5-6-ma’ruza O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
Reja:
1. O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi
2. Mustaqillik yillarida huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati qurishning asosiy
xususiyatlari
3. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
4. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va
istiqbollari
Tayanch so‘z va iboralar: fuqarolik jamiyati tushunchasi, modernizatsiya,
demokratik davlat, xususiy mulk, oila, davlat tuzumi, huquq, madaniyat, ta’lim,
qonunlar.
O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda.
Respublikamizda odamlar o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini to‘la namoyon qilish va
amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni
vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki,
busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda.
Respublikamizda odamlar o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini to‘la namoyon qilish va
amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni
vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki,
busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan
keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o‘rni uning o‘ziga,
salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.
1993- yil 2- sentabrda „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan,
qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq,
posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi boshqarish
organlari — mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan
mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud.
Ular o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari „Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida“ gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga
molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadi, o‘zini o‘zi
boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi.
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining barcha muhim jihatlarini qamrab
oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo‘nalishlarini ifodalovchi ilmiy
modelni yaratish vazifasi turibdi. Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi
ilmiy adabiyotlarda o‘ziga xos alohida mazmun-ma’no kasb etib, jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol
topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.
Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy
adolatning ta’minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste’dodining
bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va
adolat mezonlari bilan o‘lchanadi. Jamiyatning «fuqarolik» sifati bilan
tavsiflanishida boy mazmun va teran ma’no bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan
sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning cho‘qqisiga erishgan
jamiyatning mohiyati aks etadi. Muayyan davlatga mansub bo‘lgan fuqarolar
yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi
mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, ma’lum huquqiy tizim mavjud
bo‘lgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy
davlat» deb e’tirof etilavermaydi
1
.
Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy
talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi navbatda, davlatdan xoli
bo‘lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, axloqiy-ma’naviy munosabatlar sohasi
tushuniladigan bo‘ldi. Shu ma’noda, ma’rifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy
hayot sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini
amalga oshirish olami sifatida ta’riflanadi. Masalan, Gegelning ta’biriga ko‘ra,
fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar
tizimi, shuningdek din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch,
madaniyat, ta’lim, qonunlar va sub’ekt (inson) larning ulardan kelib chiquvchi
o‘zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan
«fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy
munosabatlar asl voqelikka aylanadi»
2
. Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab
chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning ikki
asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan:
Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning o‘zini o‘zi
boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish
jabhasi bilan davlat boshqaruvi jabhasi mavjud bo‘lib, ular biri-biriga zid emas,
aksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish
ustun mavqega ega bo‘lib, jamiyatning o‘zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat
apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko‘lami
va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin)
3
.
Fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy mexanizm
(murvat) lari:–erkin bozor (iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya
(siyosiy mexanizm); ma’naviy-axloqiy soha (ma’naviy-ruhiy mexanizm; jamiyatdagi
nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo‘lib,
ularda jamiyat a’zolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yanada
aniqlashtirishga urinib ko‘rish mumkin. Ya’ni: fuqarolik jamiyati – insonlarning
shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy
sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan,
shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar, tashkilotlar va
1
Қаранг: Теория государства и права / Под. ред. Н.И.Матузова и А.В.Малько. – М., 2000. – С. 201.
2
Гегель. Работы разных лет. Т.2. – М., 1973. – С.50.
3
Қаранг: Гражданское обшество, правовое государство и право («круглый стол») // Государство и
право. – 2002. – №1. – С. 19.
fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon bo‘ladigan sohadir. Maxsus
adabiyotlardan birida quyidagi ta’rifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik ja-
miyati– o‘z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo‘lgan
xususiy shaxslar, guruhlar va institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mam-
lakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy
munosabatlar yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin»
4
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo‘lishining quyidagi umumiy
g‘oya va prinsiplarini ta’kidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va
bozor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini
so‘zsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va
demokratikligi, ya’ni huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil
sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va
mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) so‘z va matbuot
erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar
xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o‘zaro burch va
mas’uliyat (javobgarlik) orqali bog‘liqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy
totuvlikning ta’minlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini
ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi
5
.
Huquqiy davlat qurish doktrinasida davlat hokimiyati tizimi qonun
chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bo‘linishi muhim o‘rin tutadi. Ushbu
qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda ko‘p falsafiy, siyosiy va
huquqiy adabiyotlar chop etilgan.
Fuqarolik jamiyati qurish jarayonida demokratik huquqiy davlat ijtimoiy
tashkilotlar darajasiga tushib qolishi mumkin emas, ammo uning boshqaruv funk-
siyalarida, vakolatlarini mahalliy va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga
o‘tkazishida muayyan o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Demak, fuqarolik jamiyati
institutlari faqat nodavlat, jamoat tashkilotlari, birlashmalaridan iborat, ular
davlatdan chekkada, hatto unga qarshi turadi deb qarash noto‘g‘ridir. Huquqning
umumiy ijtimoiy me’yorga aylanishini, qonun ustuvorligini ta’minlashni davlat
ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda
huquqiy
davlat
qurish
doktrinasi
mamlakatimiz
Konstitutsiyasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini
ta’minlash, ijtimoiy adolat va qonuniylikni qaror toptirishga (14-modda) xizmat
qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham
kiradi.
Shaxs bilan davlat o‘rtasidagi bog‘liqlik, munosabatlar fuqarolarning umumiy
yoki konstitutsiyaviy holati; maxsus yoki mavqei bilan bog‘liq holati; lavozimi bilan
bog‘liq holati; tasodifiy vaziyatlarda ishlovchi shaxslar holati kabi huquqiy holatlari
orqali qaror topadi. Ayrim tadqiqotchilar ular qatoriga shaxsning davlatga
mansubligi, ya’ni shu davlatning fuqarosi bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ham kiritadi.
4
Қаранг: Теория государства и права / Под ред. Н.И.Матузова и А.В.Малько. – М., 2000. – С. 202 – 206.
5
Қаранг: Теория государства и права / Под. ред. Н.И.Матузова и А.В.Малько. – М., 2000. – С. 206.
Albatta, shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekani huquqiy holat uchun muhimdir.
Ammo milliy huquqni shakllantirishda xalqaro me’yorlarga tayanish huquqiy
taraqqiyotning yetakchi an’anasi bo‘layotgan ekan, u yuqoridagi huquqiy holatlarga
ta’sir etmay qolmaydi. U, avvalo, shaxs huquqiy holatining kengayishida aks etadi.
Bunga huquqiy davlatning yo‘l yomonligi sababli haydovchilar oldidagi yoki
sanitariya-epidemiologiya xizmatining talab darajasida emasligi sababli zarar
ko‘rgan fuqarolar oldidagi javobgarligi haqida qonunlar qabul qilinishi misol
bo‘lishi mumkin. Hatto ilmiy adabiyotlarda davlatning fuqaro oldida javobgarligi
haqida maxsus qonun qabul qilish zarurligi ta’kidlanmoqda. Demak, shaxsning
huquqiy holati, erkinliklari, davlat bilan munosabatlari huquqiy davlatda kengayadi.
Bu esa, o‘z navbatida, davlatning shaxs erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni va
ahamiyati oshishidan dalolat beradi.
Shaxs huquqiy holatining, erkinliklarining kengayishi davlat funksiyalarining
qisqarishi hisobiga sodir bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish aslo davlatni
zaiflashtirish yoki uni o‘z funksiyalarini bajarishdan chetlashtirish hisobiga amalga
oshirilmasligi kerak. Aksincha, davlat hokimiyat organlarini qonuniylik va huquqiy
tartibni jamoatchilik obro‘siga tayangan holda har tomonlama mustahkamlashi
zarur.
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati shaklidir va davlat huquqiy bo‘lnshi uchun
kuchli, hayot kechirib keta oladigan, erksevar, har qanday antidemokratik avtoritar
tajivuzlarga qarshilik ko‘rsata oladigan jamiyat bo‘lish« kerak. Buning o‘chun esa
avvalo Davlat hokimiyatini demokratiya, o‘znni o‘zi boshqarish va xalqning to‘la
Hokimligi prinsiplari asosida qayta tashkil etish zarur. Huquqiy davlatga borish
yo‘lida, avvalo jamiyatga ma’muriy buyruqbozlik bilan rahbarlik qilishni,
byurokratizmni, saylab qo‘yiladigan organlar ustidan ijro etuvchi organlar
hukmronligini, shaxsning, jamoalarning siyoeiy jihatdan o‘z-o‘zini ifodalash
shakllarining rivojlanmaganligani yengib o‘tish, odamlarning davlatga bo‘lgan
munosabatlarini (unga doimo zo‘ravonlik, majburlash apparati deb qarab kelingan
edi) qayta ko‘rib chiqish zarur.
Jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati huquqiy davlatning muhim
omili.va shartidir. Ammo tuban siyosiy-huquqiy savodlilik va chalasavodlilik, hatto
savodsizliq, rasmiy nuqtai nazarga qarab ish ko‘rish, rasmiy so‘z bilan haqiqiy
ahvol o‘rtasidagi farqqa odatlanish xos bo‘lgan, ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslangan davlat huquqiy ongi va huquqiy madaniyatidan farq qilib, huquqiy
davlat madaniyati va Huquqiy ongi uchun: yuqori siyosiy va huquqiy savodxonlik
hamda faollik zo‘ravonlik va huquq buzilishlariga qarshi tura olish qobiliyati va
bunga tayyorlik xos bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati - bu shunday jamiyatki, unda kishilar o‘zaro bog‘liqdirlar
hamda bir-birlari va davlat bilan mustaqil ravishda munosabatda bo‘ladilar. Bunday
jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotni ta’minlash, uni rivojlantirib,
avloddan-avlodga yetkazish davlat bilan jamoat birlashmalarining, shaxs bilan
jamoaning munosabatlarini ma’lum darajada mustaqil ravishda olib borish orqali
amalga oshiriladi. Bunday jamiyatda shaxs ijtimoiy munosabatlarda o‘zining
shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini namoyon
qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.
Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘
maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga
qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab
qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy
qadriyat hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, olamshumul va
tarixiy o‘zgarishlarni tahlil etar ekanmiz, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab
O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini naqadar to‘g‘ri tanlaganligiga yana bir bora
ishonch hosil qilamiz. Islohotlar izchil, tizimli va bosqichma-bosqich olib
borilayotganligi, har bir o‘zgarish aniq maqsadni ko‘zlagan holda, mukammal
ishlangan konsepsiya va dasturlar asosida amalga oshirilayotganligi o‘z samara va
natijalarini bermoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning sud-huquq tizimi tubdan
yangilandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi
demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat.
Ushbu asosiy maqsaddan kelib chiqib, sud-huquq tizimidagi islohotlar insonlarning
shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklarini himoya qilinishini
ta’minlashga va kafolatlashga xizmat qiladi. Bu Konstitutsiyamizning 44-
moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish,
davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi” mustahkamlangan.
Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat
hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanishi” belgilangan. Shuningdek,
Konstitutsiyaning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro
hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil
holda ish yuritishi, 107-moddasida odil sudlovni amalga oshiruvchi O‘zbekiston
Respublikasining sud tizimi belgilangan. Bu konstitutsiyaviy asoslar insonlarning
sud idoralariga bo‘lgan ishonchini orttirib, o‘z navbatida, sudya va sud xodimlarida
o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, ularga mas’uliyat bilan
yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari
va sudyalarning qonun normalariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan
qarorlarning adolat me’yorlariga nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir.
Jahon tajribasini hisobga olgan holda ilk bor mamlakatimizda Konstitutsiyaviy
sud ta’sis etildi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida xo‘jalik
munosabatlarida qonunchilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynayotgan xo‘jalik
sudlari tizimi yaratildi. Sudlarning ixtisoslashuvi, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha va
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning tashkil etilishi bilan fuqarolarning huquq va
erkinliklarini sud orqali himoya qilishning huquqiy doirasi yanada kengayganligi bu
yo‘nalishdagi o‘zgarishlarning asosiy omillaridan biri bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a
bo‘lmaydi. Shuningdek, 2000 yilda yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishda
muhim bosqich bo‘ldi. Sud ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida
ko‘rib chiqish institutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash
muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi hamda ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning
qat’iy muddatlari belgilandi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng sudlar yildan-yilga hokimiyatning
to‘laqonli mustaqil tarmog‘i sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Sudlar
faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish hamda ularning faqat qonunga
bo‘ysunishini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Sudlarning jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha
ixtisoslashuvi ayniqsa, mamlakat hayotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy nizolarni
chuqurroq o‘rganib, ularni maqbul muddatlarda adolatli qarorlar qabul qilish yo‘li
bilan hal etish imkoniyatini tug‘dirdi.
Yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun sud-huquq tizimini isloh
qilishda muhim bosqich bo‘lib, jamiyatni harakatga keltiruvchi huquqiy
munosabatlarni tartibga solish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning
oldini olish, jazoning muqarrarligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi,
tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirish, huquqiy
himoya qilish ishlarini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish uchun qonuniy
asos yaratdi.
Ushbu Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari
to‘g‘risidagi halqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish belgilangan. Sudlarning
faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini
ta’minlashga qaratilgandir.
Sud-huquq tizimini liberallashtirish, uning amalda mustaqilligiga erishish
hamda bu sohada qonun ustuvorligini ta’minlashda o‘z kasbini vijdonan qadrlay
oladigan, har tomonlama yetuk professional sudya kadrlarsiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Shunga asosan sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning ham
samarali demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi.
2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini
ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi PF-4850-sonli farmoni bilan sud-huquq sohasidagi davlat siyosatining
sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik
ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va
erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni
amalga oshirish darajasini kuchaytirish. Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini
ta’minlash, kasb obro’-e’tiborini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat
yuritadigan sud korpusini tashkil qilish maqsadida birinchi marta sudyalarning
vakolat muddatlari qayta ko’rib chiqildi. Xususan, sudyalarni dastlabki besh yillik
va navbatdagi o’n yillik muddatlarga tayinlash (saylash), kelgusida esa lavozimni
muddatsiz davr mobaynida egallash nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi.
Shu bilan birga, farmon orqali 2017 yil 1 apreldan jinoiy, jinoiy-prosessual,
fuqarolik prosessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquqlari va erkinliklari
ustuvorligini ta’minlash, sudda ishlarning adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi va
jazoning insonparvarligi kafolatlarini kuchaytirish hisobga olingan holda odil
sudlovni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator
o’zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlar qonuniyligini va samarali realizasiya qilinishini ta’minlashda davlat
organlari yuridik xizmatlari rolini oshirish maqsadida, ularning faoliyatini yanada
takomillashtirish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Belgilangan ustuvorliklarni hayotga tatbiq qilish va amaliyotda realizatsiya
qilish uchun mazkur farmon bilan sud-huquqiy tizimini rivojlantirishning 8 ta eng
ustuvor sohasi bo’yicha 45 ta muayyan chora-tadbirlar realizatsiya qilinishini
nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Farmonni
realizatsiya qilish doirasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Jinoiy,
Jinoiy-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo’jalik protsessual kodekslariga va bir
qator boshqa qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritiladi. Fuqarolar
huquqlari va erkinliklarini himoyalash tizimini takomillashtirish va kuchaytirish
maqsadida, umumiy e’tirof qilingan xalqaro standartlar asosida maxsus qonunlar,
shu jumladan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoiy jarayonning boshqa
ishtirokchilarini himoyalash to’g’risida”, “Mediatsiya to’g’risida”, “Ma’muriy sud
ishlarini ko’rib chiqish to’g’risida”gi va boshqa qonunlarni qabul qilish
rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni
shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan
huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan
fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga
asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Inson huquqlari va erkinliklarini
muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni
muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari
xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida
BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-
quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31
oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning
maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning shakllanishi
mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va
jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o‘tkazish amalga oshirildi.
2008 yil 1 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul
qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni
O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqiy maqomini
mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida
qabul
qilingan
me’yoriy
hujjatlar,
xalqaro
standartlarga
muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini
takomillashtirish O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini yana bir
karra namoyish qilmoqda.
2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda
mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari
kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini
mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga
bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy
hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson
haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi,
fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib
bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu
bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq
tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov
qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan
demokratik
bozor
islohotlarini
chuqurlashtirishga
qaratilganligi
bilan
xarakterlanadi.
2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan
islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini
yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va
huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib,
bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom
ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga
doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil
etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining
xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida
tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
2017 yil 6 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan
Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi tarkibida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mexanizmlari belgilab
berildi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish,
davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar
yaratish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu
maqsadlarga xizmat qiladi. Zero, Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida
davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish nazarda tutilganligi qonun
ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini
shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. Bu siyosiy partiyalarning aholini
o‘ylantirayotgan muammolarga samarali yechim topish, hududlarni rivojlantirishda
faol ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi.
Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan ushbu
mexanizm
dunyo
hamjamiyatiga
chinakam
demokratiya
yo‘lidagi
muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalq
hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini
mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimizning barcha
hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda
hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali
o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |