotgan modda konsentratsiyasini bevosita aniqlashdan tashqari titrlash jarayonida ekvivalentlik nuqtasini topish uchun ham qo’llaniladi. Bunda amperometrik titrlashdan foydalaniladi. Amperometrik titrlashning mohiyati aniqlanuvchi modda yoki titrant (ma’lum konsentratsiyali reagent) konsentratsiyaning o’zgarishi natijasida o’zgaruvchi diffuzion tok qiymatlarini o’lchashdan iborat. Aniqlanuvchi kattalik mikroamperlarda o’lchanuvchi tok bo’lgani sababli, bu usulni amperometrik titrlash deyiladi. Amperometrik titrlashni o’tkazish uchun tekshiriluvchi polyarografik faol modda eritmasining bir qismi olinib, unga zaruriy reagentlar va fon qo’shiladi, so’ngra amperometrik qurilmaga ulanadi. Yarim to’lqin patensialidan bir oz kattaroq potensial beriladi va yacheykadagi modda titrant yordamida titrlanadi. Amperometrik titrlash jarayonida reaktivdan oz-ozdan qo’shilgandan keyin chegara toki qiymatiga mos keluvchi kuchlanishdan tok kuchi belgilanadi. Ushbu ma’lumotlar asosida tok kuchi- titrant hajmi koordinatalarida amperometrik titrlash egri chizig’i yasaladi va grafik usulida ekvivalentlik nuqtasi topiladi. Amperometrik titrlashda indikator elektrodi sifatida aylanuvchi platina, grafit va boshqa qattiq elektrodlar ishlatiladi. Qattiq elektrodlar platina, oltin, tantal singari inert materiallardan yasaladi. Keyingi vaqtlarda grafitning g’ovaksiz turlaridan – pirografitdan yasalgan elektrodlar keng qo’llanila boshlandi. Bunda ikkinchi elektrod sifatida o’tuvchi tok ta’sirida qutblanmaydigan, ancha katta yuzali har qanday taqqoslash elektrodidan foydalanish mumkin. Ko’pincha kumush xloridli yoki kalomel elektrodlar ishlatiladi. Taqqoslash elektrodining potensiali titrlash davomida o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |