5-6-ma’ruza O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar Reja



Download 216,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi216,14 Kb.
#246402
Bog'liq
5-6-ma’ruza ba1664c69dfa77da7aae9a417bf1ad07



5-6-ma’ruza O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining 

shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar 

Reja: 

1.  O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi  

2.  Mustaqillik yillarida huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati qurishning asosiy 

xususiyatlari  

3.  O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi 

4.  O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va 

istiqbollari 

Tayanch  so‘z  va  iboralar:  fuqarolik  jamiyati  tushunchasi,  modernizatsiya, 

demokratik  davlat,  xususiy  mulk,  oila,  davlat  tuzumi,  huquq,  madaniyat,  ta’lim, 

qonunlar.  

O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. 

Respublikamizda  odamlar  o‘z  qobiliyati  va  ehtiyojlarini  to‘la  namoyon  qilish  va 

amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni 

vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki, 

busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi.  

O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. 

Respublikamizda  odamlar  o‘z  qobiliyati  va  ehtiyojlarini  to‘la  namoyon  qilish  va 

amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni 

vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki, 

busiz  adolatli  jamiyat  qurib  bo‘lmaydi.  Ana  shunday  imkoniyatlar  yaratilgandan 

keyingina,  har  bir  insonning  taqdiri,  turmushi,  jamiyatdagi  o‘rni  uning  o‘ziga, 

salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi. 

1993-  yil  2-  sentabrda  „Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

to‘g‘risida“  O‘zbekiston  Respublikasining  Qonuni  qabul  qilindi.  Unga  binoan, 

qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, 

posyolka  sovetlari  tuzilmaydigan  bo‘ldi,  ularning  o‘rniga  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari  —  mahalla  qo‘mitalari  tuzildi.  Shunday  qilib,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan  ajratildi. Biroq ular bir-biridan 

mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. 

Ular  o‘rtasidagi  munosabatlarning  huquqiy  asoslari  „Mahalliy  davlat  hokimiyati 

to‘g‘risida“ gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga 

molik  masalalarni  hal  qiladi.  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  kengashlari 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarishni  rivojlantirishga  ko‘maklashadi,  o‘zini  o‘zi 

boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi. 

Bugungi  kunda  fuqarolik  jamiyatining  barcha  muhim  jihatlarini  qamrab 

oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo‘nalishlarini ifodalovchi ilmiy 

modelni  yaratish  vazifasi  turibdi.  Mohiyat  jihatidan  «fuqarolik  jamiyati»  iborasi 

ilmiy  adabiyotlarda  o‘ziga  xos  alohida  mazmun-ma’no  kasb  etib,  jamiyatning 

ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  huquqiy  va  ma’naviy  jihatdan  yuqori  darajada  kamol 

topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.  

Fuqarolik  jamiyatida  erkinlik,  qonun  oldida  barchaning  tengligi,  ijtimoiy 

adolatning  ta’minlanishi,  hamma  fuqarolarning  ijodiy  salohiyati  va  iste’dodining 

bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va 




adolat  mezonlari  bilan  o‘lchanadi.  Jamiyatning  «fuqarolik»  sifati  bilan 

tavsiflanishida boy mazmun va teran ma’no bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan 

sifat  belgisida  yuqori  taraqqiy  topgan,  komillikning  cho‘qqisiga  erishgan 

jamiyatning  mohiyati  aks  etadi.  Muayyan  davlatga  mansub  bo‘lgan  fuqarolar 

yashaydigan  mamlakat  hali  fuqarolik  jamiyati,  erkin  va  komil  insonlar  jamoasi 

mavjudligini  anglatmaydi.  Xuddi  shuningdek,  ma’lum  huquqiy  tizim  mavjud 

bo‘lgan,  huquqiy  hujjatlar  majmui  amal  qilayotgan  har  qanday    davlat  «huquqiy 

davlat» deb e’tirof etilavermaydi

1



Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy 



talqinlar  asosida  fuqarolik  jamiyati  deganda,  birinchi  navbatda,  davlatdan  xoli 

bo‘lgan  mulkiy,  bozor  tartiblari,  oilaviy,  axloqiy-ma’naviy  munosabatlar  sohasi 

tushuniladigan  bo‘ldi.  Shu  ma’noda,  ma’rifiy,  xususiy,  g‘ayrirasmiy,  nosiyosiy 

hayot  sohasi  majmui  tarzida  talqin  etiladigan  fuqarolik  jamiyati  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar  va  iste’molchilarning  davlat  nazorat  qilmaydigan  manfaatlarini 

amalga  oshirish  olami  sifatida  ta’riflanadi.  Masalan,  Gegelning  ta’biriga  ko‘ra, 

fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar 

tizimi,  shuningdek  din,  oila,  tabaqalar,  davlat  tuzumi,  huquq,  axloq,  burch, 

madaniyat,  ta’lim,  qonunlar  va  sub’ekt  (inson) larning  ulardan  kelib  chiquvchi 

o‘zaro  uzviy  yuridik  aloqalari  majmuidir.  Insonlar  tabiiy,  «nomadaniy»  holatdan 

«fuqarolik  jamiyatiga  o‘tishlari  lozim,  zero  aynan  shu  jamiyatda  huquqiy 

munosabatlar  asl  voqelikka  aylanadi»

2

.  Gegel  bu  jamiyatni  burjuacha  ishlab 



chiqarish  munosabatlari  majmui  sifatida  tushungan,  shu  bilan  birga,  uning  ikki 

asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan: 

Fuqarolik  jamiyatining  davlatdan  mustaqilligi,  avtonomligi  uning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish 

jabhasi  bilan  davlat  boshqaruvi  jabhasi  mavjud  bo‘lib,  ular  biri-biriga  zid  emas, 

aksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish 

ustun mavqega ega bo‘lib, jamiyatning o‘zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat 

apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko‘lami 

va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin)

3



Fuqarolik  jamiyatidagi  o‘zini  o‘zi  boshqarishning  asosiy  mexanizm 

(murvat) lari:–erkin  bozor  (iqtisodiy  mexanizm);  siyosiy  erkinlik  va  demokratiya 



(siyosiy mexanizm); ma’naviy-axloqiy soha (ma’naviy-ruhiy mexanizm; jamiyatdagi 

nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo‘lib, 

ularda jamiyat a’zolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo‘ladi. 

Yuqoridagi  tahlillar  asosida  «fuqarolik  jamiyati»  tushunchasini  yanada 

aniqlashtirishga  urinib  ko‘rish  mumkin.  Ya’ni:  fuqarolik  jamiyati – insonlarning 

shunday  birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va  ma’naviy 

sohalarida  asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, 

shuningdek  nodavlat  munosabatlarning  majmui  va  erkin  insonlar,  tashkilotlar  va 

 

1

 Қаранг: Теория государства и права / Под. ред. Н.И.Матузова и А.В.Малько. – М., 2000. – С. 201. 



2

 Гегель. Работы разных лет. Т.2. – М., 1973. – С.50.  

3

  Қаранг:  Гражданское  обшество,  правовое  государство  и  право  («круглый  стол»)  //  Государство  и 



право. – 2002. – №1. – С. 19. 


fuqarolar  uyushmalari  faoliyat  yuritib,  namoyon  bo‘ladigan  sohadir.  Maxsus 

adabiyotlardan  birida  quyidagi  ta’rifni  ham  uchratish  mumkin:  «Fuqarolik  ja-

miyati– o‘z  faoliyatida  davlatdan,  uning  idora  va  muassasalaridan  xoli  bo‘lgan 

xususiy  shaxslar,  guruhlar  va  institutlarning  tizimi...  Fuqarolik  jamiyatini  mam-

lakatdagi  davlat-hokimiyat  tuzilmalari  doirasiga  kirmaydigan  nosiyosiy  ijtimoiy 

munosabatlar yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin»

4

 

Fuqarolik  jamiyatining  qaror topishi  va  zohir  bo‘lishining  quyidagi  umumiy 



g‘oya va prinsiplarini ta’kidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va 

bozor  munosabatlarining  mavjudligi;  2) inson  va  fuqarolarning  tabiiy  huquqlarini 

so‘zsiz  tan  olish  va  muhofaza  etish;  3) davlat  hokimiyatining  legitimligi  va 

demokratikligi, ya’ni huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil 

sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va 

mafkuraviy  plyuralizm,  legal  muxolifatning  mavjudligi;  6) so‘z  va  matbuot 

erkinligi,  ommaviy  axborot  vositalarining  mustaqilligi;  7) davlatning  fuqarolar 

xususiy  hayotiga  aralashmasligi,  davlat  bilan  fuqarolarning  o‘zaro  burch  va 

mas’uliyat  (javobgarlik) orqali  bog‘liqligi;  8) ijtimoiy  hamkorlik  va  milliy 

totuvlikning  ta’minlanganligi;  9) insonlarning  munosib  hayot  kechirishini 

ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi

5



Huquqiy  davlat  qurish  doktrinasida  davlat  hokimiyati  tizimi  qonun 

chiqaruvchi,  ijro  va  sud  hokimiyatiga  bo‘linishi  muhim  o‘rin  tutadi.  Ushbu 

qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda ko‘p falsafiy, siyosiy va 

huquqiy adabiyotlar chop etilgan. 

Fuqarolik  jamiyati  qurish  jarayonida  demokratik  huquqiy  davlat  ijtimoiy 

tashkilotlar darajasiga tushib qolishi mumkin emas, ammo uning boshqaruv funk-

siyalarida, vakolatlarini mahalliy va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 

o‘tkazishida  muayyan  o‘zgarishlar  bo‘lishi  tabiiydir.  Demak,  fuqarolik  jamiyati 

institutlari  faqat  nodavlat,  jamoat  tashkilotlari,  birlashmalaridan  iborat,  ular 

davlatdan  chekkada,  hatto  unga  qarshi  turadi  deb  qarash  noto‘g‘ridir.  Huquqning 

umumiy  ijtimoiy  me’yorga  aylanishini,  qonun  ustuvorligini  ta’minlashni  davlat 

ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 

O‘zbekistonda 

huquqiy 


davlat 

qurish 


doktrinasi 

mamlakatimiz 

Konstitutsiyasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va  boshqa 

daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini 

ta’minlash,  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylikni  qaror  toptirishga  (14-modda)  xizmat 

qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-

iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham 

kiradi. 


Shaxs bilan davlat o‘rtasidagi bog‘liqlik, munosabatlar fuqarolarning umumiy 

yoki konstitutsiyaviy holati; maxsus yoki mavqei bilan bog‘liq holati; lavozimi bilan 

bog‘liq holati; tasodifiy vaziyatlarda ishlovchi shaxslar holati kabi huquqiy holatlari 

orqali  qaror  topadi.  Ayrim  tadqiqotchilar  ular  qatoriga  shaxsning  davlatga 

mansubligi, ya’ni shu davlatning fuqarosi bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ham kiritadi. 

 

4



 Қаранг: Теория государства и права / Под ред. Н.И.Матузова и А.В.Малько. – М., 2000. – С. 202 – 206. 

5

 Қаранг: Теория государства и права / Под. ред. Н.И.Матузова и А.В.Малько. – М., 2000. – С. 206. 




Albatta,  shaxsning  qaysi  davlat  fuqarosi  ekani  huquqiy  holat  uchun  muhimdir. 

Ammo  milliy  huquqni  shakllantirishda  xalqaro  me’yorlarga  tayanish  huquqiy 

taraqqiyotning yetakchi an’anasi bo‘layotgan ekan, u yuqoridagi huquqiy holatlarga 

ta’sir etmay qolmaydi. U, avvalo, shaxs huquqiy holatining kengayishida aks etadi. 

Bunga  huquqiy  davlatning  yo‘l  yomonligi  sababli  haydovchilar  oldidagi  yoki 

sanitariya-epidemiologiya  xizmatining  talab  darajasida  emasligi  sababli  zarar 

ko‘rgan  fuqarolar  oldidagi  javobgarligi  haqida  qonunlar  qabul  qilinishi  misol 

bo‘lishi mumkin. Hatto ilmiy adabiyotlarda davlatning fuqaro oldida javobgarligi 

haqida  maxsus  qonun  qabul  qilish  zarurligi  ta’kidlanmoqda.  Demak,  shaxsning 

huquqiy holati, erkinliklari, davlat bilan munosabatlari huquqiy davlatda kengayadi. 

Bu  esa,  o‘z  navbatida,  davlatning  shaxs  erkinliklarini  ta’minlashdagi  o‘rni  va 

ahamiyati oshishidan dalolat beradi. 

Shaxs huquqiy holatining, erkinliklarining kengayishi davlat funksiyalarining 

qisqarishi hisobiga sodir bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish aslo davlatni 

zaiflashtirish yoki uni o‘z funksiyalarini bajarishdan chetlashtirish hisobiga amalga 

oshirilmasligi kerak. Aksincha, davlat hokimiyat organlarini qonuniylik va huquqiy 

tartibni  jamoatchilik  obro‘siga  tayangan  holda  har  tomonlama  mustahkamlashi 

zarur. 


Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati shaklidir va davlat huquqiy bo‘lnshi uchun 

kuchli, hayot kechirib keta oladigan, erksevar, har qanday antidemokratik avtoritar 

tajivuzlarga qarshilik ko‘rsata oladigan jamiyat bo‘lish« kerak. Buning o‘chun esa 

avvalo Davlat hokimiyatini demokratiya, o‘znni o‘zi boshqarish va xalqning to‘la 

Hokimligi  prinsiplari  asosida  qayta  tashkil  etish  zarur.  Huquqiy  davlatga  borish 

yo‘lida,  avvalo  jamiyatga  ma’muriy  buyruqbozlik  bilan  rahbarlik  qilishni, 

byurokratizmni,  saylab  qo‘yiladigan  organlar  ustidan  ijro  etuvchi  organlar 

hukmronligini,  shaxsning,  jamoalarning  siyoeiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  ifodalash 

shakllarining  rivojlanmaganligani  yengib  o‘tish,  odamlarning  davlatga  bo‘lgan 

munosabatlarini (unga doimo zo‘ravonlik, majburlash apparati deb qarab kelingan 

edi) qayta ko‘rib chiqish zarur.  

Jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati huquqiy davlatning muhim 

omili.va shartidir. Ammo tuban siyosiy-huquqiy savodlilik va chalasavodlilik, hatto 

savodsizliq,  rasmiy  nuqtai  nazarga  qarab  ish  ko‘rish,  rasmiy  so‘z  bilan  haqiqiy 

ahvol   o‘rtasidagi  farqqa  odatlanish  xos  bo‘lgan,  ma’muriy-buyruqbozlikka 

asoslangan  davlat  huquqiy  ongi    va   huquqiy  madaniyatidan  farq  qilib,  huquqiy 

davlat madaniyati va Huquqiy ongi uchun: yuqori siyosiy va huquqiy savodxonlik 

hamda  faollik  zo‘ravonlik  va  huquq  buzilishlariga  qarshi  tura  olish  qobiliyati  va 

bunga tayyorlik xos bo‘ladi.  

Fuqarolik jamiyati  - bu shunday jamiyatki, unda  kishilar o‘zaro bog‘liqdirlar 

hamda bir-birlari va davlat bilan mustaqil ravishda munosabatda bo‘ladilar. Bunday 

jamiyatda  ijtimoiy,  ma’naviy  va  madaniy  hayotni  ta’minlash,  uni  rivojlantirib, 

avloddan-avlodga  yetkazish  davlat  bilan  jamoat  birlashmalarining,  shaxs  bilan 

jamoaning  munosabatlarini  ma’lum  darajada  mustaqil  ravishda  olib  borish  orqali 

amalga  oshiriladi.  Bunday  jamiyatda  shaxs  ijtimoiy  munosabatlarda  o‘zining 

shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini namoyon 

qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.  



  Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ 

maqsadi,  avvalo,  xalqimiz  manfaatlari  ko‘zlangan  islohotlarni  amalga  oshirishga 

qaratilgani  bilan  e’tiborlidir.  Bu  jihatlar  Konstitutsiyamizda  ham  mustahkamlab 

qo‘yilgan.  Jumladan,  Bosh  Qomusimizning  II  bob  13  moddasida  “O‘zbekiston 

Respublikasida  demokratiya  umuminsoniy  printsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko‘ra 

inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy 

qadriyat hisoblanadi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, olamshumul va 

tarixiy  o‘zgarishlarni  tahlil  etar  ekanmiz,  mustaqillikning  ilk  kunlaridan  boshlab 

O‘zbekiston  o‘z  taraqqiyot  yo‘lini  naqadar  to‘g‘ri  tanlaganligiga  yana  bir  bora 

ishonch  hosil  qilamiz.  Islohotlar  izchil,  tizimli  va  bosqichma-bosqich  olib 

borilayotganligi,  har  bir  o‘zgarish  aniq  maqsadni  ko‘zlagan  holda,  mukammal 

ishlangan konsepsiya va dasturlar asosida amalga oshirilayotganligi o‘z samara va 

natijalarini bermoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning sud-huquq tizimi tubdan 

yangilandi.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  bosh  maqsadi 

demokratik  huquqiy  davlat  qurish  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishdan  iborat. 

Ushbu asosiy maqsaddan kelib chiqib, sud-huquq tizimidagi islohotlar insonlarning 

shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklarini himoya qilinishini 

ta’minlashga  va  kafolatlashga  xizmat  qiladi.  Bu  Konstitutsiyamizning  44-

moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, 

davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-

harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi” mustahkamlangan. 

Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  11-moddasida  “O‘zbekiston  Respublikasi  davlat 

hokimiyatining  tizimi  hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud 

hokimiyatiga  bo‘lininshi  prinsipiga  asoslanishi”  belgilangan.  Shuningdek, 

Konstitutsiyaning  106-moddasida  sud  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  va  ijro 

hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil 

holda  ish  yuritishi,  107-moddasida  odil  sudlovni  amalga  oshiruvchi  O‘zbekiston 

Respublikasining  sud tizimi  belgilangan.  Bu  konstitutsiyaviy  asoslar  insonlarning 

sud idoralariga bo‘lgan ishonchini orttirib, o‘z navbatida, sudya va sud xodimlarida 

o‘zlariga  yuklatilgan  vazifalarni  sidqidildan  bajarish,  ularga  mas’uliyat  bilan 

yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari 

va  sudyalarning  qonun  normalariga  qanchalik  rioya  qilishiga,  ular  qabul  qilgan 

qarorlarning adolat me’yorlariga nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir. 

Jahon tajribasini hisobga olgan holda ilk bor mamlakatimizda Konstitutsiyaviy 

sud  ta’sis  etildi.  Bozor  iqtisodiyotining  rivojlanish  sharoitida  xo‘jalik 

munosabatlarida  qonunchilikni  ta’minlashda  muhim  rol  o‘ynayotgan  xo‘jalik 

sudlari tizimi yaratildi. Sudlarning ixtisoslashuvi, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha va 

jinoyat  ishlari  bo‘yicha  sudlarning  tashkil  etilishi  bilan  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklarini sud orqali himoya qilishning huquqiy doirasi yanada kengayganligi bu 

yo‘nalishdagi o‘zgarishlarning asosiy omillaridan biri bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a 

bo‘lmaydi.  Shuningdek,  2000  yilda  yangi  tahrirdagi  “Sudlar  to‘g‘risida”gi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  qabul  qilinishi  sud  tizimini  isloh  qilishda 

muhim  bosqich  bo‘ldi.  Sud  ishlarini  apellyatsiya,  kassatsiya  va  nazorat  tartibida 



ko‘rib chiqish institutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash 

muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi hamda ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning 

qat’iy muddatlari belgilandi. 

Mustaqillikni  qo‘lga  kiritgandan  so‘ng  sudlar  yildan-yilga  hokimiyatning 

to‘laqonli  mustaqil  tarmog‘i  sifatida  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lib  bormoqda.  Sudlar 

faoliyatiga  noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish hamda  ularning faqat qonunga 

bo‘ysunishini  ta’minlash  maqsadida  mamlakatimizda  bir  qator  ishlar  amalga 

oshirilmoqda.  Sudlarning  jinoyat,  fuqarolik  va  xo‘jalik  ishlari  bo‘yicha 

ixtisoslashuvi  ayniqsa,  mamlakat  hayotida  yuzaga  kelayotgan  iqtisodiy  nizolarni 

chuqurroq o‘rganib, ularni maqbul muddatlarda adolatli qarorlar qabul qilish yo‘li 

bilan hal etish imkoniyatini tug‘dirdi. 

Yangi  tahrirdagi  “Sudlar  to‘g‘risida”gi  Qonun  sud-huquq  tizimini  isloh 

qilishda  muhim  bosqich  bo‘lib,  jamiyatni  harakatga  keltiruvchi  huquqiy 

munosabatlarni  tartibga  solish,  har  qanday  ko‘rinishdagi  huquqbuzarliklarning 

oldini  olish,  jazoning  muqarrarligini  ta’minlash,  fuqarolarning  huquqiy  ongi, 

tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirish, huquqiy 

himoya  qilish  ishlarini  rivojlangan  davlatlar  darajasiga  yetkazish  uchun  qonuniy 

asos yaratdi. 

Ushbu Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston 

Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  boshqa  qonunlarida,  inson  huquqlari 

to‘g‘risidagi halqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, 

korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarning  huquqlari  hamda  qonun  bilan 

qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish belgilangan. Sudlarning 

faoliyati  qonun  ustuvorligini,  ijtimoiy  adolatni,  fuqarolar  tinchligi  va  totuvligini 

ta’minlashga qaratilgandir. 

Sud-huquq  tizimini  liberallashtirish,  uning  amalda  mustaqilligiga  erishish 

hamda  bu  sohada  qonun  ustuvorligini  ta’minlashda  o‘z  kasbini  vijdonan  qadrlay 

oladigan,  har  tomonlama  yetuk  professional  sudya  kadrlarsiz  tasavvur  etib 

bo‘lmaydi.  Shunga  asosan  sud  sohasida  kadrlarni  tanlash  va  tasdiqlashning  ham 

samarali demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi. 

2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

“Sud-huquq  tizimini  yanada  isloh  qilish,  fuqarolar  huquqlari  va  erkinliklarini 

ishonchli  himoyalash  kafolatlarini  kuchaytirish  bo’yicha  chora-tadbirlar 

to’g’risida”gi PF-4850-sonli farmoni bilan sud-huquq sohasidagi davlat siyosatining 

sifat  jihatdan  yangi  darajaga  ko‘tarildi.  Ushbu  farmonda  uchta  asosiy  ustuvorlik 

ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va 

erkinliklarini  ishonchli  himoyalash  kafolatlarini  kuchaytirish;  va  odil  sudlovni 

amalga oshirish darajasini kuchaytirish. Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini 

ta’minlash,  kasb  obro’-e’tiborini  oshirish,  yuqori  malakali  va  samarali  faoliyat 

yuritadigan  sud  korpusini  tashkil  qilish  maqsadida  birinchi  marta  sudyalarning 

vakolat muddatlari qayta ko’rib chiqildi. Xususan, sudyalarni dastlabki besh yillik 

va navbatdagi o’n yillik muddatlarga tayinlash (saylash), kelgusida esa lavozimni 

muddatsiz davr mobaynida egallash nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi. 

Shu  bilan  birga,  farmon  orqali  2017  yil  1  apreldan  jinoiy,  jinoiy-prosessual, 

fuqarolik  prosessual  va  boshqa  qonun  hujjatlariga  inson  huquqlari  va  erkinliklari 



ustuvorligini ta’minlash, sudda ishlarning adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi va 

jazoning  insonparvarligi  kafolatlarini  kuchaytirish  hisobga  olingan  holda  odil 

sudlovni  amalga  oshirish  samaradorligini  kuchaytirishga  qaratilgan  bir  qator 

o’zgartirishlar  kiritildi.  Bundan  tashqari,  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan 

islohotlar  qonuniyligini  va  samarali  realizasiya  qilinishini  ta’minlashda  davlat 

organlari yuridik xizmatlari rolini oshirish maqsadida,  ularning faoliyatini yanada 

takomillashtirish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. 

Belgilangan  ustuvorliklarni  hayotga  tatbiq  qilish  va  amaliyotda  realizatsiya 

qilish uchun mazkur farmon bilan sud-huquqiy tizimini rivojlantirishning 8 ta eng 

ustuvor  sohasi  bo’yicha  45  ta  muayyan  chora-tadbirlar  realizatsiya  qilinishini 

nazarda  tutadigan  kompleks  chora-tadbirlar  dasturi  tasdiqlandi.  Farmonni 

realizatsiya  qilish  doirasida  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga,  Jinoiy, 

Jinoiy-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo’jalik protsessual kodekslariga  va  bir 

qator boshqa qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritiladi. Fuqarolar 

huquqlari  va  erkinliklarini  himoyalash  tizimini  takomillashtirish  va  kuchaytirish 

maqsadida, umumiy e’tirof qilingan xalqaro standartlar asosida maxsus qonunlar, 

shu  jumladan  “Jabrlanuvchilar,  guvohlar  va  jinoiy  jarayonning  boshqa 

ishtirokchilarini himoyalash to’g’risida”, “Mediatsiya to’g’risida”, “Ma’muriy  sud 

ishlarini  ko’rib  chiqish  to’g’risida”gi  va  boshqa  qonunlarni  qabul  qilish 

rejalashtirilmoqda. 

O‘zbekistonda  qisqa  tarixiy  muddat  ichida  milliy  davlatchilikni 

shakllantirishning  huquqiy  asoslari  yaratildi.  Mamlakatimiz  barcha  rivojlangan 

huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 

va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan 

fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga 

asoslangan  kuchli  iqtisodiyot  barpo  etildi.  Inson  huquqlari  va  erkinliklarini 

muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni 

muhofaza  qiluvchi  organlar  bilan  hamkorlikni  kengaytirish,  davlat  muassasalari 

xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida 

BMTning  Inson  huquqlari  va  boshqaruv  tizimini  demokratiyalashni  qo‘llab-

quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 

oktyabrdagi  Farmoni  bilan  Inson  huquqlari  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi 

Milliy  markazi  tuzildi.  Farmonda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  Milliy  markazning 

maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi. 

O‘zbekistonda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlarning  shakllanishi 

mamlakatni  isloh  qilish  va  modernizatsiyalash  jarayonlari  doirasida  davlat  va 

jamiyatning  barcha  sohalarida  demokratik  islohotlar  o‘tkazish  amalga  oshirildi. 

2008  yil  1  maydagi  “Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  qabul 

qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni 

O‘zbekistonda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlarning  huquqiy  maqomini 

mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin.  

Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlar  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash 

to‘g‘risida 

qabul 


qilingan 

me’yoriy 

hujjatlar, 

xalqaro 


standartlarga 

muvofiqlashtirish  maqsadlarida  milliy  institutlarning  qonunchilik  asoslarini 




takomillashtirish  O‘zbekistonning  demokratik  o‘zgarishlarga  sodiqligini  yana  bir 

karra namoyish qilmoqda.  

2000-yildan  bugungi  kunga  qadar  bo‘lgan  davrni  qamrab  olgan  bosqichda 

mamlakatda  faol  demokratik  yangilanish  va  modernizatsiyalash  jarayonlari 

kuzatildi.  Ushbu  bosqichning  asosiy  vazifasi  qilib  milliy  davlatchilik  asoslarini 

mustahkamlashga  qaratilgan  kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyatiga 

bosqichma-bosqich  o‘tish  masalasi  qo‘yildi.  Mamlakatning  siyosiy  va  iqtisodiy 

hayotida  demokratlashtirish  va  liberallashtirish  jarayonlari  chuqurlashdi,  inson 

haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, 

fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib 

bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va 

demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu 

bosqich  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  yanada  demokratlashtirish,  sud-huquq 

tizimi,  axborotlashtirish  sohasini  isloh  etish,  so‘z  erkinligini  ta’minlash,  saylov 

qonunchiligini  takomillashtirish,  iqtisodiyotni  liberallashtirishga  qaratilgan 

demokratik 

bozor 

islohotlarini 



chuqurlashtirishga 

qaratilganligi 

bilan 

xarakterlanadi. 



2010-yil  12-noyabrda  bo‘lib  o‘tgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma  majlisidagi  “Mamlakatimizda 

demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish  konsepsiyasi”  mavzusida  qilgan  ma’ruzasi  amalga  oshirilgan 

islohotlarni  sarhisob  qilish  hamda  jamiyat  va  davlat  hayotining  barcha  sohalarini 

yanada  rivojlantirish  yo‘nalishlarini  belgilab  olish  nuqtayi  nazaridan  muhim 

ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va 

huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, 

bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom 

ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

Prezident  Shavkat  Mirziyoyevning  2016-yil  28-dekabrdagi  “Jismoniy  va 

yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga 

doir  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  Farmoniga  binoan  Xalq  qabulxonalari  tashkil 

etildi.  Uning  xodimlari  esa  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  devonining 

xodimlari  hisoblanishi  belgilab  qo‘yildi.  2017-yil  dekabrda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  25  yilligiga  bag‘ishlangan  tantanali 

marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida 

tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 

2017  yil  6  fevralda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 

“O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasi”ning  qabul  qilinishi  mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 

Harakatlar  strategiyasida  mamlakatimizni  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yo‘nalishi  tarkibida  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishning  mexanizmlari  belgilab 

berildi.  Bu  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  samaradorligini  yanada  yuksaltirish, 

davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar 

yaratish,  barcha  sohalarni  modernizatsiya  qilish  va  erkinlashtirishdek  ezgu 




maqsadlarga  xizmat qiladi. Zero,  Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida 

davlat  va  jamiyat  qurilishi  tizimini  takomillashtirish  nazarda  tutilganligi  qonun 

ijodkorligi  faoliyati  sifatini  tubdan  oshirish,  davlat  va  jamiyat  hayotida  siyosiy 

partiyalarning  rolini  kuchaytirish,  ular  o‘rtasida  sog‘lom  raqobat  muhitini 

shakllantirish  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Bu  siyosiy  partiyalarning  aholini 

o‘ylantirayotgan muammolarga samarali yechim topish, hududlarni rivojlantirishda 

faol ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi. 

Bir  yil  davomida  sinovdan  o‘tib,  tobora  takomillashtirilib  borilgan  ushbu 

mexanizm 

dunyo 


hamjamiyatiga 

chinakam 

demokratiya 

yo‘lidagi 

muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 

Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Bosh  Assambleyasining  72-sessiyasida  xalq 

hokimiyatini  nomiga  emas,  balki  amalda  joriy  qilish  mexanizmlarini 

mustahkamlashni  global  maqsad  sifatida  belgilab,  mamlakatimizning  barcha 

hududida  Prezidentning  virtual  va  Xalq  qabulxonalari  tashkil  etilganini  hamda 

hozirgi  kungacha  bir  milliondan  ortiq  fuqarolarimiz  bu  qabulxonalar  orqali 



o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi. 

Download 216,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish